Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet42/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

«Jayron Ekomarkazi» 1977 yil may oyida ushbu markaz tashkil etilgan. Noyob hayvon turlari hamda tabiat resurslarini saqlashga yo'naltirilgan Markaz aslida Xalqaro tabiat va tabiat resurslarini saqlash uyushmasi ekomarkazni tashkil etilishiga sababehi bo'lgan. 60 yillarda ko'pgina davlatlar o'zlarining Davlat Qizil kitobiga ega bo'lgan. 70-yillaming o'rtalarida SSSR xukumati respublikalardagi 13 ta Jayronning saqlanadigan joylami tashkil etishga qaror qiladi. Bu kabi jayron saqlanadigan joylar asosan Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya, Tojikiston va O'zbekiston Respublikalarida tashkil etilgan. Boshida, O'zbekistonda tashkil etilgan bu Markazning nomi «Buxoro Jayronlarini saqlash» markazi deb atalgan edi. Ushbu markazning vazifasi ushbu noyob hayvon turini ko'paytirish, uning biologiyasi hamda populyatsiya resurslaridan foydalanish, samarali natijalarga ega bo'lish, Jayrondan tashqari boshqa kamyob hayvonlarqulon, sayg'ok, Buxoro kiyigi, Prjevalskiy otlari, gippard kabilami ham ko'paytirishni ham yo'lga qo'yilgan edi. Hozirgi kunda ham bu ekomarkaz jayron, qulon, Prjevalskiy oti, Buxoro tog' qo'yi kabi hayvonlar ham qo'riqxonalarda saqlanadi. Ekomarkaz shtatida jami 33 kishi ishlaydi. Shulardan 12 kishi faoliyat ko'rsatadi. «Jayron» ekomarkazi O'zbekistonning janubi-g'arbining Qizilqum eho'li hamda Buxoro viloyatidan 42 km uzoqlikda joylashgan. Hudud ikki qismdan iborat: Birinehsi qism maydoni 5145 gektar, atrofi 2 metrli sim to'r bilan o'ralgan. Hudud aniq ehegaralar bilan ajratilgan: Sharqiy tomonida trassa qatnovi mavjud. G'arbiy tomoni temir yo'l bilan, Janubiy tomoni Amu-Buxoro kanali bilan hamda shimoliy tomoni Quyimozor kollektori bilan ehegaradosh. Ikkinehi maydoni 27.050 gektarga teng. Ushbu qismning ehegarasi yuqori qismdagidek bo'lib, To'da ko'l bilan ehegaradosh. Geografik jihatdan Ekomarkaz Janubiy Qizilqum qumlari bilan qoplangan Qarnabcho'l massivida joylashgan. Hudud murakkab 236 landshaftga ega bo'lib, relefi Qayqaloch tog'i dengiz sathidan 332 m balandlikni tashkil etadi. Hudud tuprog'i proallyuvial hamda allyuvialir. Bu tuproq turlaridan tashqari taqir tuproq turi ham uchraydi. O'rtacha tepalik joylarida allyuvial tuproq turlari sal mayda kesakli, loyli tuproqdan iborat. Tuproqning taqirli qismi odatda sho'rxok bo'ladi. Tuproq strukturasi bo'yicha, hudud kulrangnamo to'q jigarrang cho'llardan iborat, bu kabi cho'l ko'rinishi hududda 40 % ni tashkil qilsa, taqir va sho'rxok cho'llar 60 % ni tashkil qiladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling