https://unctad.org/data-visualization/global-foreign-direct-investment-flows-over-last-30-years - Xalqaro uzoq muddatli kreditlashning zamonaviy shakli loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi. “Loyihalarni moliyalashtirish” atamasida investitsion loyihalarni kreditlash haqida so‘z boradi.
- Loyihalarni moliyalashtirishda bank tomonidan baholash ob’ekti quyidagilar bo‘ladi:
- -investitsion loyiha;
- -loyiha kreditini ta’minlash (loyiha kompaniyasining aktivi, garov va kafolati).
Loyihalarni moliyalashtirish tamoyillari. Jahon amaliyotida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha umumiy tan olingan asosiy tamoyillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: Loyihalarni moliyalashtirish tamoyillari. Jahon amaliyotida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha umumiy tan olingan asosiy tamoyillar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: - Birinchidan, odatda uch xil variant bo‘yicha qiyosiy tahlil amalga oshiriladi: loyiha ta’minotchisi, bankning pessimistik stsenariyi, mustaqil ekspertlar tomonidan tayyorlangan asosiy variant.
- Ikkinchidan, kredit odatda tasdiqlangan loyihani amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Shuningdek, loyiha kompaniyasining balansida olingan kredit aks ettiriladi.
- Uchinchidan, loyihalarni moliyalashtirishda bank dastlabki e’tiborini risklarni baholash, xarajatlarni (smetani) qisqartirish, kreditlash manbalari, loyihaning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida investitsion loyihani tahlil qilishga qaratadi.
- To‘rtinchidan, umum tan olingan tamoyillardan biri mijozning ma’suliyati cheklanganligi hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, bank faqat joriy loyihani amalga oshirishdan olingan daromadlar hisobiga kreditni qoplashni talab qilishi mumkin.
Beshinchidan, kreditni so‘ndirishni qo‘shimcha ta’minoti bo‘lib, loyihaning quyidagi garov ta’minotchilari hisoblanishi mumkin. - Beshinchidan, kreditni so‘ndirishni qo‘shimcha ta’minoti bo‘lib, loyihaning quyidagi garov ta’minotchilari hisoblanishi mumkin.
- to‘lov kafolati – kafolatli holat yuzaga kelganda bankka ma’lum bir summani muqarrar o‘tkazilishi bo‘yicha majburiyat;
- loyihani tugatish kafolati loyihani amalga oshirishni rad etmagan holda homiy(ta’minotchi)lar majburiyatini ham o‘z ichiga oladi;
- loyihani amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha firmalarning garov ta’minotlari. Bank garov ta’minot shartlari to‘g‘risida homiy va firma o‘rtasidagi shartnomani so‘rashi mumkin;
- loyihani amalga oshiruvchi firma yoki homiy-ta’minotchining ma’lum bir summadagi bank kreditorga qo‘ygan depoziti qo‘shimcha garov ta’minot bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |