Xalqaro lizing operatsiyalari


LIZINGGA IXTISOSLASHGAN XALQARO KOMPANIYALAR


Download 370.46 Kb.
bet9/14
Sana03.12.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1801297
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro lizing operasiyalaridan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari va yo‘nalishlari

2.2. LIZINGGA IXTISOSLASHGAN XALQARO KOMPANIYALAR
Jahonda bir necha mingdan ortiq xalqaro miqyosda ishlovchi lizing kompaniyalari va firmalari mavjud. Mazkur lizing kompaniyalari va flrmalarining faoliyati lizing operatsiyalarining ixtisoslashuvi, hajmi, potentsiali, hududiy joylanishiga va boshqa shu kabi bir qator omillarga bog’liqdir.
Quyidagi 9-sonli jadvalda Yevropadagi lizing kompaniyalarining faoliyati chegarasi va ularning miqdori, hajmi bo’yicha ba'zi bir ma'lumotlarni tahlil qilishga harakat kilamiz.
Shuni alohida ta'kidlab o’tish joizki, respublikamiz iqtisodiyotiga nafaqat Yevropa, balki jahonning yirik lizing kompaniyalarini ham jalb etish muhim va ahamiyatlidir. O’zbekiston Respublikasida lizing kompaniyalari (jadvallarda keltirilgan ma'lumotlar) orqali xalqaro lizing operatsiyalari bilan bog’liq loyihalar amalga oshirilishga imkoniyat yaratiladi. Bu ma'lumotlar har bir lizing loyihalari amalga oshirilishi uchun yordam beradi. Shuningdek, bu ma'lumotlar lizing kompaniyalarining rasmiy hisoblanmaydigan reytingini ko’rsatishi bilan ahamiyatlidir. O’z navbatida, sheriklar bilan oldindan tanishish imkoni berilishi maqsadga muvofiqdir.


9-jadval
Yevropa lizing kompaniyalari

MAMLAKATLAR

Kompaniyalarning soni, faollyat yuritadigan soha doirasi

faqatgina asbob-uskunalar lizingi bilan

kuchmas mulk lizingi bilan

asbob-uskunalar va kuchmas mulk lizingi bilan

1. AVSTRIYA

12

1

21

2. BELGIYA

0

0

54

3. BOLGARIYA

0

0

14

4. BUYUK BRITANIYA

68

0

16

5. VENGRIYA

9

0

4

6. GERMANIYA

87

4

9

7. GRETSIYA

7

0

0

8. DANIYA

17

0

7

9. IRLANDIYA

17

0

0

10. ISPANIYA

20

5

65

ll.ITALIYA

19

2

72

12. LYUKSEMBURG

5

5

5

13. MALTA

5

5

1

14. NIDERLANDIYA

20

1

3

15. NORVEGIYA

16

0

3

16. POLSHA

41

0

1

17. PORTUGALIYA

26

4

0

18. SLOVENTYA

11

0

1

19. FINLANDIYA

0

0

5

20. FRANTSIYA

113

158

7

21.CHEHIYA VA SLOVAKIYA

42

0

7

22. SHVETSIYA

30

0

0

23. SHVEYTSARIYA

7

3

2

JAMI:

572

178

285



Quyidagi 10-jadvalda jahonning xalqaro lizing operatsiyalari bilan shug’ullanuvchi eng yirik lizing kompaniyalari keltirilgan. Mazkur jadval ma'lumot-larida nafaqat lizing sharnomalarining umumiy summasi ko’rsatilgan, balki yil davomidagi ular tomonidan bajarilgan operatsiyalarining hajmi ham berilgan. Shu sababli, mazkur jadval ma'lumotlaridagi ro’yxatga ba'zi bir yirik lizing kompaniyalari to’g’risidagi ma'lumotlar kushilmay qolgan.
Masalan, «Japan Leasing Corporation)) kompaniyasining yil davomidagi lizing operatsiyalari hajmi 3,269 mlrd. AQSH dollari bo’lib, u jahonda 8-urinni egallaydi; «D'Accord Financial)) kompaniyasi 2,500 mlrd. AQSH dollari - 17-urin; «Nevvcourt Credit Corp» 2,468 mlrd. dollar - 18- o’rin; «Australian Guarantee Corp» 1,390 mlrd. dollar - 31-o`rinni egallaydi.
10-jadvalda yuqoridagi kompaniyalarning kiritilmagan-ligiga sabab - ular portfellarining umumiy summasi haqidagi ma'lumotlarning yukligidir.
Shunday qilib, jahonning eng yirik 30 ta lizing kompaniyalari portfelining jami hajmi 280,710 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi va yil davomidagi lizing operatsiyalarining umumiy summasi 103,656 mlrd. AQSH dollariga teng. Ya'ni, birinchi ko’rsatkichga nisbatan 2,6 marta kichikdir.
10-jadval ma'lumotlariga qarab xulosa qiladigan bo’lsak, jahonning eng yirik lizing kompaniyalari o’z faoliyatlari samarasini uch yil muddat ichida kamayishiga sababchi bo’lmoqda.
Yaponiya lizing kompaniyalari orasida yirikrog`i hisoblangan «Centery Leasing System, Inoming faoliyatini tahlil qilishga harakat kilamiz. «Centery Leasing System, Inoming 1993 yilgi hisobotlarining ma'lumotlariga qaraganda, bu lizing kompaniyasining operatsion daromadlari taxminan 3,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan.


1-jadval
Jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari (1994 y.)




LIZING KOMPANIYASINING NOMI

lizing shartlari portfelining um.hajmi, mln. doll.da

yil davomidagi lizing oper.ning hajmi, mln. doll.da

lizing portfelini hajmi bilan yil davomidagi oper.lari o’rtasidagi farq


2

3

4

5 = 3:4


GE Capital

41300

16800

2,5


Orix Corporation

24830

9662

2,6


Societe General

23928

5810

4,1


KG Allgemeine Leasing

21000

3150

6,7


Lombard North Central/ NatWest Group

16550

7061

2,3


Debis Financial

16199

4655

3,5


GMAC

13631

10363

1,3


Barclays Mercantile

12444

1709

7,3


Tokio Leasing Co

10421

3200

3,3


AT&T Capital

7661

4250

1,8


Diamond Lease Co

6419

2865

2,2


ING Lease

5982

2589

2,3


Century Leasing Sys, Inc.

5870

2733

2,1


IBM Credit Corp

5300

2800

1,9


Mercedes-Benz Credit

5300

1876

2,8


USL Capital

5300

2145

2,5


GEFA Leasing

5289

3148

1,7


ABN Amro Lease

4651

2221

2,1


Caterpillar Finansial

4511

2183

2,1


Volksvvagen Financial

4395

378

11,6


NWS Bank

4393

2173

2,0


Pitney Bovves Credit

4307

1218

3,5


Esanda Finance Corp

4213

2602

1,6


BNY Leasing Corp

4000

800

5,0


UCABAL

3960

965

4,1


VR Leasing

3927

1300

3,0


Abbey National

3889

567

6,9


Comdisco

3840

1582

2,4


CITgrup

3694

1040

3,6


Korea Dev. Leasing Corp.

3503

1807

1,9

Jami

280707

103652

-



Shu bilan birga, 1994 yilda bu kompaniyaning lizing operatsiyalari hajmi faqatgina 2,7 mlrd. dollarni, ya'ni birinchi qayd etilgan summaning 77 foizini tashkil etdi.
Yuqoridagi ma'lumotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, demak, lizing kompaniyasi daromadlarining bir qismi lizingga bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyatlardan tashkil topmoqda.
Jahonning yetakchi banklari lizing bilan bog’liq biznesga kizikishlari kattadir. Lizing operatsiyalari bilan shug’ullanish murakkab bo’lsada, juda samarali hisoblanadi. Lizing kompaniyalari bank guruhlari, xoldinglar doirasida tuziladi.
Shu bilan birga, bitta bankning o’zi bir necha lizingga ixtisoslashgan kompaniyalar ochish xollari ham ko’plab uchrab turadi.
Frantsiyaning «Societe Generale» banki 1968 yildan boshlab, jahonda keng tarmoqli «Sogelease» lizing guruhini tuzdi. Uning tarkibiga hozirgi vaqtda jahonning turli joylarida joylashgan 30 dan ortiq firmalar kiradi. Mazkur bankning shtab-kvartirasi Yevropada joylashgani sababli, «Sogelease» lizing guruhi kompaniyasini Yevropaning lizing-xolding kompaniyasi deb hisoblashadi. Umumiy hajmi bo’yicha bu kompaniya jahonda uchinchi o’rinda va lizing portfeli kattaligi bo’yicha Yevropada eng yirik kompaniyalardan hisoblanadi. Oxirgi 10 yil ichida lizing operatsiyalarining hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan 5,8 mlrd.gacha o’sdi, ya'ni taxminan to’rt barobar o’sishi kuzatildi.
«Sogelease» Germaniya, Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Ispaniya, AQSH, Italiya, Yaponiya va boshqa bir qator mamlakatlarda o’z bulimlariga ega. 1996 yilda kompaniya Avstriyada lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun o’zining shu'ba bulimini ochdi (firmaning ofisi Venaning eng e'tiborli rayonlaridan biri hisoblangan Shubertringda joylashgandir).
«Societe Generale» bankining tarkibiy tuzilmasida shu'ba lizing kompaniyalari faoliyati bilan maxsus shug’ullanadigan alohida ikkita departament mavjud.
«Sogelease» lizingining muddati asbob-uskunaning umriga qarab 3 yildan 18 yilgacha o’rnatiladi. Lizing to’lovlarining stavkasi bevosita - LIBOR stavkasi bilan bog’liqdir.
Lizing bo’yicha asbob-uskunalarni yetkazib berish asbob-uskunalarning to’rt guruhiga qarab amalga oshiriladi:

  • transport (kema, samolyot, konteyner va traylerlar);

  • neft (platforma, barja, sudna va zavodlar);

  • jamiyat ishlariga zarur bo’lgan shaxar binolari va kerakli asbob-uskunalar;

  • sanoat korxonalari va kompyuterlar uchun - yirik investitsiya loyihalari.

Jahonning eng yirik lizing kompaniyalari reytingida 13-14 o’rinlarni Yaponiyaning «Century Leasing System, Inc.» kompaniyasi egallagan. Bu lizing kompaniyasi 1969 yilda to’rtta yirik hissadorlar tomonidan tashkil etilgan. Ularga 81,1 foiz aktsiya to’g’ri kelgan:

  • jahondagi yetakchi va Yaponiyadagi yirik hisoblangan «Itochu Corporation)) savdo
    kompaniyasi - nizom kapitalga nisbatan 23,5 foiz;

  • Yaponiyaning «Dai-Ichi Kangyo Bank» nomli yirik banklaridan biri - 23,5 foiz;

  • hayotni sug’urtalash bo’yicha Yaponiyadagi ikki yirik kompaniyalar tomonidan: «Nippon Life Insurance Company)) - 23,5 foiz; «Asahi Mutual Life Insurance Company)) - 10,6 foiz.

Bulardan tashqari, hissadorlar safiga yana ikki bank («Lohg-Term Creit Bank of Japan» va «Bank of Tokyo») aktsiyalar paketiga 2,2 va 1,9 foizda, kompaniyaning o’z xizmatchilari paketning 4,8 foiziga ulush kushishgan va boshqalar. «Century Leasing System, Inc.» kompaniyasi Londonda, Gonkongda, Singapurda o’z vakolatxonalariga ega.
Yirik xalqaro lizing kompaniyalarining tarkibiy tuzilishini quyidagi «Century Leasing System, Inc.» kompaniyasi misolida ko’rib chikamiz.
«Century Leasing System, Inc.» lizing kompaniyasi boshqaruvini 16 kishilik direktorlar kengashi, prezident va ikki bosh direktor-menejerlari tashkil etadi.
«Century Leasing System, Inc.» boshqarmasining tashkiliy tuzilishi quyidagi bulimlardan iboratdir:

  • audit departamenti (boshqarmaning boshqa departamentlaridan avtonom);

  • ish yurituvchi bosh departament;

  • xodimlar bilan ishlash departamenti;

  • korporativ rejalashtirish va muvofiqlashtirish departamenti;

  • moliya departamenti;

  • buxgalteriya hisobi departamenti;

  • ilmiy - tadqiqot departamenti;

  • boshqarish ma'lumotlari tizimini rejalashtirish departamenti;

  • 1-sonli kredit departamenti;

  • 2-sonli kredit departamenti;

  • xalqaro kredit departamenti;

  • marketing divizioni, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • 1-sonli marketing divizioni, u uchta marketing departamentidan iborat;

  • 2-sonli marketing divizioni, u uchta elektron-hisoblash va tashkiliy texnika
    departamentlaridan iborat;

  • 3-sonli marketing divizioni, u ikkita majburiyatlar bilan shug’ullanuvchi departamentlardan iborat;

  • 4-sonli marketing divizioni, u Tokioda joylashgan marketing departamenti, Shinyuki va Uenodagi flliallaridan iborat;

  • 5-sonli marketing divizioni, u Omia, Iokogame, Nagoe shaxarlaridagi flliallardan iborat;

  • Yaponiyaning G’arbiy qismidagi marketing divizioni, u Osakadagi (yana ikki departament uning tarkibida), Kioto, Xirosima, Fukokedagi flliallaridan iborat:

  • tijorat faoliyatini rivojlantirish departamenti;

  • huquqiy-shartnoma tuzish departamenti;

  • foydalanilayotgan aktivlarni boshqarish departamenti;

  • Xalqaro divizion. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

o xalqaro aloqalar va muvofiqlashtirish departamenti;
o xalqaro moliyaviy faoliyatni boshqarish departamenti;
o xorijdagi shu'ba kompaniyalarni boshqarish departamenti.
«Century Leasing System, Inc.» boshqarmasining tashkiliy tuzilishini murakkabligi - xalqaro moliya bozorida lizing operatsiyalarini amalga oshirishni yuksak bilim va maxorat talab qiluvchi tashkiliy tuzilmagina ta'minlab bera olishini yana bir bor isbotlaydi.
Globalizatsiya va xalqaro integratsiya sharoitida ushbu yirik lizing kompaniyalari o’z xizmat doiralarini kengaytirish maqsadida yangi bozorlar qidiradilar. Bunda kompaniyalar xalqaro marketing xizmatlariga tayanib hamda qabul qiluvchi mamlakatdagi siyosiy iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib o’z faoliyatini yuritadilar.



Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling