Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Ekologik inqirozning kelib chiqishi va turlari


Download 1.42 Mb.
bet26/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Ekologik inqirozning kelib chiqishi va turlari;
Atrof-muhitning texnogen ifloslanishi o‘zining kelib chiqishi va
xususiyatlariga ko‘ra, nihoyatda xilma-xil. Uning eng ko‘p tarqalgan
ko‘rinishlaridan biri - sanoat chiqindilaridir. Fan-texnikaning katta
muvattaqiyatlariga qaramay, ishlab chiqarish jarayonida xom ashyoning
katta bir qismi chiqindi boTib chiqadi. Bu hoi ayniqsa, keyingi 10-15 yilda
juda kuchayib, tabiiy muhitning global ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
Masalan, so‘nggi yillarda sanoat va maishiy xizmatda ifloslangan oqar
suvlarning hajmi daryo oqimining 16% iga teng bo‘lib qoldi. Yoqilg‘ilami
yoqish har yili atmosferaga bir milliard tonnadan ortiq qorakuya, qurum,
tutun, sement changlari va zararli aerozollarni chiqarib tashlaydi.
Shaharlarda kuniga millionlab tonna har xil chiqindilar to‘planadi. Ulami
yo'q qilish yoki ulardan foydalanish juda qiyindir.
Tabiiy muhitning ifloslanishi muammosi rivojlangan mamlakatlarda,
ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida tobora murakkab tus olmoqda.
AQSH aholisi dunyo aholisining 5% idan oshmasa-da, bu mamlakat dunyo
tabiiy resurslarining 30% ini iste’mol qiladi va dunyodagi ifloslanishning
40% i shu davlat hissasiga to‘g'ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi jamiyatga ham moddiy, ham ma’naviy
zarar keltiryapti. Hatto, suv va tuproqdagi iflos moddalar ta’siri ostida
metall konstruksiyalar, qurilish materiallari, to‘qimalar, teri, rezina,
bo‘yoqlar, tarixiy va madaniy yodgorliklar tezlik bilan yemiriladi.
Asosiy fondlaming eskirishi (to‘zishi) tezlashadi, qishloq, o‘rmon, baliq
xo‘jaligining va boshqalaming mahsuldorligi pasayadi. Lekin eng yomoni
shuki, aholi sog‘lig‘iga katta zarar yetkaziladi.
Xalqaro hamkorlik. Xalqaro ekologik hamkorlik (XEH) deyilganda
- yer yuzidagi barcha mamlakat (xalq)lar tomonidan tabiat muhofazasiga
doir xalqaro kelishuv-shartnoma, konvensiyalar tuzish, xalqaro ekologik
me’yorlami ishlab chiqish va ularga rioya etilishini hamkorlikda nazorat
qilish, umumsayyoraviy va hududiy ekologik muammolarni birgalikda
hal etish, ilmiy tadqiqotlar va turli xalqaro anjumanlar o‘tkazish kabi
keng ko'lamli chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi. XEH quyidagi
tamoyillarga asoslangan bo'lishi lozim:
- sayyoramizdagi har bir inson sog‘lom ekologik sharoitlarda yashash
huquqiga ega ekanligi;
- har bir mamlakat atrof-muhit va tabiiy resurslardan o‘z fuqarolari
manfaatlari yo‘Iida foydalanish huquqiga ega ekanligi;
- bir davlatning ekologik muvaffaqiyati boshqa davlatlar hisobiga
bo‘lmasligi yoki ulaming manfaatlariga zid bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- har bir davlat hududidagi ishlab chiqarish faoliyati shu davlatdagi
va undan tashqaridagi tabiiy muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlash;
- ekologik oqibatlami bashorat qilib bo ‘ lmaydigan har qanday xo ‘j alik
va boshqa turdagi faoliyatlaming amalga oshirilishiga y o i qo‘ymaslik;
- tan olingan xalqaro me’yorlar va andozalar asosida atrof-muhit,
tabiiy resurslar va ulardagi o'zgarishlar ustidan nazorat o‘matish;
- atrof- muhit muhofazasi bo ‘yicha erkin, keng ko‘ lamli xalqaro ilmiy-
texnik axborotlar almashish va tabiatni asraydigan ilg‘or texnologiyalami
joriy etish;
- sayyoramizning biror-bir hududida favqulodda ekologik holat ro‘y
berganda davlatlar bir-birlariga o‘zaro yordam ko‘rsatish;
- atrof-muhit muammolari bilan bog'liq barcha kelishmovchiliklarni
tinchlik yo‘li bilan hal etish.
Hozirgi paytda XEH asosan ikki xil shaklda namoyon bo‘lmoqda:
1. Atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga
qaratilgan ikki yoki ko‘p tomonlama davlatlararo bitim, shartnoma va
konvensiyalar tuzish. 2. Turli xalqaro tabiatni muhofaza qiluvchi uyushma,
komissiya va tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish. XEH umumbashariy
qadriyatlaming muhim tarkibiy qismi sifatida so‘nggi yuz yildan ko‘proq
vaqtdan beri shakllanib, takomillashib bormoqda. Uning dastlabki
ko‘rinishIari XIX asr oxirlaridan boshlab hayvonotlardan foydalanishni
tartibga solishga qaratilgan davlatlararo harakat tarzida namoyon bo‘la
boshladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling