Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.42 Mb.
bet17/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Zamonamizning ekologik muammo lari va tahdid larini sanab bering.
2. Yer aholisi sonining o‘sib ketishi qanday xavf larni tug‘diradi?
3. Barqaror taraqqiyot konsepsiyasining mohiyati nimadan iborat?
4. Mamlakatning barqaror taraqqiyot tamoyil lari nima lardan iborat?
5. Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyot konsepsiyasini tan olishi va
barqaror taraqqiyotga o‘tishi uchun dastlabki shart lar nima lardan iborat?
6. “Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asos lari” fanini o‘qitishning
maqsadi nima?

6- Ma’ruza mashg’uloti: Tabiat resurslari, ularni klassifikatsiyasi, tabiiy resurslardan foydalanish


Reja
1. Tabiiy resurslar haqida tushuncha
2. Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi
3. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish.
Tabiiy resurslar tasnifi Tabiiy resurslar deb tabiatda mavjud boMgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va m a’naviy ehtiyojlarini qondirish hamda xo‘jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy obyektlarga, sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi. Tabiiy resurslar foydalanish sohasiga k o ‘ra ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, madaniy, ilmiy va boshqa resurslarga, tabiatning u yoki bu komponentlari tarkibiga k o ‘ra esa suv, o ‘rmon, mineral, energiya va boshqa resurslarga ajratiladi. Mamlakatning tabiiy resurslarga boyligi uning iqtisodini rivojlantirishning muhim shartidir, aksincha, zaxiralarining kamligi yoki umuman yo'qligi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Shuni ham ta'kidlash joizki, bu qonuniyatni har doim ham to g ‘ri deb b o ‘lmaydi. Dunyoda shunday mam lakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resurslar umuman yo‘q yoki bo’lsa ham juda oz miqdorda, shunga qaramasdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya. Singapur va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar. muhandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika taraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlantirishda eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish jamiyat munosabatlari xarakteri bilan belgilanadi. Ko‘plab sekinlik bilan rivojianayotgan mamlakatlar rivojiangan mamlakatlarni xom ashyo va energiya resurslari bilan ta ’minlovchi mamlakatlarga aylanib qolganlar. O'zbekiston Respublikasi o‘zining moddiy boyliklari va ma’naviy salohiyatining yuqoriligi bilan boshqa mustaqil davlatlardan keskin farq qiladi. Chunki bu hudud, yuqorida aytib o‘tilganidek, mamlakat rivojining muhim sharti hisoblangan yer osti va yer usti resurslariga boy. Yaponiya, Koreya, Singapur davlatlaridagi kabi yoshlarni ilm olishga boMgan intilishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, eng muhimi, uzoq o‘tmishdan meros bo'lib kelayotgan ma’naviy qadryatlarimiz O'zbekistonning tezlik bilan rivojlanishi uchun muhim omil bo'la oladi. Jam iyatni m a’lum rivojlanish davri davomida tabiiy resurslardan foydalanishda ularni real va potensial resurslarga ajratiladi. Real resurslar deb jamiyatni ayni holatdagi rivojlanish bosqichida qidirib topilgan, zaxiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurslarga aytiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, ilmiy ishlar va ishlanmalami amaliyotga tatbiq etila borishi bilan real resurslar ham o‘zgarib boradi. Masalan, insonlaming u yoki bu sohani takomillashtirib borish jarayonida bir energetik resurslar boshqasiga almashtiriladi. Masalan, sanoat korxonalari paydo bo'layotgan dastlabki davrlarda yonilg‘i sifatida kit moyidan foydalanilgan. Kitlami ovlash sanoatni rivojlantirish uchun muhim hisoblansa-da, kitlarning keskin kamayib ketishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga kitlarni ovlashni ta ’minlash masalasi ham qiyinlashib bordi. Energiya xomashyosini boshqa turiga almashtirish ehtiyoji tug'ildi. Endi o'rmon yonilg'i resursi sifatida ishlatila boshlandi. Bu hoi ham o‘rmonzorlar maydonining keskin kamayib ketishiga olib keldi. Shuningdek, o'rmonlarni kesib ishlatish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamay qoldi. Shundan so'ng aw al ko'mir, so'ngra gaz konlarini qidirib topish va ishlatish amalga oshirildi. Jamiyatning hozirgi rivojlanish davrida energiya resurslari manbai sifatida gidroelektrostansiyalar energiyasidan foydalanish yetakchi o'rinni egalladi. Shunga qaramasdan yer ostidan qazib olinadigan energiya xomashyolariga (ko'mir, neft va gazga) bo'lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. Katta miqdorda energiya talab qilinadigan sanoat korxonalarini energiya bilan ta ’minlash uchun energetik resurslarning boshqa turlaridan foydalanishga e ’tibor qaratilmoqdaki, bu hoi insoniyatni bitmas-tuganmas energiya bilan ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. Kelajakda termoyadro energetikasi, shamol generatorlari va quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari shular jumlasidandir. Insoniyat o‘tmishda energiya inqiroziga bir necha marta uchraganligi ma’lum, ammo inson bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qila olgan.

Potensial tabiiyresurslar deb jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ammo ulardan foydalanish turli sabablarga ko'ra ayni paytda davlat tomonidan maqsadga muvofiq emas deb topilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa so'z bilan aytganda, ulardan foydalanish uchun texnik vositalar yetarli bo'lm agan, xomashyolami qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo'lishi mumkin. Masalan, tosh davrida metall potensial resurs emas edi. Chunki inson uni ajratib olish texnologiyasini bilmas edi. Bronza asriga kelib temir rudalari potensial resurslarga aylanib qoldi. Chunki insonlar rudadan temimi ajratib olish texnologiyasini o'zlashtirib oldilar. Yer sayyorasining potensial yer resurslariga cho'llar, tog'liklar, botqoqliklar, sho'rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Hozirgi davrga kelib insonlaming yer resurslariga bo'lgan ehtiyojlarining tobora oshib borayotganligiga qaramasdan mavjud barcha yerlarni qishloq xo'jaligi uchun o'zlashtirishning imkoniyati yo'q. Masalan, botqoqliklarni o'zlashtirishda drenajlar o'tkazish, sho'rlangan hududlar tuzini yuvish va oqavalarni chiqarib yuborish uchun drenajlar yotqizish ishlariga katta miqdorda sarf-xarajatlar talab etiladi, shuningdek, yerlarning sho'rini yuvish uchun chuchuk suv bilan ta’minlashning iloji yo'q.
Olimlar tomonidan potensial kosmik resurslardan foydalanish usullarini yaratishga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Kelajakda quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga to 'g 'ridan - to'g'ri aylantirishning nisbatan arzon usullarini yaratish bir qator mamlakatlarni isitish tizimlari uchun sarf etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashi mumkinligi hisoblab chiqilgan. Quyosh energiyasidan foydalanish sayyoramizni ekologik inqirozdan qutqarishda asosiy omil hisoblanadi. Uning yerdagi asosiy manbai esa yashil o'sim liklardir. O 'zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish, yangi texnologiyalar va texnik vositalarni joriy etish bo'yicha sohalararo «O'zgeleotexnika» ilmiy-texnik markazida, «Fizika-quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashm asida, O 'zbekiston Respublikasi F anlar akademiyasining energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot va loyiha institutlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Barcha tabiiy resurslar, albatta, shartli ravishda tugaydigan va tugamaydigan resurslarga bo'linadi (3-jadval). 3-jadval Tabiiy resurslar tasnifi Tugaydigan resurslar Tugamaydigan resurslar Tiklanmaydigan resurslar Tiklanadigan resurslar Havo. suv. iqlim. koinot resurslari. Quyosh. yadro, geotermal. shamol. to’lqin energiyalari hamda yerning ichki issiqlik energiyasi Yer osti qazilmalari (rudali. noruda va yonilg'i qazilma boyliklar) Tuproq. o'simlik va hayvonlar. qisman suv resurslari

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling