Xalqaro mehnat taqsimoti: milliy iqtisodiyot uchun imkoniyatlar va risklar


Xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zaruriyati vaasosiy yo`nalishlari


Download 122.2 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi122.2 Kb.
#1586772
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyot uchun imkoniyatlar

4.Xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zaruriyati vaasosiy yo`nalishlari
Xalqaro iqtisodiy aloqalar o`zmazmun-mohiyatiga ko`ra har qanday davlat iqtisodiyotining barqarorligi varivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatuvchi omilga aylanib qoldi. Shuning uchunxo`jalik aloqalarini xalqaro miqyosda integratsiyalashuvini kengaytirish vachuqurlashtirishga berilayotgan e`tibor tabora kuchayibbormoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni taraqqiy ettirish mustaqil rivojlanishyo`liga o`tgan respublikamiz uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sobiq Ittifoqtarkibida bo`lgan vaqtda O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishdaaloqa qilish imkoniyatidan mahrum edi. Xo`jalik yuritishning yopiq sharoitidamamlakatga chet el sarmoyalarini jalb qilish to`g`risida faqat orzu qilishmumkin edi xolos. Ishchi kuchining xalqaro miqyosda migratsiyasi mutlaqorivojlanmagan edi. Shuning uchun o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa muddatlardaO`zbekistonning jahon xo`jalik tizimiga teng huquqli a`zo bo`lib kirishi vabarcha mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli hamkorlik qilishini ta`minlashgaqaratilgan.
Bu bir tomondan yangi texnologiyalarni, boshqarish tajribasi va bilimlarni, xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga olibkirilishini ta`minlasa, ikkinchi tomondan, O`zbekistonning boy tabiiy resurslariva ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishgako`maklashadi.
Jahonning 40 dan ortiq yirik davlatlariqatorida xomashyoning katta zahiralariga, sanoat va qishloq xo`jalik ishlabchiqarishining rivojlangan tarmoqlariga, shuningdek, shakllangan ishchi kuchigaega bo`lgan mamlakatimizning jahonbozoridagi dastlabki qadamlari o`zining samarasini beraboshladi.
XX asrning so`nggi yillarida jahonningetakchi mamlakatlari iqtisodiyotidagi tub sifat o`zgarishlarining kuchayibborishi xalqaro munosabatlarning hozirgi bosqichida quyidagi xususiyatlarnibelgilab beradi.
Birinchidan, xalqaro ayirboshlashning tarkibiy tuzilishi sezilarli darajadao`zgardi: mamlakatlar mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli xil xizmatlar,moliya kapitali, ishchi kuchi, fan-texnika axborotlari, yangi texnologiyalar,boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishgao`tdilar.
Ikkinchidan, kapitalni chetga chiqarilishining ko`payishi va mamlakatlaro`rtasida ayirboshlashning kengayishi zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarnimamlakatlararo uyg`unlashuviga olib keldi. Bunday xususiyat o`z faoliyatini birqancha davlatlar hududida amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar (TMK)va transmilliy banklar (TMB) sonining ko`payib borishida o`z aksinitopdi.
Hozirgi vaqtda jahonda 20 mingdanortiq TMK mavjud bo`lib, ular jahon sanoat ishlab chiqarishining to`rtdan uchqismidan ko`prog`ini, tashqi savdoning esa yarmidan ko`prog`ini nazorat qilibturadi. Masalan, “Djeneral Motors”, “Royl Datch Shell”, “Epson” kabi yirikTMKlar oboroti hajmi O`zbekistonda yaratilgan yalpi milliy mahsulot miqdoridanortiqdir. O`z ixtiyorida behisob moddiy va moliyaviy qudratni jamlagan bundaykorporatsiyalar va banklar ko`pchilik mamlakatlarning iqtisodiy siyosatiga,xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga jiddiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy bosqichida yana birmuhim xususiyat namoyon bo`ldi, ya`ni ayirboshlashda mamlakatlar tutgan o`rniniqayta taqsimlash jarayoni sodir bo`lmoqda.
Hozirgi kunda jahon xo`jaligi va xalqaroayirboshlashning umumiy yo`nalishlari va o`sish sur`atlarini rivojlanganmamlakatlar belgilab turadi. Bu mamlakatlar yer yuzidagi davlatlarning 15foizini tashkil etadi hamda ularda jahon aholisining 25 foizi istiqomat qiladi.Bu mamlakatlar dunyoda hosil qilinayotgan elektr quvvatlarining 75 fozini,yoqilg`ining 80 foizi, yog`och mahsulotlarining 85 foizi va po`latning 72 foizini iste`mol qilishadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning o`zarosavdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi.
Ma`lumki, yaqin o`tmishda mamlakatimiziqtisodiyoti sobiq ittifoqdosh respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchasbog`langan edi. Shu bois O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati hozirgikunda ikkita yo`nalish bo`yicha rivojlanib bormoqda. Ularning birinchisi MDHmamlakatlari deb ataluvchi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan bo`lsa,ikkinchisi mamlakatimizning o`zaro iqtisodiy aloqalari ilgari umumano`rnatilmagan xorijiy davlatlar bilan olib borilmoqda. Agar birinchi yo`nalishO`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xomashyo, tayyormahsulotlar, texnologiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishinita`minlasa, ikkinchi yo`nalish respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahonhamjamiyatiga birlashuvini ta`minlab beradi.
O`zbekistoning jahon hamjamiyatigaqo`shilishi mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlarni ob`yektiv baholash va ulardanmilliy manfaatlar yo`lida imkoni boricha to`liq foydalanishni talabqiladi.
O`zbekiston mustaqillikning dastlabkidavridayoq o`z tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi maqsadlari va asosiyyo`nalishlarinibelgilab oldi:
-eksportni rivojlantirish va uning oqilonatarkibini shakllantirish. Chunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotnishakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy jihatdan jahondarajasiga ko`taradi, uning tuzilishini takomillashtiradi, respublika valyutazahirasini ko`paytiradi;
-import tuzilishini takomillashtirish,ya`ni uni milliy iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va rivojlantirish omiligaaylantirish;
-ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifatjihatidan yangi bosqichga ko`tarish uchun chet el sarmoyalarini jalbetish;
-O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizliginita`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-importoperatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlatnazoratini o`rnatish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizningtashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishgaqaratilgan quyidagitadbirlarni o`z ichiga oladi.
Birinchidan, respublika milliyiqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozoridamunosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarnianiqlash;
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksportbo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Buusullar quyidagilar:
-eksportga yo`naltirilgan ishlabchiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatlikreditlar ajratish, investitsiyalarni sug`urtalash;
-davlat tomonidan respublikamizga ilg`ortexnologiyalar, tajribalar, bilimlarning kirib kelishiga subsidiyalarajratish;
-eksport va importni litsenziyalash yokichetga tovar chiqarishga va chetdan uni olib kirishga ruxsatnomalarberish;
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi,xorijdan keltiriladigan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlarulushini bosqichma-bosqich kamaytirish vaboshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosatmilliy valyutani mustahkamlash va uning boshqa valyutalar bilan erkinalmashinuvini taьminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiyasoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
XULOSA
Hulosa o’rnida aytish mumkinki xalqaro mehnat taqsimoti - bu ishning unumdorligini oshirishga qaratilgan aniq va chegaralangan vazifalarda ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining eng yuqori shakli. Mamlakatlar ayirboshlash uchun foydalanadigan ma'lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish darajasi xalqaro mehnat taqsimoti va uni kengaytirish zarurligini belgilab berdi.
Tarixiy jihatdan tobora murakkablashib borayotgan xalqaro mehnat taqsimotining o'sishi ishlab chiqarish va savdoning global o'sishi, kapitalizmning ko'tarilishi va sanoatlashtirish jarayonlarining murakkabligi bilan chambarchas bog'liqdir.
Xalqaro mehnat taqsimotining, shuningdek, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllarining vakolatxonasiga, asosan, o'sha xalqlarda hukmron bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlari ta'sir ko'rsatadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti har xil mamlakatlar o'rtasidagi savdo-sotiq kengayib, jahon bozorini rivojlantirish uchun ob'ektiv platformani tashkil etishi uchun juda muhimdir.\

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: “O`zbekiston”, 1995.

  2. Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo`limiz. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida so`zlangan nutq. “Xalq so`zi”, 2002 yil, 15-fevral.

  3. Karimov I.A. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.

  4. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O`zbekiston”, 1997.

  5. Karimov I.A. O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T.: “O`zbekiston”, 1993.

  6. Amaliy iqtisodiyot (o`quv qo`llanmasi). Tarjimonlar I.Fozilov va boshqalar. T.: “Sharq”, 1996.

  7. Butikov I. Qimmatli qog`ozlar bozori. T.: “Konsauditinform”, 2001.

  8. Doklad o chelovecheskom razvitii. T. “O`zbekiston”,1993.

  9. Kurs ekonomiki(uchebnik). M.: “Infra-M”, 2000.

  10. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: “O`zbekiston”, 1999.

  11. Ergashev T.,Ismatov R. Iqtisodiy savodxonlik asoslari. T.: “Sharq”, 2001.

  12. YUrьeva T.V. Sotsialьnaya ro`nochnaya ekonomika (uchebnik). M.: “Russkaya delovaya literatura”, 1999.

Download 122.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling