Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.42 Mb.
bet14/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari haqida gapiring.
2. Tabiatni muhofaza qilishning ekologik-iqtisodiy jihati nimalardan iborat?
3. Ekologiyaning ijtimoiy-gigiyenik jihatlari nimalarda aks etadi?
4. Ekologiyaning tarbiyaviy jihati haqida gapiring.
5- Ma’ruza mashg’uloti: Barqaror taraqqiyot asoslari.
Reja:
1. Barqaror taraqqiyot tushunchasi;
2. Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror taraqqiyotning
dolzarbligi va zaruriyati;
3. O‘zbekistonda atrof­muhit bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar;
Barqaror taraqqiyot tushunchasi;
XXI asr chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topish
uchun zamonaviy muammolarni hal qilish va kelgusida ularning oldini olishga
yo‘naltirilgan barqaror taraqqiyot konsepsiyasi ishlab chiqildi. “Barqaror
taraqqiyot” atamasi ingliz tilidan (Sustainable Development) kelib chiqqan bo‘lib,
uni turg‘un, qo‘llab­quvvatlanayotgan, avaylanayotgan, davomli, uzluksiz rivojlanish deb tarjima qilish mumkin. adabiyotda ushbu tushunchaning yuzdan ortiq ifodalarini uchratish mumkin. uning ko‘p ishlatiladigan ifodasi 1987 yilda e’lon qilingan “Bizning umumiy kelajagimiz” mavzusidagi ma’ruzada keltirilgan. unga ko‘ra, “Barqaror taraqqiyot” deganda — hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi.
Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi 1992 yilda Rio de Janeyroda
tashkil qilingan, dunyo mamlakatlari rahbarlarining eng yirik uchrashuvlaridan
biri sanalgan yig‘ilishda tasdiqlangan. Mazkur forumda ishtirok etgan 179
mamlakatning siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari o‘zlariga istiqbolda jahon taraqqiyotini barqarorlashtirish majburiyatini oldilar va bu iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib qo‘yishni emas, balki kelgusi avlodlarning katta miqdordagi ehtiyojlarini ko‘zda tutadi.
Ko‘plab olimlar Barqaror taraqqiyot tamoyili (bilimlari, nazariyasi)ni ham
zamonaviy dunyoqarash, ham sayyoradagi yangicha hayot tarzi, unda yashovchi barcha odamlar, barcha davlatlarning tabiat bilan munosabati borasidagi amaliy qo‘llanma sifatida ko‘zda tutmoqdalar. Siyosatchi bu Konsepsiyada o‘zining siyosiy dasturi uchun negiz bo‘lgan g‘oyalarni olsa, boshqaruv hokimiyati vakil lari milliy boylikni ko‘paytiruvchi vosita sifatida qaraydi, oddiy kishilar esa tabiat muhiti bilan uyg‘unlikda umr kechirish uslubi sifatida qabul qiladi.
Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va uning resurslari cheksiz va bitmastuganmasdek ko‘ringan bo‘lsa, sanoat taraqqiyoti davri,
ya’ni oxirgi ikki asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniqravshan bo‘lib bormoqda. Shunday qilib, barqaror taraqqiyot g‘oyasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, mana shunday ham hozirgi, ham kelajak avlodga yuqori hayot tarzini ta’minlash, ularning yashash muhitini himoya qilish va yaxshilashni ko‘zda tutuvchi iqtisodiy taraqqiyot bilan o‘zaro til topishga qilingan harakat hisoblanadi. Yani bu shunday uyg‘unlikdagi rivojlanish bo‘lishi lozimki, unda tabiiy boyliklar, investitsiyalar, texnologiyalar barkamolligi va ijtimoiy tuzilmaning o‘zgarishi ham bugungi, ham ertangi kun ehtiyojlari bilan mos tushishi talab etiladi.
Oxirgi yillarda dunyoning ko‘plab mamlakatlari o‘z qonunchilik hujjatlariga
va siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayoniga barqaror rivojlanish tamoyillarini kiritishga harakat qilmoqdalar. Tabiiyki, barcha mamlakatlar uchun birday bo‘lgan namunaning o‘zi yo‘q. Biroq tabiiy muhit va atrof­muhitdan foydalanish masala larida aholi, ehtiyojlar va texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etishi umumiy
jihatdan tan olingan. Xususan, bir hududda ko‘p energiya va xom ashyo sarflovchi,
samaradorligi past va tabiatni ifloslovchi sanoat texnologiyalari asosiy
muammolarni keltirib chiqarsalar, boshqasida esa atrof­muhit va insonlarning
salomatligiga zarar keltiruvchi iste’mol odatlaridan voz kechish mashaqqatlari
bunga sabab bo‘ladi; uchinchi bir turdagi mamlakatlarni esa aholining haddan ziyod ko‘payib ketishi va qashshoqlik muammolari yuzaga keltiradi.
Odatda, iqtisodiyot, ijtimoiy turmush va atrof­muhit masalalari hukumat miqyosida ham, moddiy miqyosda ham bir­biridan alohida tarzda ko‘rib chiqiladi.
Biroq endi iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy nuqtai nazardan odilona va atrofimizdagi tabiatga do‘stona munosabatda bo‘luvchi oldinga siljishning strategik yo‘nalishini ishlab chiqish uchun atrof­muhit va ommaviy taraqqiyotga
bir­biriga bog‘liq tizim sifatida qarash zarurati tug‘ilmoqda.
Barqaror taraqqiyot strategiyasi ijtimoiy siyosat va tabiiy muhit resurslaridan foydalanish siyosatini o‘zaro uyg‘unlashtirishi hamda uni barcha darajadagi vazirliklar faoliyati, jumladan, davlat manfaatlari va budjetini himoya qilish soha- lariga ham joriy qilishi kerak bo‘ladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling