Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet10/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Ekologik nisha. Biogeotsenozdagi barcha tur populyatsiyalari organik
moddalami hosil qiluvchi, iste’mol qiluvchi va to‘plovchilar sifatida faollik
ko‘rsatadi. Biogeotsenozda turlaming bunday faollik ko‘rsatishi ekonisha
deb ataladi. Ch. Eltonning ta’rifiga ko‘ra, ekonisha turning tirik organizmlar
orasida tutgan o‘mi, uning ozuqa va dushmanlarga boigan munosabatidan
iborat. Ekonisha hududiy m a’noda qaralmay, balki biotsenozda
organizmlaming funksional holatini ifodalaydi. Biror tur (populyatsiya)
ning u yoki bu ekonishaga mansub ekanligi, awalo, ushbu organizmning
oziqlanish xarakteri, ozuqani topishi kabilarga bog‘liq. Masalan, har
qanday yashil o'simlik biogeotsenozda bir necha ekonishalaming hosil
bo‘lishida ishtirok etadi. Ular orasida ildiz, barglaming to‘qimalari bilan
oziqlanuvchi yoki gullari, mevalari, ildizdan ajralib chiqadigan moddalar
bilan oziqlanuvchi turlar boiishi mumkin. Har bir ekonisha turlar tarkibi
xilma-xil boigan organizmlar gumhini birlashtiradi. Masalan, ildiz bilan
oziqlanuvchilarga nematodlar, ba’zi bir qo‘ng‘izlaming lichinkalari kirsa,
o‘simlik shirasini so‘ruvchi ekonishaga esa o‘simlik bitlari va qandalalar
kiradi. Yuqoridagi ekonishalar ham o‘z navbatida mayda birliklarga
boiinib ketishi mumkin.
Dashtlardagi biotsenozlarda ko'pchilik hayvonlar o‘t o'simliklar
bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qo‘ylar, antilopalar, sayg'oqlar).
kemiruvchilar, sug‘urlar, yumronqoziqlar va ko'pchilik sichqonsimonlardir.
Ularning hammasi o‘txo’r hayvonlar bo‘lsa-da, doimo o‘t o‘simliklar
qoplamining turli qismlarini iste’mol qiladi. Masalan, tuyoqlilar bo‘yi
baland to‘yimli o‘tlami tanlab oladi, shu yeming o‘zida yashovchi sug‘urlar
tuyoqlilar iste’mol qilmagan o‘tlar bilan oziqlanadi. Yumronqoziq kabi
bir oz kichikroq hayvonlar esa o‘t o‘simliklar qoplami ancha ezilgan
va tuyoqlilar, sug‘urlardan qolgan o‘tlarni yig‘adi. Shunday qilib,
jamoadagi ushbu uch guruhdagi o‘txo‘r hayvonlar o'rtasida o‘t o‘simliklar
biomassasidan foydalanish tartibi va chegarasi kelishib olingan desak
bo‘ladi. Bu yerdabir ekonisha ikkinchisini to‘ldiradi, natijada biomassadan
to‘liq foydalanish kuzatiladi. Tabiatda ba’zan turlaming bir ekonishadan
ikkinchisiga ko‘chib o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa biogeotsenozdagi
sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq boiib, moslanish xarakteriga egadir.

Nazorat va muhokama uchun savollar


1. Muhit deb nimaga aytiladi?


2. Ekologik omil deganda nimani tushunasiz?
3. Ekologik omillarni tasniflab bering.
4. Suv va tuproq muhit sifatida qanday ahamiyalga ega?
5. Biologik maromlar va ularning tabiatdagi ahamiyati haqida gapiring.

4- Ma’ruza mashg’uloti: Ekologik madaniyat asoslari.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling