1. Mehnat bozorining xilma-xilligi. Har bir mamlakatda ishchi kuchi tarkibi va unga qilinadigan harajatlar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, transmilliy kompaniyalar turli mamlakatlar ishchi kuchi bozoriga bemalol kira olishlari tufayli bundan foyda ko’rishlari mumkin. Masalan, AQShning “General motors” korporatsiyasining Meksikada joylashgan yordamchi korxonasida asosan past malakali ishchilar ishlaydi, “IBM” korporatsiyasining Shveysariyadagi ilmiy-tadqiqot bo’limida aksincha, yuqori malakali fizik mutaxassislar ishlaydi. Kompaniyalar xorijiy resurs va bozorlarga kirganlarida, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan ayni bir turdagi mahsulot mehnat bozorlaridagi mavjud tafovutlar ta’sirida turlicha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |