Xalqaro mintaqashunoslik fanidan
Nazorat savol va topshiriqlari
Download 120.89 Kb.
|
Xalqaro mintaqashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIXIY ASPEKTLARI Reja
- A. Lesh , R. Harshton
- Lund maktabining nazariyasi
Nazorat savol va topshiriqlari
1. Mintaqa so‘zining ma’nosi nima ? 2. Mintaqa tushunchasiga nisbatan qarashlar? 3. Mintaqaning hususiyatlari? 4. Mintaqa turlari? Mustaqil ish topshiriqlari 1. Mintaqa tushunchasiga nisbatan olimlaring qarashlarini o‘rganish va shu asosda referat tayyorlash. MARUZA №2: MINTAQAVIY TARAQQIYOTNING TARIXIY ASPEKTLARI Reja: 1. Mintaqaviy siyosatga bo‘lgan ilmiy yondashuvlar. 2. Mintaqaviy tadqiqot usullari. Ilmning tarixiy rivojlanishi, mintaqaviy jarayonlar tadqiqotlarining kengayishi va chuqurlashishi davomida mavjud bo‘lgan ilmiy yondashuvlarning takomillashib, yangi ilmiy yondashuvlar, xususan turli ilmlar doirasida yaratilgan yondashuvlar ishlab chiqiladi.Ularni sintez qilish natijasida fundamental tadqiqotlarni chuqurlashtirish va amaliy tadqiqotlarni kengaytirish, mintaqaviy rivojlanishning yanada murakkab nazariy va amaliy vazifalarini hal qilish imkonini beruvchi yondashuv va usullarning butun bir tizimi shakllanadi. Mintaqalar rivojlanishi borasidagi tadqiqotlarning ilk va shuningdek eng muhimlaridan biri bu – makon va zamon yondashuvi hisoblanadi. Ushbu yondashuv ildizlari XX asrlardayoq vujudga kelgan nemis geografik maktabiga borib taqaladi. Uning asoschilari bo’lib K. Ritter va A. Gettner hisoblanib, ular asosiy rol geografiyaga tegishli bo‘lgan «makon ilmi»ning asosiy tushunchalarini asoslab berishgan. XX asrning o’rtalarida makon qonun-qoidalari borasidagi qidiruvlarni ko’plab xorijiy olimlar olib borishgan: V. Kristaller, A. Lesh, R. Harshton va boshqalar. Sovet olimi B.B. Rodoman obyektlarning geomakonda harakat qilishining pozitsion tamoyilini shakllantirdi. Unga asosan mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasi ko’p hollarda ularning ishlab chiqarish, ilm, madaniyat markazlariga nisbatan joylashgan o’rni bilan aniqlanadi. Inson hayot faoliyatining uni o’rab turgan tabiat va ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan uzluksiz zamon va makon jihatdan tashkil etilishi haqidagi fikr Shvetsiyadagi Lund maktabining nazariyasi asosiga qo’yilgan (rahbar prof. T.Xagerstrand). Ushbu nazariyaga asosan, individuumlarning bir-biri bilan, shuningdek mehnat predmet va qurollari bilan aloqasi hayot faoliyatining sutkalik sikli, chegaralangan atrof-muhit doirasida mikromakon darajasida amalga oshadi. Zamon va makon tashkiloti insonlar va tabiatning birligi yoki ijtimoiy-geografik makonning birligiga asoslanadi. Inson birliklari va alohida individuum maqsad va manfaatlarining hamjihatligiga ichki qarama-qarshiliklarning: ideologik, siyosiy, diniy, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqalarning yengilishi natijasida erishiladi. Bo’larning har birini yengish ko’plab qiyinchiliklar bilan o’tib, kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy-geografik makonning ijtimoiy va geografik tarkiblari o’rtasida ham katta qarama-qarshiliklar mavjud. Bunga butunning har qanday qismi o’z qonun-qoidalariga asosan rivojlanishi sababdir. Ijtimoiy qism tabiiy, geografik qismga nisbatan jadalroq o’zgaradi. Mazkur qarama-qarshilikning kengayishi global xarakterga egadir. Ijtimoiy-geografik makon differensiyaga, ya’ni «o’z» makonining xususiyat va parametrini saqlab qoluvchi tuzilmalarga: etnik, iqtisodiy, siyosiy makon birliklari bo’linishga uchragandir. Mintaqachilikka bo‘lgan yana bir muhim ilmiy yondashuv bo’lib—genetik yondashuv hisoblanadi. Bu yondashuv mintaqaviy tizimlar, ya’ni tarixiy rivojlanish jarayonidagi ijtimoiy-geografik maydonning genezis va evolyutsiyasini namoyon qilish imkonini beradi. Bunday yondashuv uning zamonaviy ahvolining o’ziga xos jihatlarini tushuntirish, rivojlanish istiqbollarini belgilab olishga yordam beradi. Download 120.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling