Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror taraqqiyotning


Download 1.42 Mb.
bet15/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror taraqqiyotning
dolzarbligi va zaruriyati
1995 yil 18–20 sentabr kunlari o‘tkazilgan “Orol dengizi havzasini barqaror
rivojlantirish” bo‘yicha BMT konferensiyasi davomida beshta Markaziy Osiyo
mamlakatining prezidentlari tomonidan ilk bor tarixiy Nukus Deklaratsiyasi
imzolandi va unga binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va “XXI asr
uchun kun tartibi”ga qat’iy tarzda tarafdor ekanliklari o‘z tasdig‘ini topdi
Iqtisodiyotlari uzoq muddat umumittifoq xalq xo‘jaligi majmuasining bir qismi bo‘lgan va Markazga haddan ziyod qaram bo‘lgan Markaziy Osiyoning bu mustaqil davlatlari uchun barqaror taraqqiyotning zarurligi kun kabi ravshan edi. Darhol foyda olishni o‘ylagan, xilma­xillikni ham, tabiat hamda hudud lar rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni ham hisobga olmagan Covet davlatidagi rejali iqtisodiyotning avtoritar tamoyillari Markaziy Osiyodagi aksariyat hududlarda
ekologik tanazzulning kelib chiqishiga asosiy sabab bo‘ldi.
Yagona ma’naviy­tarixiy, iqtisodiy va ekologik asosga ega bo‘lgan Markaziy
Osiyo mamlakatlari umumiy suv havzalari orqali o‘zaro chambarchas bog‘langan, bir arid hududida joylashganligidan esa ekologiya tizimi tartibining xatolariga
juda ta’sirchan hisoblanadi. Shu tarzda sobiq Ittifoqda Markazqo‘m rahbarligi
ostida O‘zbekistonda faqat paxta yakkahokimligi o‘rnatilgan va o‘lkada faqat paxta
ekilgan. Buning oqibatida esa qudratli, lekin o‘ta isrofgar irrigatsiya va sug‘orish
tizimi vujudga kelgan. paxta dalalaridagi suvdan foydalanishning samarasi
esa juda pastligicha qolavergan. Buning barobarida, hududning ekologik holati,
mahalliy olimlar, mutaxassislarning fikri, aholining ming yillik an’analari
ham hisobga olinmagan.
O‘zbekiston 1996 yilda GEF (Global ekologik fond)ning teng huquqli a’zosiga
aylandi, bu esa mamlakatning tabiiy resurslari va barqaror rivojlanishiga yo‘naltirilgan turli katta va kichik grantli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Hududning, jumladan, O‘zbekistonning suv­yer, mehnat va boshqa resurs laridan
nooqilona foydalanish natijasida o‘nlab million aholining hayot tarzi va salomatligiga putur yetkazgan, butun jamoatchilikni larzaga solgan Orol inqirozi
yuzaga kelgan. 1965 yildan 1990 yilgacha bo‘lgan muddatda Orol dengizi havzasidagi sug‘oriladigan hududlar hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshgan va bunda hududning tabiati emas, balki keng paxtazorlarning ehtiyojini qondirishga asosiy e’tibor qaratilgan. G‘oya esa oddiy — sobiq SSSRning ulkan harbiy va to‘qimachilik sanoati sohasining ehtiyojlari uchun imkon qadar ko‘p, arzon paxta ishlab chiqarish edi.
Pirovardida esa Orol dengizi, uning havzasi ekologiya tizimiga mo‘ljallangan
suvni to‘sish va boshqa taraflarga burish fojiali oqibatlarga olib keldi. XX
asrning 60­yillaridan boshlab Orol dengizining qirg‘oqlari 120–150 km ga
chekinib, ortidan 5 mln gektardan ortiq dengiz tubi ochildi va bundan u 80% dan
ko‘proq suv hajmi va 60% hududidan mahrum bo‘ldi. Endi esa bu “Orolqum”dan yuzlab million tonna tuzlar, qum va zaharli qoldiqlar shamollar orqali sayyoramizning havo qatlamiga sochilib bormoqda.
Yangi yerlarni o‘zlashtirish barobarida, hududning transchegaraviy daryolarining
butun sohasi bo‘ylab yoyilgan, yuzlab turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosining
yagona yashash, ko‘payish yerlari bo‘lgan to‘qay, o‘rmonlar va boshqa yashil o‘simliklar maydoni keskin kamayib ketdi. Endi esa ular butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida yoki ularning lotin tilidagi nomlari Qizil kitobning zarvaraqlarini
to‘ldirishdan boshqaga yaramay qolmoqda. Jiddiy olib qaraydigan bo‘lsak, bu
yo‘qotish larning biotsenoz va evolyutsiya uchun oqibatini tasavvur qilish juda
ham qiyin. ularning hudud uchun ekologiya va iqtisodiy jihatdan hozirgi kunda
taxminan ham hisoblashning imkoni yo‘q, ahamiyatini esa gapirmasa ham bo‘ladi.
O‘zbekiston 1996 yilda GEF (Global ekologik fond)ning teng huquqli a’zosiga
aylandi, bu esa mamlakatning tabiiy resurslari va barqaror rivojlanishiga yo‘naltirilgan turli katta va kichik grantli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda barqaror taraqqiyot muammolarida aholining faol ishtirokini
ta’minlash uchun barqaror taraqqiyot g‘oyasini ta’lim sohasiga bog‘lagan holda,
mahalliy va milliy darajada keng yoritish, targ‘ibot qilish zarur. Mazkur holda
Barqaror taraqqiyot uchun (keng ma’nodagi) ta’lim nafaqat hozirgi, balki kelgusi
avlod vakillarining talablarini qondirish maqsadida jamiyatning ijtimoiy­iqtisodiy, ma’naviy­madaniy vazifalari, qulay atrof­muhit va mamlakatning tabiiy resurslari salohiyatini saqlab qolish muammolarini oqilona yechishga yo‘naltirilgan bilim larni o‘z ichiga olgan butun ta’lim tizimining bosqichma­bosqich kechadigan islohot larini ko‘zda tutadi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling