Xalqaro mintaqashunoslik fanidan
Download 120.89 Kb.
|
Xalqaro mintaqashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genetik yondashuv
- «Chiqish» va «Kirish» aloqasi
Eslatma!!!
«Geotizim» tushunchasi maydon ob’ektlarining tabiiy-xududiy va xududiy-ishlab chikarish komplekslarning eng keng doirada anglatmok uchun qo’llaniladi. Umumiy genetik yondashuvning bir turi bo’lib etnogenetik yondashuv hisoblanadi va bu yondashuv o’rganilayotgan jamiyatdagi etnos munosabatlarining xarakterini, shuningdek, aniq etnik birliklarga nisbatan «inson-tabiat» munosabatini aniqlab berish, milliy muammolarning yechimini topish imkonini beradi. Genetik yondashuv o’rganilayotgan obyektlarning rivojlanish yo’llarini namoyon qilish, mintaqaviy rivojlanish istiqbollarini asoslash, alternativ variatlar orasidan eng makbo’l yo’llarni tanlashda juda muhim o’rin egallaydi. Zamonaviy mintaqaviy tadqiqotlarda geotizimli yondashuv keng ishlatiladi. Bu yondashuv oddiyroq, o’rganish jihatdan o’zaro bog’liq bo‘lgan obyektlardan tuzilgan murakkab obyektlarning tuzilishini nisbatan chuqurroq o’rganishga yordam beradi. Bunday aloqadorliklar vertikal, ya’ni bir obyekt tarkibiy qismi orasidagi aloqa bilan (masalan, landshaftda-relyef, tuproq, usimliklar orasida; shaharda-ishlab chiqarish, aholii, infratuzilma orasida), gorizontal, ya’ni tabiiy va ijtimoiy obyektlarni o’zaro boglovchi aloqalar bilan, bo’lishi mumkin. Sababli aloqadorliklarni namoyon bo’lishi va analizi asosida obyektning kelib chiqishi va ahvoli borasidagi xulosalar chiqariladi. Geotizimga yaxlit to’zulmalar, faoliyati ularning hududdagi(maydondagi) o’rninga va o’rab turgan tabiiy muhitga bog’liq bo‘lgan ko’plab o’zaro aloqador elementlar tegishlidir. «Geotizim» tushunchasi maydon obyektlarining (hududiy, ekvotorial, oyeroterial), tabiiy-hududiy va hududiy-ishlab chiqarish komplekslarning eng keng doirada anglatish uchun qo’llaniladi. Ushbu tushuncha shuningdek, ekologik-ijtimoiy-iqtisodiy birliklarni ko’rib chiqishda ham qo’llaniladi. «Chiqish» va «Kirish» aloqasi xarakteri bo’yicha geotizimlar yopiq, ochik va izolyatsiyalangan turlarga bo’linadi. Ochik geotizimlarda atrof-muhit bilan keng tarzdagi almashinushuv o’rin egallaydi; yopiq geotizimlarda faqatgina massa bilan almashinuv yuzaga chiqadi, ammo energiya bilan emas; izolyatsiyalangan geotizimlarda esa massaning ham, energiyaning ham kuyilish va okib chiqishi bo’lmaydi. Geotizimning tashki omillarga ta’sir qila olish kobiliyati uni boshqara olish mumkin degan xulosaga kelishga imkon beradi. Boshqariladigan geotizimning o’zgarish tezligi va masshtabiga kura geotizim optimal, keskin va xaloqatli bo’lishi mumkin Download 120.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling