Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlar Bajardi: D. Xalikova


Download 3.55 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi3.55 Kb.
#1653513
Bog'liq
Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish-hozir.org (1)


Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlar Bajardi: D. Xalikova

Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlar

Bajardi: D. Xalikova

Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.

Tilning mavjud barcha vositalari va ular imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq tarzda o‘rinli, to‘g‘ri foydalanilgan holda tuzilgan nutq madaniy nutqdir.

Nutq madaniyati, nutq odobi —

1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati;

2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi.

Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi.

O’zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.

1. So’zlashuv uslubi

2. Ilmiy uslub

3. Rasmiy-idoraviy uslub

4. Ommabop (publitsistik) uslub

5. Badiiy uslub

Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va sh.k. belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik uslub ijtimoiysiyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va sh.k.da oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlada tez koʻzga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yoʻq.

Seminar, vebinar, forumlarda tadqimotlarda ommabop (publitsistik) usuldan foydalaniladi. Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.

E’tiboringiz uchun raxmat



http://hozir.org
Download 3.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling