Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni hal qilish yо‘llari Reja: Kirish


Download 100.49 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi100.49 Kb.
#1499424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
курс иши Nurboboyev Alisher

Davlat tomonidan kafolatlangan qarz mamlakatdagi biror davlat tashkiloti tomonidan xususiy sektorning tashqi qarz majburiyatlari to’lovining kafolatlanishi.

  • Kafolatlanmagan xususiy qarz xususiy sektorning davlat tashkiloti tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz majburiyatlari.

    Davlat qarzining darajasi, ya’ni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yig’indisini davlat budjeti summasiga nisbati bilan o’lchanadi, ya’ni to’lov majburiyati budjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzining haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni to’lash uchun zarur pul budjetda soliqlarni oshirish orqali to’planadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning ko’payib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham to’g’ri keladi. Vaqtida to’lanmagan tashqi qarzga qo’shimcha foiz to’lanadi, undiriladigan foiz qarzga qo’shilib, uning miqdori yanada oshadi.
    Davlat qarz olganda olingan summani soliqlar bilan qoplashga beparvolik bilan qaraydi, ammo keyin qarzga xizmat ko’rsatish uchun soliqlarni oshiradi. Qarzlar - bu aslida kechiktirilgan soliqlardir. Soliq yoki qarzdan birini tanlash - bu aslida soliqlarni undirish vaqtini tanlash hisoblanadi. Hatto defoltni ham nominal qarz egalariga solingan soliq deb hisoblamoq kerak (agar qarz inflatsiya darajasida indeksatsiyalangan bo’lsa, uni soliq deb bo’lmaydi).
    Soliqlar investitsiyalar, ishlab chiqarish, mehnat va iste’molga rag’batlarni buzadi. Natijada, faoliyatning ko’pgina turlari jamiyat xohlaganidek darajada rivoj topmaydi. Bundan tashqari, soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlash yuqori stavkalarda past stavkalarga qaraganda ko’proq uchraydi, demak resurslar ham ko’proq yo’qotiladi. Stavkalar ko’tarilishi bilan soliqlarning yig’iluvchanligi pasayadi. Bularning barchasi soliqqa tortishning buzuvchilik (izdan chiqaruvchi) samarasi (hodisasi) deb nomlanadi. 98% soliqlar buzuvchilik xossasiga ega. Buzuvchilik oqibatlari ortiqcha soliq yukiga aylanadi. “Soliqlar yuzaga keltiradigan iqtisodiy samaradorlikning pasayishi soliqqa tortishning o’lik yuki yoki ortiqcha soliq yuki sifatida ma’lum, - deb yozadi Alan Auerbax va Jeyms Xans, - soliqqa tortishdan daromadlar o’sishi bilan soliq to’lovchi va jamiyat iqtisodiy qarorlarni izdan chiqaradigan, buzadigan qo’shimcha zarar (talafot)lar ko’radi... Davlatga daromad olish va adolatli soliq yukini bir maromda saqlab turish zarurati yuzaga keltiradigan cheklovlar sharoitida soliqdan keladigan zararni minimumga keltiradigan soliq tizimi optimal hisoblanadi”20. Qarzga xizmat ko’rsatish uchun talab etiladigan soliqlar iqtisodiyotga yuk bo’lib tushadi. Qarz ichki bo’lgan hollarda “o’zimizga o’zimiz qarz berishimiz lozim”, bu soliqlar shunchaki ichki transfertlar hisoblanadi. Ammo ularning ham, boshqa soliqlar kabi ortiqcha yuki bor. Qarz qanchalik katta bo’lsa, soliqqa tortishning o’lik yuki shu qadar og’irroq bo’ladi. Bu yuk vaqti kelib shu qadar og’ir bo’lishi mumkinki, kishilarda xo’jalik faoliyatiga rag’batlar bo’lmaganidan iqtisodiyot to’xtab qolishi mumkin. Xuddi shunga o’xshash narsa, masalan, Evropada yuz bergan. Evropada urushgacha va urush yillaridagi qarzlar Ikkinchi jahon urushidan keyin tezda davlat moliyasining suveren defolti va holdan ketishiga olib keldi.
    Shunday qilib, qarz yuki to’g’risidagi munozarani quyidagi xulosalar bilan yakunlashimiz mumkin:

    • qarz soliqqa tortishning o’lik yuki ko’rinishida iqtisodiyot zimmasida turadi;

    • davlat qarzi xususiy qarzdan yashirin ortiqcha soliq yukining bo’lishi bilan farq qiladi;

    • iqtisodiyotga ko’rsatadigan ta’siriga ko’ra ichki qarz va tashqi qarz bir xil. Har ikkala qarz turida ortiqcha soliq yuki bor va shu sababli ular milliy boylikni qisqartiradi - ichki qarz kamroq (“o’zimizdan o’zimiz qarzmiz”), tashqi qarz ko’proq (“biz chet elliklarga to’lashimiz lozim”).





    1. Download 100.49 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling