Xalqaro menejment


Mamlakatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash sharoitida bevosita xorijiy sarmoyalarning mazmuni va mohiyati


Download 456.36 Kb.
bet13/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Mamlakatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash sharoitida bevosita xorijiy sarmoyalarning mazmuni va mohiyati.

Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta yangilash tadbirlarining keng ko’lamda amalga oshirilishi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishimkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo- mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi.

Investitsiyalar- asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishi. U pul mablag/lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.

Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar investitsion faoliyat deb atalib, u quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:


  • Investorlarning o’z moliyaviy resurslari;

  • Qarz olingan moliyaviy mablag’lar;

  • Jalb qilingan moliyaviy mablag’lar;

  • Davlat budjeti mablag’lari;

  • Chet elliklar mablag’i.

Iqtispdiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va bular asosida milliy iqtisodiyotimizni barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli “ O’zbekiston Respublikasining 2010-yilga investitsion dasturi haqida”gi Qarori11 tasdiqlangan bo’lib, ushbu dastur asosidagi capital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida bank tizimi investitsion kreditlarning ahamiyati yuqori bo’lmoqda.




Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling