Xalqaro mintaqashunoslik fanidan
Download 120.89 Kb.
|
Xalqaro mintaqashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geosiyosiy yondashuv
Eslatma!!!
Geotizim strukturasining tashqi impulslar natijasida shiddatli o’zgarishiga—halokat sifatida qaraladi Optimal holatda geotizim doimiy ravishda, qonun-qoidalarning hech qanday buzilishisiz rivojlanishi ta’minlanadi. Buzg’unchi ta’sirlar natijasida kelib chikkan optimal holatdan chekinish geotizimning keskin holatga kelishiga olib keladi Geotizimli yondashuv bilan birgalikda Mintaqachilikda , shuningdek, qayta ishlab chiqaruvchi yondashuv ham qo’llaniladi. Ushbu yondashuv yaxlit Mintaqaviy tizimlarni ichki element (tizimosti)larning o’zaro bog’lik birikuvlari sifatida o’rganishni nazarda tutadi. Shuning bilan birgalikda, mintaqaviy qayta ishlab chiqarish jarayonlaridagi tadqiqotlarni o’rab turgan tabiiy muhit bilan yaqin bog’liqlikda, o’zaro bog’liq mintaqaviy tizimlar rivoji bilan koordinatsiyalashtirgan holda olib borish zarur. Qayta ishlab chiqarish yondashuvi mintaqaviy darajadagi iqtisodiy qonuniyatlarni o’rganishda muhim o’rin egallaydi. Zamonaviy sharoitlarda mintaqaviy tadqiqotlar va mintaqaviy siyosatda muammoviy yondashuv dolzarbligini yanada oshirmoqda. Ushbu yondashuvning mohiyati muammo—zamon va makon rivojlanishida qarama-qarshilikning mujassamlashgan ifodasi tushunchasidan iborat. Mantiq, metodologiya, psihologiya, kibernetika, pedogogika to’qnashganda hozirgi paytda ilmning yangi sohasi—muammoning umumiy nazariyasi va ularni hal qilish mexanizmi tuzildi. Muammolar insonlarning maqsadga yo’naltirilgan faoliyatiga deatamasistik ta’sir ko’rsatadi. Ba’zi bir muammolarning keskinligi shu darajagacha o’sdiki, hatto ular global xarakter kasb eta boshladi. Global muammolarni anglab yetish milliy va yoki mintaqaviy muammo va qarama-qarshiliklar prizmasi orqali kelib chiqadi. Ko’plab xilma-xil muammolar orasida darxakikat global bo‘lgan muammoni ajratib olish va shakllantirish uchun milliy va mintaqaviy masshtab doirasidagi qarama-qarshilik va muammolarni aniqlash, milliy, davlat va mintaqaviy darajasidagi ularni hal qilish strategiyasini ishlab chiqarish zarur. Mintaqaviy rivojlanishning umumlashtirilgan nazariy modeli quyidagi mantiqiy zanjir yordamida namoyon qilinishi mumkin: qarama-qarshilik, muammo-ehtiyojlar-manfaatlar-aniq harakatlar orqali amalga oshiriluvchi maqsadlar. Muammoviy yondashuvga geosiyosiy yondashuv bevosita aloqador hisoblanadi. Shuningdek, unga zamon va makon yondashuvi ham bog’liqdir. Ushbu yondashuvda markaziy o’rinni geografik maydonda ijtimoiy munosabatlari subyektlarining o’zaro ta’siri hodisalarini o’rganish egallaydi. Ijtimoiy munosabat subyektlari manfaatlari maydon tashkilotining ma’lum qonun-qoidalarini ta’n olish—geosiyosatchi-olimlar ishining o’ziga xos xususiyatidir. Geosiyosiy yondashuv mintaqaviy darajadagi boshqaruv qarorlarni qabo’l qilish va asoslashda muhim ahamiyatga ega. Ko’rib chiqilgan yondashuvlar mintaqaviy tadqiqotlarning aniq metodini tanlash va ishlatishda asos bo’lib hisoblanadi. Download 120.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling