Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Zomin davlat tog'li Archa qo'riqxonasi


Download 1.42 Mb.
bet38/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Zomin davlat tog'li Archa qo'riqxonasi Bu eng eski qO'riqxonalardan bo'lib, 1926 yilda tashkil etilgan, maydoni 4000 gektar. Zomin davlat tog'li Archa qo'riqxonasi Jizzax viloyatining Zomin hamda Baxmal rayonlari hududidagi Shimoliy tog' tizmalarida joylashgan. Qo'riqxona hududi dengiz sathidan 1760-3500 metr balandlikdagi aniq ajralib turuvchi Turkiston tizma tog'i, ya'ni baland va o'rtacha tekisliklami o'z ichiga oladi. Bu kabi ajoyib tog'lar bilan bir qatorda daryo vodiylar, turli go'zal manzarali daraxtlar ham mavjud.
Qo'riqxonaning Janubiy qismi Turkiston tog' tizmalari bilan Shimoliy tomonlari esa o'rmonsimon ko'rinishdagi unumdor tuproqli hududlar bilan ajralib turadi. Qo'riqxonaga yaqin aholi punktlari quyidagilar: Sharq tomonidan Qizilmozor qishlog'i, Shimol tomonidan Kichik Qorashaqshaq qishlog'i qo'riqxona chegarasidan 4 km. uzoqlikda joylashgan. Tuprog'i turli tipli hisoblanadi. Qo'ng'ir tuproq. Qadimgi qoldiq qirlar va tog' etaklaridagi toshloq yerlarida paydo bo'lgan. Qo'ng'ir tuproqning tarkibi tosh va shag'allar ko'p bo'ladi. Bu turdagi tuproq syertosh, gipsli bo'igani va tuzli qatlamining yuza joylashganligi, tarkibida chirindi va azotning kamligi tufayli hosildorJik past bo'ladi. Shu sabab, o'simliklar kam va siyrak bo'lganidan biologikjarayonlar ham sust kechadi. Och jigarrang tuprog'i esa aksincha unumdor tuproqdir. Zomin qo'riqxonasining tuprog'i turJi bo'igani uchun o'simliklar ham turlitumandir. O'simliklardagi bir necha turdagi tog' lolasi, zirk, marmarak, daraxtlilardan ko'pgina archalar, qora tyerak, tog' oJcha, yovvoyi olma, nok, bodom, do'lana, yong'oq kabilar o'sadi. Bundan tashqari tol, turJi butalar, pista, anjir, na'matak, o'simliklardan tog'ga xos rovoch, tog' arpa, chayir, bug'doyiq, andiz, qirqqizloq, sariqchoy, tulkiquyruq, uchqat, zamburug', lishaynik, mox kabilami uchratish mumkin. Bir narsani ta'kidlash joizki, qo'riqxonadagi daraxt -buta o'simliklar katta ahamiyat kasb etadi. Qora tyerak va archa yog'ochini quriganda ishlatish lozim. Bu kabi daraxtlardan yoqilg'i sifatida foydalaniladi. Tog' yonbag'irlarida o'sadigan o't o'simliklar esa pichan sifatida chorva mollarga va otlarga byeriladi. Masalan, tog'-dasht o'simliklaridan qo'ziquloq, yovvoyi beda, bug'doyiq va shu kabi o'tlar o'sadi. Butalardan namatak, zirk, yovvoyi oJcha kabi butalarni uchratishimiz mumkin. Hayvonot olami bu qo'riqxona hududida turlichadir. O'rmonli hududlarida bo'ri, quyon, to'ng'iz, archazorlarda o'rmon sichqoni, tog' sichqoni, tog' takasi, tog' kiyigi, qor bo'rsig'i, tog' qo'yi yohud arhar, kemiruvchilardan sug'ur tarqalgan. Qushlardan esa qora laylak, burgut, boltatumshuq, tog' sariq chumgug'i, chittak va tog' kakliklari uchraydi. Bundan tashqari, turli hashoratJar, noyob turdagi kapalaklar ham mavjud yuqorida aytib o'tilgandek bu qo'riqxona zonasining tuproq tizimi turlicha.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling