Xalqaro menejment
Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan chet elda harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr boshidayoq “ishlab chiqarish harajatlari pastroq bo’lgan joyda ishlab chiqarish” qoidasiga asoslangan ishlab chiqarishning mutlaq va nisbiy harajatlari asosiy tamoyillariga amerika avtomobilsozligi asoschisi Genri Ford sotish bozori haqidagi “qayerda sotsam, shu yerda ishlab chiqaraman” degan o’z fikrini qo’shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi mamlakatlarda chet elda ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig’ma ishlab chiqarishga ega xalqaro ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilinishiga asos soldi. Zamonaviy sharoitlarda xorijiy tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi omillarga quyidagilar kiradi: - ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish; - nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning subyetkazib beruvchisi sifatida faoliyat yuritish). Bunga misol sifatida AQShda yapon kompaniyalarining avtomobil korxonalari qurilishini keltirish mumkin. Bunda asosiy yapon avtomobil kompaniyalari ketidan ularning kichikroq firmalari – subyetkazib beruvchilari, avtomobillarga, butlovchi detallarni ishlab chiqaruvchi korxonalar AQShda o’rnasha boshladi; - hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan davlatlar hukumati yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki (XRTB), Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) va boshqalarning rivojlanayotgan davlatlarga kreditlari ko’pincha rivojlangan mamlakatlarning xususiy sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda bevosita xorijiy investitsiyalar asosida korxonalarni qurish imkoniyatini beradi; - kompaniyalarning faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur qiluvchi milliy bozordagi noqulay sharoitlar. Bunga davlatning tartibga solishi bilan bog’liq harajatlar (masalan, federal va mintaqaviy soliqlar, atrof-muhit muhofazasi bo’yicha milliy me’yorlarga muvofiqlikka erishish uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) misol bo’lishi mumkin. Tabiiy resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish sharoitlarining yomonlashuvi oqibatida ishlab chiqarish harajatlarining o’sishi, shuningdek milliy bozorda keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning bir turdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Sig’imli o’sib borayotgan bozor mavjud bo’lgan mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga intilish harakatchan kompaniyalar strategiyasining “mahalliy bozor uchun mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga asoslanadi; - qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar va malakali arzon ishchi kuchi hamda “inson kapitali” (yuqori malakali mutaxassislar, muxandislar va olimlar)ning mavjudligi; - eksport uchun proteksionistik to’siqlar. Ular qabul qiluvchi mamlakatga tayyor mahsulotlar olib kelishdan ko’ra u yerda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish afzalroq bo’luvchi sharoitlarni yaratadi; - qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi; - qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot bilan chiqishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo’lib olish maqsadga muvofiq; - xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil qilish tajribasini egallash; - tez o’zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq muddatli talab va ko’psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni diversifikastiya qilish; - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga chiqish yo’li bilan raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolish; - qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning past foizi, mahalliy, chet el va xalqaro tashkilotlarning fondlari va kreditlaridan) foydalanish; - jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi chet elda imtiyozli soliqqa tortish. Xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga undovchi sabablarning yoritilishi shuni ko’rsatadaki, dinamik kompaniyalarning ishlab chiqarishni chet elga o’tkazishi faqat yakuniy foydani maksimallashtirish maqsadida amalga oshirilmay, balki ishlab chiqarish kuchlarini takomillashtirish va zamonaviylashtirish zaruriyati bilan ham tushuntiriladi. Chet ellik hamkorlar oldida u yoki bu qimmatga ega bo’lgan va mos ravishda, firmaning xalqaro bozorga chiqishi uchun foydalanish mumkin bo’lgan milliy afzalliklar quyidagilar:
Yuqori malakali va nisbatan arzon ishchi kuchi; Qator tarmoqlarda tadqiqot va loyihalarning yeterli darajada yuqori ekanligi; Xodimlarning hali Sovetlar davrida ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida ishlash tajribasi; Qayta qurish davrining oxirida korxonalar tomonidan sotib olingan va eksport uchun yaroqli sifatda tovar ishlab chiqarish imkonini beradigan asosiy fondlar. Bugungi kunda, qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning faoliyat yuritish sharoitiga moslashuviga jahon moliyaviy inqirozining ta’siri va oqibatlarini tahlil etadigan bo’lsak, albatta xalqaro firmalar faoliyatini bir oz susayganligini ko’rish mumkin. Lekin, “shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz”10. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling