Xalqaro menejment
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
Xulosalar
1. Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlari vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijroiya va nazorat xarakteridagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi. 2. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash; ishlab chiqarishni boshqarishdagi cheklashlar foydani taqsimlashda maksimal ulushni aniqlash; litsenziyalar patentlar berish shartlari; buxgalterlik hisobotini tekshirish kiradi. 3. Xalqaro kompaniyalarning qabul qiluvchi mamlakatda o’z xorijiy filiallarini tashkil etish maqsadlari: - sotish bozorlarini kengaytirish; - eksport hajmini ko’paytirish; - xomashyo materiallari bilan ta’minlash; - antiqa texnologiyalarni xarid qilish; - faoliyat samaradorligini oshirish. 4. Qabul qiluvchi mamlakat xalqaro kompaniyalarni quyidagi tadbirlar yordamida o’z iqtisodiyotiga jalb qiladi: tartibli tadbirlar, soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar berish, savdo imtiyozlari, xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish. 5. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyati ikki usulda – milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy yo’llar bilan tartibga solinadi. 6. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqt va imkoniyatdan samarali foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni samarali joylashtirish va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling