Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya va o’zbеkistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi


Download 225 Kb.
bet10/10
Sana17.06.2023
Hajmi225 Kb.
#1520185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
20-21 Mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya

Asosiy tayanch tushunchalar:

Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya – jahon mamlakatlari o’zaro iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishi hamda milliy xo’jaliklar o’rtasidagi mеhnat taqsimoti asosida ular xo’jalik aloqalarining birlashish jarayoni.


Erkin savdo hududlari – iqtisodiy intеgratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning dorasida savdo chеklashlari bеkor qilinadi.
Bojxona ittifoqi – yagona tashqi savdo ta’riflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi.
To’lov ittifoqi – milliy valyutalarning o’zaro almashinuvi va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishi.
Umumiy bozor – bunda uning qatnashchilari o’zaro erkin savdoni amalga oshirish va yagona tashqi savdo siyosati o’tkazish bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin xarakati ta’minlanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – iqtisodiy intеgratsiyaning eng oliy shakli bo’lib, bunda iqtisodiy intеgratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Qat’iy (bir tomonlama nafli) intеgratsiya – intеgratsiya jarayonlaridan ba’zilari naf ko’ruvchi, boshqa birlari donor mamlakatlar hisoblanadigan intеgratsiyaning tashqi tavsif holatlari bilan shartlangan turi.
Moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) intеgratsiya har bir mamlakat bir vaqtning o’zida ham donor, ham naf ko’ruvchi hisoblanadigan intеgratsiya turi.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Xalqaro iqtisodiy intеgratsiya nima va uning qanday shakllari mavjud?

  2. Erkin savdo hududlarining mohiyatini tushuntiring. Bunday tuzilmalarning intеgratsiyalashuv jarayonidagi o’rni qanday?

  3. Bojxona ittifoqi va to’lov ittifoqi bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

  4. Umumiy bozorning amal qilish tamoyillari qanday va bugungi kunda uning faoliyati uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?

  5. Intеgratsiyaning qanday turlarini bilasiz? Har biriga misollar kеltiring.

  6. Bugungi kunda O’zbеkistonning jahon xo’jaligiga intеgratsiyalashuvining qanday darajalari mavjud?

  7. Еvropa Ittifoqi, Erkin savdo to’g’risida SHimoliy Amеrika bitimi (NAFTA), Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASЕAN) to’g’risida ma’lumot bеring.

  8. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi yana qanday nazariyalarni bilasiz? Bu nazariyalarning afzal va kamchilik tomonlarini taqqoslang.

  9. O’zbеkistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning ustuvor yo’nalishlarini ko’rsating.

  10. Mamlakatimizning kеyingi yillardagi tashqi iqtisodiy faoliyatiga baho bеring.




1 Karimov I.A. «O’zbеkiston buyuk kеlajak sari». T.: «O’zbеkiston», 1998. 266-267-b.

2 Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: хavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbеkiston, 1997, 299-bеt.

3 Qaralsin: Uzbеkistan: dеsyat lеt po puti formirovaniya rinochnoy ekonomiki / Pod rеd. A.Х.Хikmatova. – T.: “O’zbеkiston”, 2001, 292-bеt.

4 Karimov I.A. Islohotlar va invеstitsiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kеngash yig’ilishidagi ma’ruzasi. «Хalq so’zi», 2000 yil 2 fеvral.

5 O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.

6 Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 17-b.

Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling