Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet9/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

BIOLOGIK MAROMLAR VA ULARNING
TABIATDAGI AHAMIYATI
Vaqt bilan bir davrda va teng holda organizm ayrim holatining
o‘zgarib turishiga biologik maromlar (ritmlar) dcyiladi. Biologik maromlar
organizmlaming ichki mexanizmlari bilan aniqlanadi va kun, fasl hamda
yilning vaqtiga qarab, organizmlar o‘zlarining holatlarini o‘zgartiradi
(biologik soatlar). Biologik soatlar organizmlarni boshqaradi. Demak,
biologik marom deb organizmlar hayotining yil davomida qat’iy ravishda
boshqarib turilishiga aytiladi. Shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida
qandaydir bir jarayon yoki hodisaning takrorlanishi, bir holatdan ikkinchi
holatga o‘tishi hamda qayta tiklanishi tushuniladi.
Biologik maromlar: ichki (endogen va fiziologik) va tashqi (ekzogen)
maromlarga bo‘linadi.
Ichki - cndogcn maromlar - organizmlaming fiziologik ritmlaridan
iboratdir. Jumladan, organizmlar tanasida biron bir fiziologik jarayon
doimiy emas. Ya’ni tirik organizmlardagi hujayra, to‘qima, organlar
sistemasi vaqt o‘zgarishi bilan hattoki yaxlit organizmlaming o‘zi ham
o‘zgaradi, uning fiziologik holati kunduz aktiv bo‘lsa, kechasi fiziologik
aktivlik (nafas olish, yurak urishi, muskullar harakati va bosh.) pasayadi,
organizmning holati tinchlanadi. Bu holatlar 3 ta geofizik omillar ta’sirida
yuzaga keladi. Ya’ni 1) Yeming Quyosh atrofida aylanishida Oy va
yulduzlarga nisbatan joylashib turishi; 2) Oyning kecha-kunduzi (sutkasi
24,8 soat); 3) Yulduzlar sutkasi (23,9 soat) organizmlar holatiga bevosita
ta’sir qiladi va organizmlar shu omiUami 24 soatga yaqin ritmikasi sifatida
qabul qiladi. Yorug‘lik va qorong‘ulik to‘g ‘ri almashinuvida har xil
turlaming ritmik holati 24 soatga to‘g‘ri keladi. Organizmning hamma
fiziologik jarayonlari maromlardir (ritmlikdir). Jumladan, DNK, RNK,
oqsil, fermentlar sintezi, hujayraning bo‘linishi, muskullaming qisqarishi,
yurak urishi, nafas olish, ya’ni hamma hujayralaming, organlaming ishi
maromlidir, ulami o'zgartirib bo'lmaydi.
Tashqi ekzogen maromlar. Ko‘pchilik hayvonlarda kun davomidagi
davriylik, ulardagi fiziologik funksiyalarning og‘ib turishiga to‘g‘ri
kelmaydi. Jumladan, hayvonlarga sutka davomidagi davriylik kunduzgi,
g‘ira-sbira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir.
Organizmlaming kun davomida davriylik holatlarida o‘zgarishi
ekzogen maromlaming (ritmlaming) yorqin ko'rinishi hisoblanadi. Tashqi
maromlar asosan geofizik xarakterga ega bo‘lib, Yeming aylanishi bilan
bog‘liq va shuning natijasida ekologik omillarning (yorug'lik, harorat,
namlik va bosh.) o‘zgarishi, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish
qonunidan kelib chiqadi. Geofizik o'zgarishlar — quyosh radiatsiyasining
aktivligi tirik tabiatga (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Biologik soatlar. Tirik organizmlaming biologik maromlari tanada
hujayra bo‘linishi, qon aylanishi, nafas olish, moddalar aylanishi kabi
jarayonlami ta’minlab turadi. Hamma tirik organizmlarda sutkalik (kunlik)
maromlar kuzatiladi. Biologik maromlar oddiy va murakkab tuzilishga ega
boigan organizmlarda bo‘ladi. Har bir hujayra, har bir organizm o'zining
«ish maromiga (ritmiga)» ega. Taxminan 24 soat vaqtda (sirkad ritm) kunlik
ritmlar asosida organizmning ish maromlari bir-birlari bilan bog'lanadi.
Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkad) ritmlar juda keng diapazonda
kuzatiladi. Sutkalik ritmlar nafas olish va tana harorati o'zgarishida, yurak
faoliyati va qon aylanishida oshqozon-ichak va ortiqcha moddalaming
tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi. Inson organizmida kun-u tun
davomida og‘riqni sezish, qon oqish, ko'rish darajasi, eslab qolish, hid va
la’m sezish, shovqin, qo‘rqish kabi davriy o'zgarishlar bo‘ladi. Qadimda
oigan buyuk Gippokrat, Aristotel, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalar
tomonidan ham bioritmlaming borligi va mohiyati, ularning kelib chiqishi
Quyosh va Oyning davrlar bilan o'zgarishiga bog‘Iiq ekanligini qayd
qilingan.
Tirik organizmlaming biologik ritmlari davrida odam ish qilmoqdami
yoki o‘rin-to‘shakda yotgan holdami, tanadagi harorat soatiga ±0,5°C ga
o‘zgaradi. Inson tanasidagi teri haroratining yuqorigi ko‘rsatkichi soat 18
lar atrofida bo'lsa, eng past ko‘rsatkich tungi soat 1 dan ertalabki 5 lar
orasida bo‘ladi. Maymunlarni kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ular tunda
uxlab, kunduzi aktiv harakatda boTadilar. Tana harorati tunda 36,5°C,
kunduzi esa 38,5°C atrofida. Yirtqich sutemizuvehilarda esa hammasi
boiib, 0,3-0,4°C, kemiruvchilarda bundan ham past, tuyoqlilarda farq
boimaydi. Odamning peshona terisi va qoilari uchidagi haroratning farqi
ertalab 3°C, kechroq 2,9°C, tunda esa 1,7°C ni tashkil qiladi. Odam tanasi
ustida doimiy harorat peshona terisida boiadi. Lekin, tana issiqligining
asosiy manbai qoi-oyoq uchlarida hisoblanadi. Yorugiik va harorat eng
kuchli tashqi ta’sir hisoblanadi. Ular ta’sirida issiq qonli hayvonlarda qat’iy
24 soatlik tana haroratining o‘zgarish ritmi boiib turadi. Lekin, ayrim
tungi hayvonlarda, masalan, ukkilarda tananing maksimal harorati va gaz
almashinish darajasi kunduz, yorugiikda emas, balki tunda kuzatiladi.
Chunki, ukkilar tunda harakat qiluvchi hayvonlar guruhiga kiradi. Sutkalik
ritmlar asosida yotgan shartli reflekslar odam va hayvon tanasida turli
omillar ta’sirida yuzaga keladi. Masalan, ishga tushish yoki ishdan chiqish
signallari ishchilaming sutkalik ritm chizigini o‘zgartiradi. Ya’ni, temir
y o i dispetcherining tunda ishga chiqish signali tana haroratini pasaytiradi.
Odam tanasida yurak urish va qon aylanish organizm faoliyatiga bogiiqdir.
Masalan, tana tinch turgan holatiga yurakdan aorta tomiriga minutiga 4-6
litr, muskullar bir oz harakat qilganda esa 20-25 litrga qadar qon haydaladi.
Muskul sistemasi bo‘shagan, tinch vaqtda yurak urish ham pasayadi (40-
50-1 minutda), og'ir harakat qilgan sportchilarda yurak urishi 1 min.
da 260 ga koiariladi. Yurak urishi kechroq soat 18 larda ortadi va shu
vaqtda maksimal va minimal qon bosimi kuzatiladi. Yurak urishining eng
kami ertalabga yaqin soat 4 da, qon bosimining pasayishi esa ertalabki
soat 9 da kuzatiladi. Ko‘zning ichkl bosimi ertalab ko‘tarilib, kechroq
pasayadi. Tunda insonda miya biopotensial aktivligi, ayniqsa, tungi soat
2— 4 larda eslash qobiliyati pasayadi, ishlash aktivligi sekinlashadi, kishi
kuchsizlanadi, mushak kuchlari kamayadi.
Yillik maromlar. Ular organizmlaming umumiy xususiyatlaridan
hisoblanadi. Ma’lumki, respublikamiz viloyatlarida yillik harorat maromiga
ko‘ra organizmlaming rivojlanishi uchun qulay davrlar olti oy davom etadi.
Shu davr ichida tirik organizmlarda asosiy fenologik hodisalar ro‘y beradi.
Yer yuzasidan qorlar erib, bahor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli,
o‘rik va tollar barg yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil
o ‘tlar, o‘simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi,
qishlab chiqqan hasharotlar hayoti faollashadi, yoz o'rtalarida harorat qulay
bo‘ladi, daraxtlar va boshqa ko‘pchilik o‘simliklaming o‘sishi sekinlashadi
yoki butunlay to‘xtaydi, qushlaming ko‘payish davri tugaydi. Yozning
ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko‘pchilik o‘simIiklaming meva va
urug‘lari pishadi, to‘qimalarida ozuqa moddalar to‘planadi. Shunday qilib,
qishga tayyorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari
shakllanadi va novdalari qotib yog‘ochlashadi. Qushlar galalashib uzoq
tropik mamlakatlarga uchishga hozirlana boshlaydi. 0 ‘simliklarda
xazonrezgilik kuzatilib, qushlar uchib ketadi. Hasharotlar va umurtqasiz
hayvonlar uchramay qoladi.
Sovuq boshlanishdan avval tana haroratini idora eta olmaydigan
organizmlar tinim holatiga o‘tadi. Umurtqali hayvonlar, qushlar va sut
emizuvchilaming qish mavsumiga moslashishi kuzatiladi. Ular kuzda
tullaydi, qalin va uzun, hatto oq rangdagi yunglar va tivit hosil qiladi.
Qushlar patlar chiqaradi. Qishda yetarli ozuqa topa olmaydigan hayvonlar,
ko‘rshapalaklar, kemiruvchilaming ko‘pchilik vakillari, bo‘rsiqlar, ayiqlar
uyquga ketadi. Suvda suzadigan hasharotxo‘r parrandalar qishda ozuqa
topib yeya olmaydilar, shuning uchun ular mavsumiy migratsiya qilishga
majbur. Bulaming hammasi muhitning kunlik, oylik va yillik maromlariga
organizmlaming bergan javobi hisoblanadi. Har bir turning yillik maromi
tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqadi. Jadal o‘sish va rivojlanish davri
ko‘payib, qishga tayyorgarlik va qishlash davrlarining muayyan tartib va
muddati yillik maromni tashkil etadi. Yillik maromlar ko‘pchilik turlarda
endogen xarakterga ega va ular sirkan maromlar deyiladi.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling