Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.
BIOLOGIK MAROMLAR VA ULARNING
TABIATDAGI AHAMIYATI Vaqt bilan bir davrda va teng holda organizm ayrim holatining o‘zgarib turishiga biologik maromlar (ritmlar) dcyiladi. Biologik maromlar organizmlaming ichki mexanizmlari bilan aniqlanadi va kun, fasl hamda yilning vaqtiga qarab, organizmlar o‘zlarining holatlarini o‘zgartiradi (biologik soatlar). Biologik soatlar organizmlarni boshqaradi. Demak, biologik marom deb organizmlar hayotining yil davomida qat’iy ravishda boshqarib turilishiga aytiladi. Shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida qandaydir bir jarayon yoki hodisaning takrorlanishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi hamda qayta tiklanishi tushuniladi. Biologik maromlar: ichki (endogen va fiziologik) va tashqi (ekzogen) maromlarga bo‘linadi. Ichki - cndogcn maromlar - organizmlaming fiziologik ritmlaridan iboratdir. Jumladan, organizmlar tanasida biron bir fiziologik jarayon doimiy emas. Ya’ni tirik organizmlardagi hujayra, to‘qima, organlar sistemasi vaqt o‘zgarishi bilan hattoki yaxlit organizmlaming o‘zi ham o‘zgaradi, uning fiziologik holati kunduz aktiv bo‘lsa, kechasi fiziologik aktivlik (nafas olish, yurak urishi, muskullar harakati va bosh.) pasayadi, organizmning holati tinchlanadi. Bu holatlar 3 ta geofizik omillar ta’sirida yuzaga keladi. Ya’ni 1) Yeming Quyosh atrofida aylanishida Oy va yulduzlarga nisbatan joylashib turishi; 2) Oyning kecha-kunduzi (sutkasi 24,8 soat); 3) Yulduzlar sutkasi (23,9 soat) organizmlar holatiga bevosita ta’sir qiladi va organizmlar shu omiUami 24 soatga yaqin ritmikasi sifatida qabul qiladi. Yorug‘lik va qorong‘ulik to‘g ‘ri almashinuvida har xil turlaming ritmik holati 24 soatga to‘g‘ri keladi. Organizmning hamma fiziologik jarayonlari maromlardir (ritmlikdir). Jumladan, DNK, RNK, oqsil, fermentlar sintezi, hujayraning bo‘linishi, muskullaming qisqarishi, yurak urishi, nafas olish, ya’ni hamma hujayralaming, organlaming ishi maromlidir, ulami o'zgartirib bo'lmaydi. Tashqi ekzogen maromlar. Ko‘pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik, ulardagi fiziologik funksiyalarning og‘ib turishiga to‘g‘ri kelmaydi. Jumladan, hayvonlarga sutka davomidagi davriylik kunduzgi, g‘ira-sbira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir. Organizmlaming kun davomida davriylik holatlarida o‘zgarishi ekzogen maromlaming (ritmlaming) yorqin ko'rinishi hisoblanadi. Tashqi maromlar asosan geofizik xarakterga ega bo‘lib, Yeming aylanishi bilan bog‘liq va shuning natijasida ekologik omillarning (yorug'lik, harorat, namlik va bosh.) o‘zgarishi, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish qonunidan kelib chiqadi. Geofizik o'zgarishlar — quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiatga (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Biologik soatlar. Tirik organizmlaming biologik maromlari tanada hujayra bo‘linishi, qon aylanishi, nafas olish, moddalar aylanishi kabi jarayonlami ta’minlab turadi. Hamma tirik organizmlarda sutkalik (kunlik) maromlar kuzatiladi. Biologik maromlar oddiy va murakkab tuzilishga ega boigan organizmlarda bo‘ladi. Har bir hujayra, har bir organizm o'zining «ish maromiga (ritmiga)» ega. Taxminan 24 soat vaqtda (sirkad ritm) kunlik ritmlar asosida organizmning ish maromlari bir-birlari bilan bog'lanadi. Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkad) ritmlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik ritmlar nafas olish va tana harorati o'zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida oshqozon-ichak va ortiqcha moddalaming tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi. Inson organizmida kun-u tun davomida og‘riqni sezish, qon oqish, ko'rish darajasi, eslab qolish, hid va la’m sezish, shovqin, qo‘rqish kabi davriy o'zgarishlar bo‘ladi. Qadimda oigan buyuk Gippokrat, Aristotel, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalar tomonidan ham bioritmlaming borligi va mohiyati, ularning kelib chiqishi Quyosh va Oyning davrlar bilan o'zgarishiga bog‘Iiq ekanligini qayd qilingan. Tirik organizmlaming biologik ritmlari davrida odam ish qilmoqdami yoki o‘rin-to‘shakda yotgan holdami, tanadagi harorat soatiga ±0,5°C ga o‘zgaradi. Inson tanasidagi teri haroratining yuqorigi ko‘rsatkichi soat 18 lar atrofida bo'lsa, eng past ko‘rsatkich tungi soat 1 dan ertalabki 5 lar orasida bo‘ladi. Maymunlarni kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ular tunda uxlab, kunduzi aktiv harakatda boTadilar. Tana harorati tunda 36,5°C, kunduzi esa 38,5°C atrofida. Yirtqich sutemizuvehilarda esa hammasi boiib, 0,3-0,4°C, kemiruvchilarda bundan ham past, tuyoqlilarda farq boimaydi. Odamning peshona terisi va qoilari uchidagi haroratning farqi ertalab 3°C, kechroq 2,9°C, tunda esa 1,7°C ni tashkil qiladi. Odam tanasi ustida doimiy harorat peshona terisida boiadi. Lekin, tana issiqligining asosiy manbai qoi-oyoq uchlarida hisoblanadi. Yorugiik va harorat eng kuchli tashqi ta’sir hisoblanadi. Ular ta’sirida issiq qonli hayvonlarda qat’iy 24 soatlik tana haroratining o‘zgarish ritmi boiib turadi. Lekin, ayrim tungi hayvonlarda, masalan, ukkilarda tananing maksimal harorati va gaz almashinish darajasi kunduz, yorugiikda emas, balki tunda kuzatiladi. Chunki, ukkilar tunda harakat qiluvchi hayvonlar guruhiga kiradi. Sutkalik ritmlar asosida yotgan shartli reflekslar odam va hayvon tanasida turli omillar ta’sirida yuzaga keladi. Masalan, ishga tushish yoki ishdan chiqish signallari ishchilaming sutkalik ritm chizigini o‘zgartiradi. Ya’ni, temir y o i dispetcherining tunda ishga chiqish signali tana haroratini pasaytiradi. Odam tanasida yurak urish va qon aylanish organizm faoliyatiga bogiiqdir. Masalan, tana tinch turgan holatiga yurakdan aorta tomiriga minutiga 4-6 litr, muskullar bir oz harakat qilganda esa 20-25 litrga qadar qon haydaladi. Muskul sistemasi bo‘shagan, tinch vaqtda yurak urish ham pasayadi (40- 50-1 minutda), og'ir harakat qilgan sportchilarda yurak urishi 1 min. da 260 ga koiariladi. Yurak urishi kechroq soat 18 larda ortadi va shu vaqtda maksimal va minimal qon bosimi kuzatiladi. Yurak urishining eng kami ertalabga yaqin soat 4 da, qon bosimining pasayishi esa ertalabki soat 9 da kuzatiladi. Ko‘zning ichkl bosimi ertalab ko‘tarilib, kechroq pasayadi. Tunda insonda miya biopotensial aktivligi, ayniqsa, tungi soat 2— 4 larda eslash qobiliyati pasayadi, ishlash aktivligi sekinlashadi, kishi kuchsizlanadi, mushak kuchlari kamayadi. Yillik maromlar. Ular organizmlaming umumiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, respublikamiz viloyatlarida yillik harorat maromiga ko‘ra organizmlaming rivojlanishi uchun qulay davrlar olti oy davom etadi. Shu davr ichida tirik organizmlarda asosiy fenologik hodisalar ro‘y beradi. Yer yuzasidan qorlar erib, bahor nafasi sezila boshlaydi. Bodom, shaftoli, o‘rik va tollar barg yozmasdanoq gullay boshlaydi. Tuproq yuzasi yashil o ‘tlar, o‘simliklar bilan qoplanadi, uchib ketgan qushlar qaytib keladi, qishlab chiqqan hasharotlar hayoti faollashadi, yoz o'rtalarida harorat qulay bo‘ladi, daraxtlar va boshqa ko‘pchilik o‘simliklaming o‘sishi sekinlashadi yoki butunlay to‘xtaydi, qushlaming ko‘payish davri tugaydi. Yozning ikkinchi yarmidan boshlab erta kuzda ko‘pchilik o‘simIiklaming meva va urug‘lari pishadi, to‘qimalarida ozuqa moddalar to‘planadi. Shunday qilib, qishga tayyorgarlik boshlanadi. Daraxtlarning qishlaydigan kurtaklari shakllanadi va novdalari qotib yog‘ochlashadi. Qushlar galalashib uzoq tropik mamlakatlarga uchishga hozirlana boshlaydi. 0 ‘simliklarda xazonrezgilik kuzatilib, qushlar uchib ketadi. Hasharotlar va umurtqasiz hayvonlar uchramay qoladi. Sovuq boshlanishdan avval tana haroratini idora eta olmaydigan organizmlar tinim holatiga o‘tadi. Umurtqali hayvonlar, qushlar va sut emizuvchilaming qish mavsumiga moslashishi kuzatiladi. Ular kuzda tullaydi, qalin va uzun, hatto oq rangdagi yunglar va tivit hosil qiladi. Qushlar patlar chiqaradi. Qishda yetarli ozuqa topa olmaydigan hayvonlar, ko‘rshapalaklar, kemiruvchilaming ko‘pchilik vakillari, bo‘rsiqlar, ayiqlar uyquga ketadi. Suvda suzadigan hasharotxo‘r parrandalar qishda ozuqa topib yeya olmaydilar, shuning uchun ular mavsumiy migratsiya qilishga majbur. Bulaming hammasi muhitning kunlik, oylik va yillik maromlariga organizmlaming bergan javobi hisoblanadi. Har bir turning yillik maromi tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqadi. Jadal o‘sish va rivojlanish davri ko‘payib, qishga tayyorgarlik va qishlash davrlarining muayyan tartib va muddati yillik maromni tashkil etadi. Yillik maromlar ko‘pchilik turlarda endogen xarakterga ega va ular sirkan maromlar deyiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling