Xalqaro mehnat taqsimotida O`zbekistonning o`rni Tashqi iqtisodiy faoliyat va uning turlari


Download 0.77 Mb.
bet6/7
Sana28.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1302951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1355626293 41099

Ikkinchidan, kapitalni chetga chiqarilishining ko`payishi va mamlakatlaro`rtasida ayirboshlashning kengayishi zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarnimamlakatlararo uyg`unlashuviga olib keldi. Bunday xususiyat o`z faoliyatini birqancha davlatlar hududida amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar (TMK)va transmilliy banklar (TMB) sonining ko`payib borishida o`z aksinitopdi.
Hozirgi vaqtda jahonda 20 mingdanortiq TMK mavjud bo`lib, ular jahon sanoat ishlab chiqarishining to`rtdan uchqismidan ko`prog`ini, tashqi savdoning esa yarmidan ko`prog`ini nazorat qilibturadi. Masalan, “Djeneral Motors”, “Royl Datch Shell”, “Epson” kabi yirikTMKlar oboroti hajmi O`zbekistonda yaratilgan yalpi milliy mahsulot miqdoridanortiqdir. O`z ixtiyorida behisob moddiy va moliyaviy qudratni jamlagan bundaykorporatsiyalar va banklar ko`pchilik mamlakatlarning iqtisodiy siyosatiga,xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga jiddiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy bosqichida yana birmuhim xususiyat namoyon bo`ldi, ya`ni ayirboshlashda mamlakatlar tutgan o`rniniqayta taqsimlash jarayoni sodir bo`lmoqda.
Hozirgi kunda jahon xo`jaligi va xalqaroayirboshlashning umumiy yo`nalishlari va o`sish sur`atlarini rivojlanganmamlakatlar belgilab turadi. Bu mamlakatlar yer yuzidagi davlatlarning 15foizini tashkil etadi hamda ularda jahon aholisining 25 foizi istiqomat qiladi.Bu mamlakatlar dunyoda hosil qilinayotgan elektr quvvatlarining 75 fozini,yoqilg`ining 80 foizi, yog`och mahsulotlarining 85 foizi va po`latning 72foizini iste`mol qilishadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning o`zarosavdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi.
Ma`lumki, yaqin o`tmishda mamlakatimiziqtisodiyoti sobiq ittifoqdosh respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchasbog`langan edi. Shu bois O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati hozirgikunda ikkita yo`nalish bo`yicha rivojlanib bormoqda. Ularning birinchisi MDHmamlakatlari deb ataluvchi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan bo`lsa,ikkinchisi mamlakatimizning o`zaro iqtisodiy aloqalari ilgari umumano`rnatilmagan xorijiy davlatlar bilan olib borilmoqda. Agar birinchi yo`nalishO`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xomashyo, tayyormahsulotlar, texnologiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishinita`minlasa, ikkinchi yo`nalish respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahonhamjamiyatiga birlashuvini ta`minlab beradi.
O`zbekistoning jahon hamjamiyatigaqo`shilishi mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlarni ob`yektiv baholash va ulardanmilliy manfaatlar yo`lida imkoni boricha to`liq foydalanishni talabqiladi.
O`zbekiston mustaqillikning dastlabkidavridayoq o`z tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi maqsadlari va asosiyyo`nalishlarinibelgilab oldi:
-eksportni rivojlantirish va uning oqilonatarkibini shakllantirish. Chunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotnishakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy jihatdan jahondarajasiga ko`taradi, uning tuzilishini takomillashtiradi, respublika valyutazahirasini ko`paytiradi;
-import tuzilishini takomillashtirish,ya`ni uni milliy iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va rivojlantirish omiligaaylantirish;
-ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifatjihatidan yangi bosqichga ko`tarish uchun chet el sarmoyalarini jalbetish;
-O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizliginita`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-importoperatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlatnazoratini o`rnatish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizningtashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishgaq aratilgan quyidagitadbirlarni o`z ichiga oladi.
Birinchidan, respublika milliyiqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozoridamunosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarnianiqlash;
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksportbo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Buusullar quyidagilar:
-eksportga yo`naltirilgan ishlabchiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatlikreditlar ajratish, investitsiyalarni sug`urtalash;
-davlat tomonidan respublikamizga ilg`ortexnologiyalar, tajribalar, bilimlarning kirib kelishiga subsidiyalarajratish;
-eksport va importni litsenziyalash yokichetga tovar chiqarishga va chetdan uni olib kirishga ruxsatnomalarberish;
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi,xorijdan keltiriladigan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlarulushini bosqichma-bosqich kamaytirish vaboshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosatmilliy valyutani mustahkamlash va uning boshqa valyutalar bilan erkinalmashinuvini taьminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiyasoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Download 0.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling