Xalqaro kreditlar bо‘yicha qarzdorlik muammosi va uni hal qilish yо‘llari Reja: Kirish
Download 100.49 Kb.
|
курс иши Nurboboyev Alisher
Mazkur qarz mablag’lari mamlakatimizdagi davlat korxonalari tomonidan yuqori rentabelli va eksportga yo’naltirilgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki va Xitoy Eksport- Import Bankidan jalb etilgan bo’lib, Hukumatning to’g’ridan-to’g’ri majburiyati hisoblanmaydi. Xitoy Xalq Respublikasi oldidagi qarzdorlik bo’yicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag’lar hisobidan so’ndiriladi. Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag’larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlaridan jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 10,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat (30 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan. Xususan, davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5 mlrd. dollar), Jahon banki (3,7 mlrd. dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, davlat tashqi qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlash, uni diversifikatsiyalash va xatarlarni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan hamkorlikda 2020-2022 yillar uchun O’zbekiston Respublikasining davlat qarzini boshqarish strategiyasi ishlab chiqildi. Suveren xalqaro obligatsiyalari.2019 yilning 13 fevralida umumiy hajmi 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida 5 va 10 yil muddatlarda respublikaning ilk suveren xalqaro obligatsiyalari London qimmatbaho qog’ozlari bozorida (London Stock Exchange) muvaffaqiyatli joylashtirildi. 2020 yilning 19 noyabr kuni Moliya vazirligi tomonidan umumiy xajmi 750 mln. dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar ikki transhda – 10 yillik muddat bilan 555 mln. dollar dollarda va 3 yillik muddat bilan ilk bora milliy valyutamiz - o’zbek so’mida 2 trln. so’m miqdorida London qimmatbaho qog’ozlari bozorida (London Stock Exchange) muvaffaqiyatli joylashtirildi. Bunda, shaffof bozor mexanizmlari asosida 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalarimiz bo’yicha foiz stavkalarining 4,750% va 5,375% darajasida benchmark belgilanishi hamda mazkur obligatsiyalarni xarid qilish talabining 8,7 milliard AQSh dollarigacha etishi xalqaro investorlar tomonidan respublika istiqboliga bo’lgan ishonchini o’zida aks ettiradi. 3 yillik milliy valyutadagi va 10 yillik dollardagi suveren xalqaro obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkalarning mos ravishda 14,50% (dastlabki foiz stavkadan 0,75% past) va 3,70% (dastlabki foiz stavkadan 0,55% past) darajasida belgilanishi hamda mazkur obligatsiyalarni xarid qilish talabining mos ravishda 5 trln.so’m va 3,8 mlrd. dollargacha etishi xorijiy investorlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi bilan bog’liq xatarlarning mo’’tadil darajada baholanishini va respublika istiqboliga bo’lgan ishonchni oshib borayotganligini ko’rsatadi. Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda etarli darajada fiskal zaxiralar mavjudligi va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanayotgan bir vaqtda suveren xalqaro obligatsiyalarini chiqarishda qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj yoki byudjet defitsitini qoplash emas, balki quyidagi strategik maqsadlar belgilangan: Xususan: maktablar qurish va rekonstruktsiya qilish; sog’liqni saqlash muassasalarini qurish va rekonstruktsiya qilish; mamlakat bo’ylab ichimlik suvi, oqava suv quvurlari va inshootlarni qurish va rekonstruktsiya qilish; mamlakat bo’ylab umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash; og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va oilalarga hamda nogironligi bor ayollarga moddiy yordam ko’rsatish; xususiy va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ayollarga imtiyozli kreditlar berish; onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash bo’yicha vazifalarni amalga oshirishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash; og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar uchun turar-joy sotib olishning boshlang’ich badallarini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplash; ishsizlik nafaqasi uchun to’lovlarni moliyalashtirish. Suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirilishi mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini xalqaro investorlarga batafsil namoyish etib, xorijiy investorlar uchun respublikamizga investitsiya kiritishda suveren riskini to’g’ri baholash uchun imkoniyat yaratdi. O’zbekiston Respublikasining 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari bo’yicha yillik foiz to’lovlari mos ravishda 4,75% va 5,375% darajasida belgilanishi xalqaro investorlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi bilan bog’liq xatarlarning mo’’tadil daraja baholanishini ko’rsatmoqda. Obligatsiyalar chiqarilishidan oldin, ko’plab xorijiy investorlar 10 yillik O’zbekiston suveren riski uchun to’lovni 6-8% dan ortiq baholaganlar. Suveren xalqaro obligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi O’zbekiston uchun bozorda “benchmark” yaratib, yirik davlat korxonalari va banklari uchun jahon moliya bozorlarida o’z obligatsiyalarini joylashtirish va investitsiya loyihalarini mustaqil ravishda moliyalashtirishga o’tkazish uchun zarur zamin tayyorladi. Joriy yilning noyabr oyida O’zbekiston Sanoat-qurilish bankining o’z xalqaro obligatsiyalarini London qimmatbaho qog’ozlari bozorida muvafaqqiyatli joylashtirganligi belgilangan maqsadlarga erishilganligi hamda mamlakatimizning yirik bank va korxonalari uchun jahon moliya bozorlariga yo’l ochilganligini ko’rsatadi. Suveren xalqaro obligatsiyalarini xarid qilgan xalqaro investorlar tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borishlari tufayli mamlakatimizda iqtisodiy boshqaruv sohasida islohotlar samarasi uchun zarur bo’lgan shaffoflik va prudentsial yondashuvning izchil amalga oshirilishi ta’minlanadi. Boshqacha qilib aytganda, suveren xalqaro obligatsiyalarining ikkilamchi bozordagi kotirovkasi barqaror iqtisodiy siyosat yuritish barometri bo’lib xizmat qiladi. Xususan, 2019 yilning fevral-sentyabr oylarida xalqaro moliya bozorlarida suveren xalqaro obligatsiyalarining narxlari o’z nominal qiymatidan sezilarli darajada oshishi va mos ravishda daromadligining pasayishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar borasidagi xalqaro investorlarning ijobiy kutilmalaridan dalolat beradi. Joriy yilning fevral oyigacha, O’zbekistonga jalb etilgan kreditlarning asosiy qismi xalqaro moliya institutlari va boshqa rasmiy tashkilotlar zimmasiga to’g’ri kelgan. Bunday kreditlarning hajmi, ishlatish yo’nalishlari va muddati cheklangan bo’lib, ko’p hollarda davlatga qo’shimcha shart va majburiyatlar yuklanadi. Suveren xalqaro obligatsiyalarni esa yuzlab investorlar qo’shimcha shart va majburiyatlar qo’ymay sotib oldilar. Ushbu investorlar xususiy sektor vakillari hisoblanib, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish O’zbekiston uchun investitsiya manbalarini diversifikatsiya qilishga xizmat qildi. Iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida kuzatilayotgan qurilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish va eksport hajmini oshirish bilan bog’liq yuqori investitsion faollik iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlarga bo’lgan ehtiyojni inobatga olib, tijorat banklari uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar taqdim etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi PQ–4258-sonli qaroriga ko’ra: suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag’larning 889,2 mln. AQSh dollari tijorat banklari orasida auktsion o’tkazish orqali depozitga joylashtirish; “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankiga 20 mln. AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish uchun subordinar qarz shaklidagi kredit liniyasini ochish; “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarini moliyalashtirish uchun 89,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi ssuda ajratilishi belgilandi. Ta’kidlash joizki, suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag’larning asosiy qismi tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishi davlat tashqi qarziga xizmat ko’rsatish uchun davlat byudjeti xarajatlarini oshirmaydi. Milliy valyutadagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag’lar mazkur rivojlanish loyihalariga erishish bo’yicha 2021 yilda amalga oshiriladigan loyihalarga sarflanishi bo’yicha xalqaro investorlar oldida majburiyat olingan. Mazkur loyihalarni to’liq hajmda amalga oshirish va bu bo’yicha Moliya vazirligining veb-saytida muntazam ma’lumot berib borish majburiyati emissiya risolasida (“Drawdown Prospectus”) belgilangan. “JP Morgan Development Finance Institution” (“JP Morgan DFI") tuzilmasi 2020 yil 19 noyabrda chiqarilgan O’zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi ilk xalqaro obligatsiyalari tranzaktsiyasiga “taraqqiyot moliyasi” maqomini (“Development Finance Qualification”) berdi va tranzaktsiyaning taraqqiyotga bo’lgan ta’sirini “yuqori darajada” baholandi. Qayd etish joizki, “JP Morgan DFI” tuzilmasi tomonidan xalqaro obligatsiyalardan tushgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladigan rivojlanish loyihalarining natijalari bo’yicha yillik hisobot e’lon qilinishi dunyo miqyosida birinchi amaliyot hisoblanadi va bu boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, rivojlanish loyihalarining amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish bo’yicha Moliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi o’rtasida “O’zaro anglashuv memorandumi” imzolanishi rejalashtirilgan. Qayd etish joizki, 10 yillik dollardagi suveren xalqaro obligatsiyalarimizning dastlabki 4,25%dan 3,70%ga tushgani 2019 yilda emissiya qilingan obligatsiyalarimizning ikkilamchi bozordagi kotirovkalariga ijobiy ta’sir ko’rsatib, O’zbekiston Respublikasining 5 yillik (hozirda 3 yillik) va 10 yillik (hozirda 8 yillik) suveren xalqaro obligatsiyalarining daromadliligi sezilarli darajada tushishiga sabab bo’ldi. Shuningdek, suveren xalqaro obligatsiyalarining milliy valyutada chiqarilgani valyuta xatarlarini kamaytirib, xorijiy investorlarning davlat qimmatli qog’ozlariga qiziqishini orttiradi va davlat qimmatli qog’ozlari bozorining rivojlanishiga hissa qo’shadi. Xususan, 2020 yilning 31 dekabr holatiga suveren xalqaro obligatsiyalarining daromadliligi quyida keltirilgan: 10 yillik (hozirda 8 yillik) – 3,08%; 5 yillik (hozirda 3 yillik) – 1,82%; 10 yillik – 3,08%; 3 yillik (milliy valyutada) – 14,05%. Shu bilan birga, suveren xalqaro obligatsiyalarining ilk bora milliy valyutada muvaffaqiyatli joylashtirilishi so’mning xalqaro moliya bozorlarida o’z qiymatiga ega bo’lishiga va mamlakatimiz yirik davlat korxonalari va banklarining jahon moliya bozorlarida o’z obligatsiyalarini milliy valyutada joylashtirishlari uchun “benchmark” yaratilishiga zarur zamin yaratadi. 3-jadval Davlat tashqi qarzi dinamikasi prognozi 6 Download 100.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling