Xalqaro iqtisodiy aloqalar


-jadval O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo balansi


Download 1.25 Mb.
bet4/4
Sana20.12.2022
Hajmi1.25 Mb.
#1039861
1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro iqtisodiy aloqalar va integ

2-jadval
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo balansi
(mln.AQSH dollarida)




2000

2001

2002

2003

2004

2005

Экспорт

3264,7

3170,4

2988,4

3725,0

4853,0

5408,8



Импорт

2947,4

3136,9

2712,0

2964,2

3816,0

4091,3



Савдо баланси

317,3

33,5

276,4

760,8

1037,0

1317,5





Xulosa
Shuni ta’kidlash lozimki, kо‘rsatib berilgan koeffitsiyent va kо‘rsatkichlar har doim ham iqtisodiyot ochiqligining holatini tо‘liq kо‘rsata olmaydi. Masalan tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, uning sintetik kо‘rsatkichi bо‘la olmaydi. Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini kо‘rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi kо‘rsatkichi esa murakkabroq kompleks kо‘rsatkichdir.
1995 yilda Rossiyada tashqi savdo kvotasi 35%ga yaqin edi. YAIMning taxminan 25%i eksportga tо‘g‘ri kelardi. Bu Rossiya iqtisodiyoti yuqori darajada ochiq degan ma’noni beradimi? Na bojlarning о‘rtacha darajasi bо‘yicha, na eksport strukturasi bо‘yicha, na investitsion iqlim parametrlari bо‘yicha, na boshqa qator kо‘rsatkichlar bо‘yicha bu savolga qoniqarli javob berish mumkin emas.
Rossiyaning stixiyali tarzda shakllanayotgan ochiq iqtisodiyoti tartibsizlik va anarxiyaga yaqindir. Uni kо‘prok kvazi ochiqlik deb ta’riflasa bо‘ladi. Bunday «ochiqlik» yalpi demokratizatsiyalashning va tashqi savdoni tartibsiz erkinlashtirish bо‘lganligi uchun iqtisodiyot samaradorligini va uning raqobatbardoshligini oshirishda yordam bermayapti. Aksincha, unga sezilarli zarar yetkazib davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solayapti.
«MDH mamlakatlarining jahon bozoriga kirib borishi savdo imtiyozlari, proteksionistik choralar va keng miqyosdagi texnik yordamsiz mumkin emas», deb ta’kidlaydi Germaniyalik iqtisodchi X.Shreder.
О‘z navbatida M.Pebro eslatib о‘tadiki, savdoning erkinligi «ehtiyotkorliksiz bо‘lishi kerak emas, chunki bu qoidalardan kо‘r-kо‘rona foydalanish tezda kuchsizlarning kuchlilarga buysunishiga, iqtisodiy kolonializm kelib chiqishiga olib kelgan bо‘lardi.»
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining xarakteri va tendensiyalari qanaqa?
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni kо‘rsatadi:
1) jahon xо‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini,

  1. an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va harakterining о‘zgarganligini (u kо‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xizmat qila boshladi),

  2. kapital migratsiyasi intensivlashganligini,

  3. ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi, xizmatlar soxasining rivojlanganligini,

  4. ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada о‘sganligini. (Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xо‘jalik hayotini baynalmilallashuvining muhim qismi bо‘lib qolmoqda);

6) davlatlar va mintaqalar iqtisodi integratsiyalashuvi jarayonining tezlashishi va kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan birlik darajasi jahon xо‘jalik majmui shakllanishining kо‘rinishi bо‘lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chegaralarining mavjudligiga qaramay umumiy xо‘jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat kо‘rsatadilar. Xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvi tushunchasi ortida alohida davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi kо‘p darajali jahon xо‘jalik aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi.
Baynalmilallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning oshib borayotgan о‘zaro aloqa va о‘zaro bog‘likligini harakterlaydi. XX asrda ayirboshlashning baynalmilallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalmilallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX asr 60-yillarining о‘rtalari). Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin oshadi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlaydi. U obyektiv ravishda milliy chegaralardan chiqa boshlaydi.
ITI ta’sirida ishlab chiqarish baynalmilallashuvi shunday holatni yuzaga keltiradiki, har qanday mamlakat uchun «shaxsiy ishlab chiqarishga» ega bо‘lish foydasiz bо‘lib qoladi. Alohida milliy iqtisodiyotlar yanada kо‘prok jahon xо‘jaligiga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaxassislar bilan almashish yanada baynalmilal xarakterga ega bо‘la boshlaydi.
Ushbu aloqalar va ular rivojining istiqboli shakllanishi qonuniyatlarini tekshirish shuni kо‘rsatadiki, jahon xо‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi bо‘lib kapital, tovar va xizmatlarning yagona planetar bozorini tashkil qilish va alohida davlatlarni yagona jahon xо‘jaligi majmuiga birlashtirishga bо‘lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida о‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha, yuqoriroq darajasidir.
Globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama kо‘rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat kо‘rsatishga bо‘lgan umumiy intilishlari tushuniladi. Bunday intilishlarning kо‘rinishlari quyidagilar-liberalizatsiya, savdo va investitsion tо‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.
Mikroiqtisodiy darajada globalizatsiya deganda korxona faoliyatining ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki kо‘p milliy yо‘nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon bozori yoki «jahon uchligi» (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya) bozorlarini о‘zlashtirishda yagona yondashishni tushuniladi.
Qanday omillar zamonaviy XIMga sezilarli ba’zida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi?
Hozirgi davrning qarama-qarshiliklariga qaramay, uning asosiy tomoni kо‘proq raqiblik emas, balki hamkorlik va о‘zaro kelishuv tendensiyasi bо‘lmoqda. Turli davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining yaqinlashuvi ruy bermoqda. Albatta bu juda murakkab harakatdir.
Bu harakatga:

  1. Industrial jamiyatning postindustrial (informatsion) jamiyatga о‘tishi;

  2. Texnologik inqiloblar (1-sxema);

  3. Energiya xom-ashyo va oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvi;

  4. Ekologik muammolar ta’sir kо‘rsatadi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling