Xalqaro konferensiya
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
OʻZBEKISTON VA XALQARO TASHKILOTLAR Xalqaro konferensiya va xalqaro tashkilotlar Xalqaro konferensiya — vakolatli davlat vakillarining xalqaro mikyosdagi muammolarni yechish maqsadida chakirilgan anjumanidir. Xalqaro konferensiyalar asosan hukumatlararo xususiyatga ega bo‘ladi. Hukumatlararo xalqaro konferensiya ko‘p tomonlama diplomatiyaning muhim shakli va xalqaro mo‘zokaralar vositasidir. Zamonaviy xalqaro konferensiya ishtirokchi mustaqil davlatlarning kelishilgan maqsadlarning amalga oshirilishi uchun tashkil etilgan jamoa organidir. Har qanday xalqaro konferensiyaning maqsad va vazifalari xalqaro huquqning umum e’tirof qilingan tamoyillariga mos tushishi lozim. Xalqaro konferensiyalarning qanday nomlanishi (sezd, kongress, konferensiya, yigilish) yuridik ma’noga ega emas. Q atnashchilarning doirasiga ko‘ra hukumatlararo konferensiyalar umumiy (har qanday davlat ishtirok etishi mumkin) va mintaqaviy bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina konferensiyalarga, ayniksa BMT tomonidan chakirilgan konferensiyalarga qiziqishlari mavjud davlat va nodavlat tashkilotlari va konferensiyada ishtirok etmayetgan davlatlarning vakillari ko‘zatuvchilar sifatida taklif etiladilar.z Muxokamaga qo‘yiladigan masalalarning muhimligi, muxokamaga tayyorligi darajasi bilan belgilanuvchi konferensiyaning utkazilish darajasiga ko‘ra xalqaro konferensiyaga yuboriluvchi delegatsiyaning raxbari davlat yoki hukumat boshligi, tashqi ishlar vaziri yoki boshqa rasmiy kishilar bo‘lishi mumkin. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling