Xalqaro mehnat migratsiyasining o’zbekiston yaIMga ta’siri


Download 153.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana23.04.2023
Hajmi153.56 Kb.
#1389329
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XALQARO MEHNAT MIGRATSIYASINING O’ZBEKISTON YaIMga TA’SIRI

Beshinchi taklif. Oʻzbekistonda taʼlim sifatini tubdan radikal darajada
koʻtarish. Milliy iqtisodiyotda katta resurslar sarfi va xalqimizning
mashaqqatli mehnati evaziga yaratilgan tovar va xizmatlprning jahon
bozorida raqobatbardosh boʻlishi uchun ular, birinchidan, sifati yuqori,
ikkinchidan esa, narxi arzon boʻlishi kerak (Xitoy tajribasi). Sifati yuqori,
lekin narxi arzon raqobatbardosh mahsulotni faqat sifatli mehnat bilan
yaratish mumkin. Sifatsiz mehnat bilan raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarish toʻgʻrisida oʻylash – bulutsiz musaffo osmondan yomgʻir yogʻishiga
umidvor boʻlishdek maʼnosiz. Qadimdan bizga meros qolgan naqlda
“Shayxda hunar boʻlmasa machit ham torlik qiladi”deyilgan. Qimmatbaho
resurslardan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, demak,
mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlari barpo etish, mamlakat iqtisodiy


qudratini yuksaltirishning eng samarali yoʻli – xalqimizning hunarini oshirish,
iqtisodiyotda band boʻlganlarinng malakasini, bilim saviyasini, kreativ
qobiliyatini
rivojlantirishdir.
Xalqimizda
bunday
noyob
fazilatlarni
shakllantarishda taʼlimning roli benihoya katta. Toʻgʻri, keyingi yillarda
davlatimiz rahbari, Oʻzbekiston hukumati taʼlimni rivojlantirish borasida
keng koʻlamli juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar taʼlim sohasida koʻproq miqdor oʻzgarishlar
sifatida natija bermoqda. Oʻzbekiston ravnaqi uchun aynan sifat
oʻzgarishlar juda muhim. Mazkur mavzu doirasida taʼlimning barcha
murakkab muammolarini yoritish imkoni mavjud emas. Lekin, loʻnda qilib
ifodalaganda, mamlakatda taʼlimnng shunday modeli yaratilishi kerakki, u
butun xalqning asosiy diqqat-eʼtiborini taʼlimga, butun kuch-gʻayratini uni
tubdan
yaxshilashga
yoʻnaltirsin.
Nazarimizda,
bu
noyob
model
xalqimizning
qonida
azal-azaldan
mustahkam
joylashgan,
buyuk
ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib qolgan yashirin imkoniyatlarni roʻyobga
chiqarishga va uni mamlakatimizni nafaqat mehnat migratsiyasi illatlaridan
xolos etishga, balki jonajon Oʻzbekistonni dunyoning iqtisodiy jihatdan
qudratli mamlakatlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmogʻi lozim. Sifatli
taʼlim Oʻzbekistonni katta taraqqiyotning ravon yoʻliga olib chiqishning eng
kam xarajat va eng qisqa yoʻlidir.
Xulosa
Prezidentimiz koʻtarib chiqqan Oʻzbekistonni yana-da rivojlantirish, uni
rivojlangan 50 ta mamlakat qatoridan oʻrin olishiga erishish, xalqning hayot
farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik darajasini
oshirish, taʼlim sifatini takomillashtirish, kambagʻallikka barham berish,
innovatsion
iqtisodiyotni
shakllantirish
borasidagi
tashabbuslarining


hayotga tadbiq etishning faol ishtirokchilari boʻlaylik. Ana shundagina
hamyurtlarimizning oʻzining jonajon vataniga qaytishiga koʻmaklashishda
hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. Barchamiz birgalikda, bir tan birjon boʻlib
harakat qilsak, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning ravon yoʻliga
boshlab chiqishimiz muqarrar. Oʻzbekiston 2030-yilga borib nafaqat
taraqqiy etgan 50 ta mamlakat safiga kirishga erishadi, balki 2040-yillarga
borib kuchli 20 talik mamlakat safidan munosib oʻrin egallashi mumkin
boʻladi. Shundagina biz oʻtmishda Movarunnahrdek qudratli davlatni
shakllantirgan buyuk avlod-ajdodlarimizning shaʼniga munosib ish tutgan
boʻlamiz, ularning ruhi poklarini shod aylab, arvohlarining madadini olish
baxtiga erishamiz.
Buning uchun avvalo mehnat migrantlari muammosi Oʻzbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim, bugungi kun va kelajak nuqtayi
nazaridan oʻz yechimini kutayotgan markaziy masalalaridan biri sifatida
qaralmogʻi lozim. Ushbu masala davlat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari,
ilmu-fan ahlining, keng jamoatchilik va oʻz-oʻzini boshqarish organlarining
doimiy diqqat markazida boʻlmogʻi shart. Bu borada davlatimizning ishchi
kuchi eksportiga yoʻnaltirilgan harakatlar strategiyasi va “yoʻl xaritasi” ishlab
chiqilmogʻi va tadrijiy ravishda amaliy hayotga tatbiq etilishi lozim.

Download 153.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling