Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


O‘zbekistonda atrof­muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qator jiddiy muammolar mavjud


Download 1.42 Mb.
bet16/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

O‘zbekistonda atrof­muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qator jiddiy muammolar mavjud.
Iqlim o‘zgarishi va atrof­muhit tanazzuli mamlakatning istiqboldagi barqaror
taraqqiyoti uchun katta tahdid hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligidagi
ishlab chiqarish xavflarini oshiradi va bu hosildorlikning pasayib ketishi,
zararkunandalar va kasalliklarning keng miqyosda tarqalishi, cho‘llanishning
oshishi, nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki aholi turmushining asosiy tarkibiy
qismi bo‘lgan tuproq, suv va havo sifatining pasayib ketishiga olib keladi.
Iqlim o‘zgarishlaridan tashqari, atrof­muhitning holati va ekologik sharoitlari inson omili bosimi ostida qolgan va bu tabiiy resurslar (asosan, suv)dan noto‘g‘ri foydalanish, atrof­muhitning ifloslanishi hamda ekologik harakatda sust ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. aksariyat hollarda, kishilar ekologik muammolarning ko‘lami va jiddiyligi, ularning butun olamga, mamlakatga va o‘z oilasiga yetadigan salbiy ta’sirini ko‘z oldiga keltirmaydilar. Aholining bunday yondashuviga sabab, birinchi navbatda, atrof­muhit, iqlim o‘zgarishi masalalarida yetarlicha axborot va bilimlarga ega emasliklari, hatto tabiatga to‘g‘ri va oqilona munosabatning yo‘qligi ham bo‘lishi mumkin. Fuqarolarning umumiy ekologiyadan xabardorligi va tabiatdan foydalanish madaniyati hali yetarlicha darajaga chiqmaganligi afsuslanarli hol, albatta.
Mamlakatda jamiyatning barcha ijtimoiy va kasb­hunar qatlamlari, shuningdek barcha yoshdagi kishilarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan uzluksiz ekologiya
ta’limi uslubini joriy qilish endigina boshlandi. umumiy ekologiya fani mamlakatning oliy o‘quv yurtlari va o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quv rejasiga
kiritilgani, shubhasiz. Nazariya mavjud, biroq barqaror taraqqiyot, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi amaliy tajribalarni talabalarga yetarli darajada o‘rgatish zaruriyati mavjud emas. Shu sababli o‘quv jarayonlariga amaliy tajriba larni o‘rgatish va rivojlantirish, ekologik muammolarni izlab topish va yechimini qabul qilishda qatnashish kabilarni kiritish talab etiladi.
“Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asoslari” fanining asosiy maqsadi
oliy o‘quv yurti talabalarida Respublikadagi ekologik muammolar to‘g‘risidagi
bilimlar majmuasini shakllantirish va ularga oqilona yechim topish, kelajakda ularning oldini olish usullarini o‘rgatish, talabalarni O‘zbekistonda tabiatdan foydalanishning asosiy ekologik, iqtisodiy va huquqiy jihatlari, atrof­muhitni himoya qilishni boshqarish va nazorat qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon lar bilan tanishtirish hisoblanadi.
Fanning asosiy vazifalari esa atrof­muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish muammolarini o‘rganish, ularni yechish bo‘yicha asosiy yondashuvlar va usullarni o‘rganish, mahalliy muammolarni yechishning ijobiy namunaviy tajribalari bilan tanishish, tabiat muhofazasining amaliy misollarini mustaqil yechish malakalarini rivojlantirishdan iboratdir.
Yangi yerlarni o‘zlashtirish barobarida, hududning transchegaraviy daryolarining
butun sohasi bo‘ylab yoyilgan, yuzlab turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosining
yagona yashash, ko‘payish yerlari bo‘lgan to‘qay, o‘rmonlar va boshqa yashil o‘simliklar maydoni keskin kamayib ketdi. Endi esa ular butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida yoki ularning lotin tilidagi nomlari Qizil kitobning zarvaraqlarini
to‘ldirishdan boshqaga yaramay qolmoqda.
Ushbu fan xo‘jalik yuritishning an’anaviy shakllarini va insonlarning hayot tarzini muntazam o‘zgartirishga yo‘naltirilgan “barqaror taraqqiyot” konsepsiyasi va tabiatdan foydalanish asoslarini aniqlash va bu bilan biosferaning barqarorligi hamda jamiyatning halokatli inqirozlarsiz rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan birga, bu fan amaliy malakalar bilan o‘rtoqlashish va ekologik muammolarning ehtimoliy yechim yo‘llari, o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish usullarini ko‘rsatish, talabalarga atrof­muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan g‘oyalarni amaliy ro‘yobga chiqarish, loyihalar tuzishni o‘rgatish imkonini beradi.
Mazkur fanni o‘rganish natijasida talabalar quyidagilar bo‘yicha tizimli tasavvur- lar hosil qilishlari zarur:
• ilmiy g‘oya va kishilik jamiyati faoliyatining amaliy sohasi sifatidagi
barqaror taraqqiyot haqida;
• atrof­muhit muammolari va tabiiy resurslarni boshqarish;
• barqaror taraqqiyot va tabiatdan oqilona foydalanish bo‘yicha muvaffaqiyatli
jahon va milliy tajribalar;
• mavjud jamg‘armalar va ekologik loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar olish imkoniyati, umuman olganda esa ekologik muammolarga ijtimoiy yo‘naltirilgan yechimlarni qidirish.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling