Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi


Download 20.81 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi20.81 Kb.
#1324793
  1   2
Bog'liq
migratsiya.


Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi, ya’ni mehnatga layoqatli aholini ish qidirib bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatlarga kо‘chib yurishi tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Insoniyat tarixida odamlarning katta-katta guruhlarini u yoki bu mamlakatga kо‘chishlari bilan bog‘liq voqea-hodisalarga boy - g‘arbiy Yevropa mamlaktlari tomonidan Shimoliy Amerikaning о‘zlashtirilishi, Britaniya orollaridan chiqqanlarning Avstraliya qit’asini egallashlari, Xitoydan Janubiy Osiyo mamlakatlariga ommaviy kо‘chishlar, Shimoliy va Janubiy Amerikaga Afrikadan qora tanli qullarni tashib keltirishi bir qator hozirig rivojlangan davlatlarning vujudga kelishi va yuksalishiga sabab bо‘lgan (AQSH, Kanada, Avstraliya, yangi sanoatlashgan mamlakatlar) jahon iqtisodiyoti rivojlanishining barcha bosqichlarida ishchi kuchi migratsiyasi jarayoni yuz berib keldi. Ayniqsa ikkinchi jahon urushidan sо‘ng yanada kuchaydi.
Hozirgi paytda statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda har bir о‘n oiladan biri kо‘chib yuradi, ulardan tashqari 3g‘4 qismi ishchi kuchi migratsiyasiga tо‘g‘ri keladi. Dunyo bо‘yicha bunday ishchi kuchlarning umumiy soni 25 mln. kishiga yaqin.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hozirgi darajasi jamiyatning ijtmioiy-iqtisodiy munosabatlarida ishchi kuchining о‘rni va ahamiyati tubdan о‘zgartirib yubordi, davlatlararo aloqalar madaniyatini sifat jihatidan yangi pog‘onaga kо‘tardi.
Xalqaro mehnat bozori bu ishchi kuchi iste’molchialari va ularni yetkazib beruvchilar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi.
Ma’lumki, jahon mehnat bozoridagi vaziyat boshqa barcha bozorlar kabi talab va taklif asosida aniqlanadi hamda bir qator kishilar bilan belgilanadi. Bu omillar shartli ravishda iqtisodiy, demografik, siyosiy omillarga bо‘linib, ular о‘zaro bog‘langan. Bular orasida iqtisodiy omillar sanaladi, chunki qolgan barcha omillar pirovardida iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Chunonchi mamlakatdagi ishchi о‘rinlariga nisbatan aholining tez sur’atlar bilan о‘sishi.
Iqtisodiy omillar deganda har bir davlat iqtsiodiy tushunchasi mustahkamligi uning о‘sish darajasi va rivojlanish kо‘lami tushuniladi. Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar mehnat sharoitlari va ish haqi о‘rtasida yuzaga kelgan sezilarli farq ishchi kuchlarini mamlakatlararo kо‘chib yurishiga sabab bо‘luvchi muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Masalan, AQSH va Meksikadagi daromadlarning taxminan bir-biridan farq qilishi meksikalik ishchilarni AQShga ish qidirib kо‘chib о‘tishlarini asosiy sababi bо‘lib hisoblanadi. 80-yillarning boshida Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan yangi milliy mahsulot hajmi jamiyatga a’zo bо‘lmagan mamlakatlarnikidan 4,7 marta ortiq bо‘lgan. Shunday qilib Yer yuzida boy va rivojlanmagan malakatlarning mavjudligi xalqaro mehnat bozori amal qilishi belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. 
Jahon mehnat bozorining ahvoli u yoki bu davlatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining о‘zgarishiga bog‘liq bо‘ladi. Jumladan, bunday bog‘liqlikni davriy pasayishlar va kо‘tarilishlar paytida jahon bozorida ishchi kuchiga bо‘lgan talab va takliflar bevosita aks etadi hamda mamlakat qanchalik yirik bо‘lsa uning ta’siri ham shunday kuchli bо‘ladi. Mas alan, 1991-1992 yillarda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davriy pasayish rо‘y berdi. Buning natijasida 1992 yilning о‘rtalariga kelib rasmiy rо‘yxatdan о‘tgan ishsizlar soni 30 mln. oshib ketdi. Ishsizlik darajasi 1974 yildan 5,2% dan 6,0% kо‘tarildi. Shu bilan birga bunday holat о‘z navbatida rivojlangan mamlakatlarda xorijiy ishchi kuchiga bо‘lgan talabning pasayishiga olib keldi. Aholining о‘sish sur’ati aholi sonining kо‘payishi yoki qisqarishi bilan bog‘liq bо‘lgan omillar demografik omillar bо‘lib sanaladi.
Jumladan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida aholining yuqori darajalarda о‘sishi bu mamlakatlarning shunday ham og‘ir iqtisodiy ahvolni yanada murakkablashtirib, tashqi migratsiyaga shart-sharoit yaratadi hamda ularni jahon bozoriga ishchi kuchi yetkazib beruvchi davlatlarga aylantiradi. Boshqacha aytganda, bu davlatlar ishchi kuchining asosiy iste’molchisi bо‘lib iqtisodiy о‘sish sur’ati aholining о‘sish sur’atidan yuqori bо‘lgan mamlakatlar hisoblanadi
Aholishunos mutaxassislarning taxminlariga ko’ra, asrimizning so’nggi yillarida vujudga kelgan Yer yuzi aholisining o’sish tendensiyasi XXI asrning boshlarida ham saqlanib qoladi. Jahon aholisi 2025 yilgacha 3,26 mlrd. kishiga ko’payishi kutilmoqda. Bu asosan «uchinchi dunyo» mamlakatlarining Yevropa mamlakatlariga va AQSH «demografiya tazyiqi» 2000 yillarning o’rtalarigacha saqlanib qolishi mumkin.
Ayrim mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning barqaror emasligi ularning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir etib, mamlakat ishchi kuchini chekka oqimi keskin kuchaytiradi. Masalan, siyosiy omillar sotsialistik mamlakatlarda rо‘y bergan keng kо‘lamli aholi migratsiyasi 90-yillarning boshlarigacha kо‘rilgan qattiq chora-tadbirlar natijasida tо‘xtatib turilgan bо‘lsa, islohotlarning boshlanishi va barcha ma’muriy tо‘siqlar olib tashlanishi bilan muxojirlar oqimi keskin ortdi, oqibatda, jarayon jahon mehnat bozoridagi vaziyatga ayniqsa uning Yevropa qismiga sezilarli ta’sir kо‘rsatdi. Dastlab, Yugoslaviya, sо‘ngra Vengriya, Polsha yirik miqdorda ishchi kuchini eksport qiluvchi davlatlarga aylandilar. Keyingi paytda bu mamlakatlarga sobiq ittifoq respubliklari ham kirdilar. Mutaxassislarning taxminlariga kо‘ra yaqin yillar ichida Sobiq ittifoqdan 250 mingga yaqin kishi g‘arb mutaxassislarining hisoblari bо‘yicha esa 500. 000 ga yaqin kishi mamlakatlariga ya’ni Yevropaga ishlash va yashash uchun kо‘chib ketishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy demografik va siyosiy omillarning umum ta’siri jahon mehnat bozoridagi ahvoli uning miqyosini tarkibini va rivojlanish sur’atlarin belgilab beradi.
Hozirgi zamon xalqaro iqtisodiy munosabatlarining muhim shakli hisoblangan ishchi kuchi migratsiyasi uzoq yillar davomida iqtisodiy tadqiqotlar obyekti bо‘lib kelmoqda. Ishchi kuchini chetdan olib keluvchilar uchun ham uni chetga chiqaruvchilar uchun ham tashqi mehnat migratsiyasining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlili ostida ishchi kuchi harakatining iqtisodiy samaradorligini aniqlashga mо‘ljallangan qator iqtisodiy nazariyalar ishlab chiqilgan. Ularning ichida kо‘proq ma’lum bо‘lgan ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining «balans» va «assimetriya» nazariyalari bо‘lib ularning har biri ishchi kuchini bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kо‘chib yurishini tushuntiradi.
«Balans» yoki neoklassik nazariya migratsiyasini tor ma’noda ya’ni asosan mehnatga haq tо‘lash ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik ishlab chiqarish hajmining о‘sishi nuqtai nazardan kо‘rib chiqadi yoki ishchi kuchi migratsiyasini tovarlar kapital oqimi singari ya’ni bir ishlab chiqarish omilining harakti sifatida tushuntiradi. Ushbu nazariyaga binoan migratsiya mehnat unumdorligi va ish haqi darajasi о‘rtasidagi tavofutlar kо‘payib borishini bilan о‘sib boradi. Ish haqi darajasi ishchi kuchini jо‘natuvchi mamlakatlarda kо‘tarila borsa va aksinchaularni qabul qiluvchi mamlakatlarda pasayib borsa yoki ishchi kuchi bahosi turli mamlakatlarda tenglashib borsa mavjud mehnat resurslarini kо‘chib yurishiga zarurat qolmaydi. Ammo bu nazariya hozirgi paytda turli davlatlarning amaldagi notekis rivojlanishini nazarda tutib tashqi mehnat migratsiyasini ishchi kuchini eksport qiluvchi ham uni eksport qiluvchilar ham qolaversa butun jahon xо‘jaligi uchun ham ijobiy oqibatlarga ega deb e’tirof etiladi.
Tashqi mehnat migratsiyasidan ishchi kuchi eksport qiluvchi yoki jо‘natuvchi mamlakatlarning oladigan foydasi shundan iboratki, uning yordamida mamlakat aholisini yetarli darajada ish bilan band bо‘lmaganligini tufayli vujudga keladigan iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlardan kutiladi hamda xorijda ishlayotganlarning yuborayotgan pul jо‘natmalariga qaytib kelayotgan ishchilarning kasb va tip kо‘nikmalariga ega bо‘ladilar.
Dunyoning kо‘pchilik mamlakatlari, xususan Misr, Pokiston, Turkiya, Yugoslaviya, Salvador, Nikaragua va boshqa mamlakatlar uchun ishchi kuchlarini chetga chiqarishdan olinadigan daromad eksport tushumlarining muhim manbai  hisoblanadi. Masalan, 1978-1988 yillar mobaynida turkiyalik xorijda ishlovchilarning yillik jо‘natmalarining hajmi 893-2490 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan yoki Turkiya tashqi savdo balansi taqchiligining 45-100% ini qoplagan. Agarda 1989 yilda Turkiya, Portugaliya, Marokashda xorijda ishlovchilarning pul jо‘natmalari miqdori shu mamlakatlar eksporti hajmining 25-40%ini tashkil etgan bо‘lsa bu kо‘rsatkich Misrda 90%, Pokistonda 80% dan kо‘proqni tashkil etdi. Nikaragua va Salvadorda esa pul jо‘natmalari miqdori ularning eksport tushunchalaridan ham oshib ketgan.
Ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasidan oladigan foydasi shundan iboratki, xorijda arzon ishchi kuchi jalb qilish mamlakat ichkarisida ish haqi о‘sib borishining oldini oladi va natijada inflyatsiya xavfi bartaraf etiladi. Umumjahon xо‘jaligi uchun mehnat resurslarini erkin kо‘chib yurishi iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirish imkoniyatini beradi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga kо‘ra, jahon yalpi milliy mahsuloti hajmining shu jarayon hisobiga 15-16 trln. AQSH dollarigacha kо‘paytirish mumkin.
Shu bilan birga ishchi kuchi tashqi migratsiyasining «balans» nazariyasi real hayotning aksariyat jihatlarini chunonchi immigratsiyani aholining yosh tarkibiga, umumiy farovonligining о‘sishiga, uy-joy sharoitiga, jamoat tartibining barqarorligiga, jamiyat madaniy-diniy bir xilligini buzilishiga va boshqalarga bо‘lgan ta’sirini hisobga olmaydi. Aksincha, assimetriya nazariyasi ishchi kuchi migratsiyasi natijasida yuzaga keladigan turli xil oqibatlarni baholashga kengroq yondashadi va bunda uning ustunliklari sezilarli darajada kamaytiriladi. Ba’zida ustunlik holati butunlay yuz bermaydi.
Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar bu jarayonda aholisining ayni mehnatga yaroqli (24-40 yosh) qismini yо‘qotadi. Ularning pul jо‘natmalari aksariyat hollarda investitsiyalar shaklida emas, balki kundalik iste’mol uchun ishlatiladi. Natijada chet ellarda ishlayotganlarning daromadlaridan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun foydalanish imkoni bо‘lmaydi. Undan tashqari ishchi kuchining eksport qiluvchi mamlakatlar uchun bu jarayon intellektual yо‘qotishlar bilan ham bog‘liq. Jumladan, xorijiy ekspertlarning hisob-kitobiga kо‘ra yuqori malakali mutaxassislarning Sobiq ittifoqdosh emmigratsiyasi natijasidagi yо‘qotishlar yiliga 60-70 mln. AQSH dollari atrofida baholanmoqda. Bu nazariya tarafdorlarining ta’kidlashlaricha, ishchi kuchi migratsiyasi tufayli rivojlangan mamlakatlar bilan «uchinchi dunyo» mamlakatlari о‘rtasida iqtisodiy rivojlanishdagi farq kamaymaydi. Shunday qilib, jahon migratsiyasi jarayoniga turli xil yondashishlar va baholash mezonlari mavjud bо‘lib ular alohida mamlakatlar davlat siyosatini ishlab chiqishida hisobga olishadi. Shu bilan birga iqtisodiy nazariyalar ishchi kuchini mamlakatlararo kо‘chib yurishini obyektiv zarurligini va kо‘payish qonuniyatlarini inkor etmaydi.
Ishchi kuchini xalqaro migratsiyasi sо‘nggi yillarda kuchaya borib dunyo bо‘ylab keng yoyilmoqda hamda jahon xо‘jaligi taraqqiyotiga mehnat resurslari bilan ayriboshlashga faol tortilgan mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy demografik, siyosiy va madaniy-diniy vaziyatiga sezilarli ta’sir kо‘rsatib kelishmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1990 yilda g‘arbiy Yevropa mamlakatlarida 15,2 mln. ga yaqin chet ellik istiqomat qilgan. Shu jumladan Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida 13,4 mln. kishi yoki tub aholining 5%i Yevropaning ayrim mamlakatlarida ularning salmog‘i yanada yuqori xususan, Shvetsiyada 16,5%, Belgiyada 91%, Germaniyada 8,4% mutaxassilar ulushi 10% ga yetadi.
О‘z navbatida Yevropa mamlakatlaridan ham har yili millionlab odamlar yaxshi hayot qidirib turli davlatlarga kо‘chib borishadi. Masalan, xorijiy ishchilar soni AQShda 5,65 mln., Lotin Amerikada 3,5-4 mln., Yaqin sharq va Shimoliy Amerika mamlakatlarida 2,8 mln, g‘arbiy Afrikada 1,3 mln kishini tashkil qiladi. Hozirgi paytda migratsiya oqimining geografik yо‘nalishlari bо‘yicha ishchi kuchi jahon bozorining tо‘rtta yirik markazi shakllangan.

Download 20.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling