Boshqaruv xodimlari malakasini oshirish. Ko’p millatli korporatsiyalar barcha xodimlarda korporativ tizim tushunchasini hosil qilish uchun xorijliklarni o’z mamlakatidagi bosh kompaniyaga yoki uning hududiy bo’limlariga jo’natadi, mahalliy kadrlarni esa xorijga yuboradi. Ixtisoslashgan faoliyat mamlakatlar bo’yicha taqsimlangan ba’zi firmalarda, boshqaruvchida birlashgan yondashuvni rivojlantirishning yagona yo’li xorijga uzoq muddatga xizmat safariga jo’natishdir. Xorijga jo’natish boshqaruvchida turli xil ijtimoiy tizimlarda ishlash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin va shuning uchun bosh firma yoki uning xorijiy filiallarida yuqori lavozimlarni egallash uchun yaxshi tayyorgarlik bo’ladi.
Nazorat. Ko’p millatli kompaniyaning tashkiliy rivojlanishini muvofiqlashtirish va filiallarda ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilish uchun xodimlarni qisqa muddatli xizmat safarilariga jo’natish va bir ishdan boshqa ishga ko’chirish qo’llanadi. Bu maqsadlarga bosh firmadan xizmat safariga yuborilganlarning barcha narsalarni umumfirma holati bilan baholashga odatlanishi, lavozimlarni tez-tez o’zgartirish yaxlit tizim haqida bilim olish imkoniyatini berishi orqali erishiladi. Bosh firma va filiallar o’rtasida tajriba va kadrlar almashishi yo’li bilan yangi korporativ madaniyat vujudga keladi. Bu firma oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish vositasi bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |