Xalqaro innovatsion universitet pedagogika fanlari kafedrasi
Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar
Download 0.76 Mb.
|
Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi MAJMUA
Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.
XII asr borshlarida yozilgan «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar armug‘oni») Ahmad Yugnakiyning qalamiga mansub asardir. Qaraxoniylar hukumronligi davrida yaratilgan ushbu ta’limiy-axloqiy asar mazmun jihatdan o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy hamda iqtisodiy masalalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mohiyati borasidagi qarashlarni ifodalab bergan. «Hibat ul-haqoyiq» asari o‘n to‘rt bobdan iborat bo‘lib, mazkur boblar o‘zida 512 misrani mujassam etgan. Dostonning dastlabki to‘rt bobi an’anaga ko‘ra, muqaddima bo‘lib, beshinchi hamda o‘n to‘rtinchi boblarda asosiy g‘oyalar ifoda etiladi. Asarda til odobi, sir saqlash, ilmning foydasi, saxiylik, kamtarlik, shukronalik, ta’zim-tavoze, insonparvarlik, kasbkorga mehr qo‘yish, rizo va qanoat, halollik haqida pand - nasihatlar berilgan. Muallif asarda johillik, dilozorlik, achchiqzabonlik, ochko‘zlik, noshukurlik, takabburlik, mol-dunyoga xirs qo‘yishlik qattiq qoralagan. Mutafakkir «Hibat ul-haqoyiq»ning birinchi bobidayoq ilm manfaati, ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiradi. Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-ma’rifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, bilimli insonni qimmatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsiz ilikka o‘xshatib, er kishining ko‘rki aql, deya ta’kidlaydi. Ilmli inson o‘z ilmi bilan mag‘rur bo‘lib, nomi o‘chmagani holda, ilmsiz kishi garchi tirik bo‘lsada, nomi o‘lik ekanligini e’tirof etadi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko‘tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga alohida urg‘u beradi. Olim bilimli kishilarni mukammal kishilar sanaydi. Chunki bilimlilik barcha yaxshi ishlar va ezguliklarning omili bo‘lsa, bilimsizlik razolatga yo‘l ochadi. Asarida, boshqa ta’limiy-axloqiy masalalardagi kabi, insonning barkamol- ligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi - uning xushxulqliligidir, degan g‘oya ilgari suriladi. Shuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bo‘lgan ijobiy xislatlar va inson qiyofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritadi va mol-dunyoga muhabbat qo‘yishning salbiy xislat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Olimning ta’kidlashicha, insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini ko‘rsa- tuvchi muhim belgilaridan birinchisi - til odobidir. Uning fikricha, tilni tiymaslik, huda-behuda so‘zlarni aytaverish boshga balo keltiradi. Tilingni tiy, tishing sinmasin, agar (so‘zlab yuborsang) tishing chiqib qolsa, tishingni sindiradi, deya behuda so‘zlashning yomon oqibatlari xususida o‘z qarashlarini ilgari suradi. Allomaning nuqtayi nazariga ko‘ra, kishida quyidagi ikki holat, ya’ni haddan ziyod ko‘p gapirish va ayni vaqtda yolg‘on so‘zlash odatlari mavjud bo‘lsa, u holda unga nisbatan muruvvat yo‘li yopiladi. Shunga ko‘ra, adib, yolg‘on va ko‘p so‘zlashning oldini olish yo‘llarini ko‘rsatib berishga urinadi. Adib to‘g‘ri so‘zlash bilan birga, sir saqlay olish xislatining ham insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlardan biri deya e’tirof etadi hamda ushbu fazilatni o‘zlashtirish xususida bir qator foydali maslahatlarni beradi. Inson sir saqlanishi lozim deb hisoblagan voqea yoki hodisa yuzasidan hatto do‘stga ham gapirmasligi shartligiga alohida urg‘u beradi. Zero, kishining o‘ziki sir saqlay olmagan ekan, boshqalar ham shunday yo‘l tutishi mumkin. Asarning to‘rtinchi bo‘limida saxovat va baxillik kabi sifatlarning mohiyati hamda ularning oqibatlari yoritib berilgan. Ahmad Yugnakiy saxovatni eng ezgu insoniy xislatlardan biri deb biladi. Saxiylar hamma tomondan ulug‘lanib, faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi mumkinligini ta’kidllar ekan, qo‘llar ichida in’om beruvchisi baxtli (qo‘l)dir, o‘zi olib, boshqalarga bermagan (qo‘l) qo‘llarning qutsizidir, deydi. Baxillik xislatini esa alloma davolab bo‘lmaydigan kasallikka qiyoslaydi. Ahmad Yugnakiy saxiylikni kamolot belgisi deb tushunadi. Saxiylik xislatiga nisbatan baxillik va ochko‘zlik kabi illatlar qarama-qarshi qo‘yiladi, boylik to‘plab, yemay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan kishining mol- dunyosi oxiri do‘stga emas, dushmanga buyurishi xususidagi fikrlarni bildiradi. Ahmad Yugnakiy kamtarlik ham insonning yetuklik darajasini ko‘rsatuvchi belgilardan biri bo‘lib, kibrli va xasis bo‘lish insonni ruhan tubanlashtiradi, degan fikrni ilgari suradi. Kimki kibru havoga berilib, boshqalardan o‘zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi, aksincha, tavozeli, kamtar va muloyimlik sifatlariga ega bo‘lishni esa insonning husni deb hisoblaydi. U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit bo‘lish yo‘llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to‘plashga mukkasidan ketgan kiishlarga mo‘tadil hayot kechirishni maslahat beradi.Insonlarga boshchilik qilayotgan amaldor, mansabdor kishilarning o‘z mavqelariga yarasha ish tutishlari, kattaga ham, kichikka ham birdek muruvvat ko‘rsatishlari, so‘zlarini muloyim qilishlari maqsadga muvofiq ekanligini alohida ta’kidlaydi. Adib do‘st hamda dushmanning farqiga borish, yaxshi kishilarni do‘st tutish, badxulq kishilardan tizoqroq yurish, do‘st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi. Ahmad Yugnakiy ham o‘zining insonni kamolga yetkazish borasidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega. U «Hibat ul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o‘ziga xos tamoyilini yaratadi hamda barkamol insonni quyidagicha ifodalaydi: yuksak darajada nazariy va amaliy bilimlarni egallash; til va so‘z odobiga rioya etish; o‘zida halollik, rostgo‘ylik, kamtarlik, qanoatlilik, samimiylik kabi xislatlarni namoyon eta olish; vafodor do‘st bo‘lish va hokazolar. Olimning nuqtayi nazariga ko‘ra, o‘zgalar sirini saqlay olish, kamgaplik har bir so‘zni o‘z o‘rnida va lozim topilgandagina so‘zlash, yuqori mansab yoki mavqega ega bo‘lganda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish kishining obro‘siga obro‘ qo‘shuvchi sifatlar bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan salbiy holatlarning oldini oladi. Ahmad Yugnakiy insonda baxillik, ochko‘zlik, yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik, takabburlik, zolimlik, jaholat, tanballik, shoshqaloqlik, bilimsizlik, sabrsizlik, ko‘p gapirish va hokazo xislatlarning mavjudgi esa kishilar o‘rtasida adovat, o‘zaro urush-janjallarning kelib chiqishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling