Xalqaro marketing muhiti


Download 18 Kb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi18 Kb.
#1110476
  1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document



XALQARO MARKETING MUHITI

Reja:


  1. Globallashuv sharoitida xalqaro savdo tizimi

  2. Iqtisodiy va siyosiy marketing muhitini o`rganish.

  3. Xorijiy bozorlarda korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy tartibga solish

  4. Madaniy muhit, milliy iste`mol madaniyatining xususiyatlari.

  5. Investitsion siyosat, xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoyalash va sug`urtalash




  1. Globallashuv sharoitida xalqaro savdo tizimi

O`z mahsulotlarini chet elda sotish uchun firma xalqaro marketing muhiti xususiyatlarini aniqlab olishi lozim. Eng muhim o`zgarishlar sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
• jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi – xalqaro savdoning jadal suratlar bilan o`sishi, chet elda kapital joylashtirishning o`sishi;
• xalqaro moliya tizimining shakllanishi;
• turli mamlakatlarda talab shartlari va iste‘mol xususiyatlarini tenglashtirish tendensiyasining o`sishi;
• jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi; xaridorlarning mamlakatga import qilinuvchi tovarlarning sifati, dizayni, yangiligi va boshqa ko`rsatkichlariga bo`lgan talabining o`sishi sababli tashqi bozorga yetkazib beriluvchi tovarlar sifatida sezilarli o`zgarishlarning yuz berishi;
• XXR, MDH, Arab mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning yirik bozorlariga asta-sekinlik bilan kirib borish.
Xalqaro marketing muhitini o`rganish xalqaro savdo va kooperatsiya tizimi, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy muhit, tovar va xizmatlar xalqaro bozorini o`rganish, xalqaro raqobat va xalqaro marketingni tashkil etish bilan bog`liq masalalarni hal qilishni o`z ichiga kiritadi.
Jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar asta-sekinlik bilan yanada integrastiyalashgan bir tizimga aylanib bormoqda, bunda turli xildagi davlat 10 tuzilmalarining siyosiy integrastiyasi o’z intensivligi bo’yicha iqtisodiy integrastiyadan orqada qolmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va import, xalqaro kimoshdi savdolari, chet el korxonalariga qilingan pul ko’rinishidagi investitsiyalar, va nihoyat tovar va xizmatlarning jahon bozori mavjudligidan iborat bo’ladi. Ushbu bozorda transmilliy korporastiyalar alohida o’ringa ega. Ular ko’pgina mamlakatlarda faoliyat yuritib, chet eldagi ishlab chiqarish va realizastiya bo’limlaridan foydalangan holda, deyarli butun jahon bozorida ishlaydilar. Bularning barchasi, o’z mamlakati tashqarisida tovar va xizmatlarni realizastiya qilish bo’yicha alohida tadbirlar majmui, ya’ni xalqaro marketing lozimligini nazarda tutadi. Ularning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati sohasi chet el mamlakatlariga ham keng yoyilgan bo’ladi, hamda sho’’ba korxonalari, texnologik kooperastiya va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruvning markazlashuvi va qattiq nazorat bilan tavsiflanadi.


Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling