Xalqaro menejment
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
XALQARO MENEJMENT
Kommandit o’rtoqchiligi
O’rtoqchiliklarning ikkinchi turi — kommandit (ishonch asosidagi) o’rtoqchilik — to’liq o’rtoqchilikdan shunisi bilan farq qiladiki, to’liq o’rtoqchiliklar bilan bir qatorda uning tarkibiga qo’yilmachi-qatnashchilar (kommandistlar) kiradi, ular o’zlari kiritgan summa doirasida o’rtoqchilik faoliyati bilan bog’liq tahdidlar uchun javob beradi (O’zR FK 61-m.). 48 Tashkil etish va faoliyat ko’rsatish asosiy tamoyillari bu yerda ham to’liq o’rtoqchiliklar kabi: bu jamlanma kapitalga ham, to’lq o’rtoqlar holatiga ham taalluqli. O’zR FK ma'lum sabablarga ko’ra to’liq o’rtoqlardan birining bittadan ortiq kommandit yoki to’liq o’rtoqchilikka a'zo bo’lishiga ruxsat bеrmaydi. Ta'sis shartnomasi to’liq o’rtoqlar tomonidan imzolanadi va to’liq o’rtoqchilikdagi kabi ma'lumotlarga, shningdеk, kommandistlar qo’yilmalari umumiy miqdori haqidagi ma'lumotlarga ega bo’ladi. Boshqarish tartibi ham xuddi shunday. Kommanditistlar ishonchnoma asosida uning nomidan harkat qilish huquqiga ega bo’lsada, o’rtoqchilik ishlarini yuritish va to’liq o’rtoqlar harkatlariga aralashish huquqiga ega emas. Kommanditistlarning yagona majburiyati—jamlanma kapitalga o’z qo’yilmasini kiritishdir. Bu uning jamlanma kapitaldagi ulushiga mos kеladigan foyda olish, shuningdеk, yillik qisobot va balanslar bilan tanishib chiqish huquqini beradi. Kommanditistlar o’rtoqchilikdan chiqishga amalda chеklanmagan huquqqa ega; o’rtoqchilikdan chiqish va pay olish tartibi ta'sis shartnomasida ko’zda tutilishi lozim. Ular boshqa qatnashchilarning roziligidan qat'iy nazar jamlanma kapitaldagi o’z ulushini yoki uning bir qismini boshqa kommandistga yoki uchinchi shaxsga bеrishi mumkin, bunda o’rtoqchilik qatnashchilari xarid qilishda ustunlik huquqiga ega. Niqoyat, o’rtoqchilik tugatilgan hollarda kommanditistlar krеditorlarning talablari qondirilgandan so’ng qolgan mulkdan o’z qo’yilmalarini birinchi navbatda oladilar (to’liq o’rtoqlar faqat shundan kеyin qolgan mulk qismini ularning jamlanma kapitaldagi ulushiga muvofiq ishtirok etadi). Kommandit o’rtoqchilikni tugatish to’liq o’rtoqchilikni tugatish bo’yicha barcha asoslar bilan bir xil ro’y beradi (biroq bu holatda uning tarkibida qеch bo’lmasa bitta to’liq o’rtoq yoki bitta qo’yilmachining saqlanib holishi uning faoliyatini davom ettirish uchun еtarli shart hisoblanadi). Barcha qatnashchilarning chiqib kеtishi qo’shimcha asos hisoblanadi (bu holatda kommandit o’rtoqchilikni to’liq o’rtoqchilikka aylantirishga ruxsat bеriladi). Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling