Xalqaro menejment


TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli


Download 456.36 Kb.
bet19/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

3.2. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli
TMKlar zamonaviy jahon iqtisodiyotining eng dinamik sub’yektlaridan biri bo’lib, paydo bo’lish davridan beri jiddiy taraqqiy etdi. Ular “kolonial-xomashyo” TMKlardan boshlab global kompaniyalargacha rivojlanib bordi. TMKlarning evolyutsiyasi ularning son va sifat jihatidan o’sishi bilan birga rivojlanib bordi. 30-yillarda ularning soni 300 ta bo’lgan bo’lsa, XXI asr boshida 82 mingtaga yetdi12.

80-yillarda yetakchi TMKlar global kompaniyalarga (to’rtinchi avlod TMKlarga) aylandi. Global korporatsiyalar innovatsion dinamizm, ichki korporativ tuzilmaning muntazam takomillashtirib borilishi, yangi faoliyat sohalari va yo’nalishlarini faol izlash bilan xarakterlanadi. XXI asr boshlarida global korporatsiyalar orasida xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va ayrim mutaxassislar juda katta korporatsiyalarni (JKK) alohida ajrata boshladilar. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra ularning soni 800 tani tashkil etadi. Ushbu kompaniyalar o’z qo’lida zamonaviy moliyaviy-sanoat, texnologik, intellektual kapital qudratini jamlab olgan. JKK “jahon iqtisodiyotining pirovard tuzilmaviy kuchlarini va globallashuvning real omillarini» ifodalaydi.

Iqtisodiyot globallashuvining muhim tashkiliy elementi bo’lib TMKlarning turli shakllardagi qo’shilishlari va qo’shib olishlari (inglizcha Mergers and acquisitions - M&As), ularning xalqaro kelishuvlari (ya’ni strategik alyanslari) namoyon bo’lmoqda. Bu jarayon kompaniyalar o’rtasidagi kuchlarning taqsimlanishini o’zgartirib yubormoqda. Natijada ta’sir ko’rsatish hududlarini birgalikda bo’lib olish boshlanmoqda, birgalikda iqtisodiy nazorat sohasi kengaymoqda, kompaniyalar salohiyati birlashtirilmoqda.

TMKlar ishtirokida qo’shilishlar va qo’shib olinishlar shaklida kapitalning xalqaro birlashish (konsolidatsiyasi) jarayoni XX – XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotining transmilliylashuvi va globallashuviga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omilga aylandi. XX asr boshidan beri ro’y bergan qo’shilishlar va qo’shib olishlarning besh “to’lqini”ga globallashib borayotgan iqtisodiyotning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi ularning oltinchi “to’lqini” qo’shildi. Oltinchi «to’lqin» XXI asrning ilk yillaridagi jahon iqtisodiyotining pasayishidan va AQShda fond birjalari faoliyati inqirozidan so’ng 2003 yilda boshlangan deyish mumkin. 2007 yilda jahonda qo’shilishlar va qo’shib olishlarning hajmi rekord ko’rsatkichga - 4,74 trln. doll.ga yetib, 2000 yil darajasiga nisbatan 3,4 trln. doll.ga ko’paydi.13 2008 yilda boshlangan jahon moliviy-iqtisodiy inqirozi tufayli ularning soni jidddiy kamaydi (3.1-jadval).




Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling