Xalqaro mintaqashunoslik fanidan
Download 120.89 Kb.
|
Xalqaro mintaqashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etalonlarning metodi
- Statistik metod
- L. N. Gumilev
- «chiqim-chiqarish» metodi yoki Mintaqaviy sohalararo balansni ishlab chiqarish metodi
- Nazorat savol va topshiriqlari
Qiyosiy-geografik metodlar majmuiy mintaqaviy tadqiqotlarda keng tarzda qo’llaniladi. Yetarlicha ko’p sonli
obyektlar qiyoslanuvchi belgilar mavjudligida tipizatsiya amalga oshiriladi obyektlar mavjudligida-obyektlarning bir guruh, tur, turosti, sinfga birlashishi amalga oshiriladi. Obyektlarning tipizatsiyasi natijasida boshqa obyektlarni qiyoslash mumkin bo‘lgan etalonlarning ajralib chiqish imkoni vujudga keladi. Etalonlarning metodi—qiyosiy-geografik metodning bir turi hisoblanadi. Inson hayot faoliyati barcha vositalarining yaqin o’zaro aloqadorligi va o’zaro katta ta’siri obyektlarni u yoki bu belgilariga asosan klassifikatsiya qilishni qiyinlashtiradi. Bu holatlarda analogiya metodi qo’llaniladi. Uning mohiyati bir mintaqaviy qismni boshqa bir, shunga o’xshash tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi qismlar bilan qiyoslashdan iborat. Ko’pincha ushbu metod o’zlashtirib bo’lingan hududlar tajribasi bilan qiyoslash asosida yangi o’zlashtiriluvchi mintaqalar rivojlanish strategiyasi tanlash uchun qo’llaniladi. Statistik metod statistik ma’lumotlarni, sohaviy va mintaqaviy ma’lumotlar bankini qo’llashga asoslanadi. U yig’ilgan ma’lumotlarni ma’lumotlarning tizimlashtirilishini, obyekt holatiga ta’sir qiluvchi omillarga miqdoriy xarakteristika berish, obyektlarni aniq miqdoriy va sifat xarakteristikalari bo’yicha o’zaro qiyoslash imkonini beradi. Statistik metod doirasida quyidagi metodlar qo’llaniladi: o’rtacha kattalikni aniqlash metodi, dispers analiz metodi, qiyosiy metod, korellyatsion-regression analiz, balans metodi. Mintaqachilikda mintaqaviy tadqiqot metodlari orasida nisbatan kech yuzaga kelgan metod bu siklik metod hisoblanadi. Uning yordamida mintaqa ishlab chiqariluvchi jarayonlarning, xom-ashyodan va energiyadan boshlab tayyor mahsulotgacha, texnologik ketma-ketligini aniqlash mumkin. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishga Rossiya olimlari katta xissa qo’shishgan. Shunday qilib, Yu. G. Saushkin «katta» tabiiy-ijtimoiy, yoki geografik, energiya va moddalar almashinuvi siklini asoslashga harakat qildi. U inson hayoti moddalarning geoximik to’xtovsiz harakatiga, vlagooborot, gazooborot, biogenetik sikllar va boshqa tabiiy aylanma harakatiga kirib, qaysidir darajada uni o’zgartiradi. Ularga umumiy 15 ta bunday sikllar ajratilgan: okean, ko’l va suv omborlari, yer resurslari, qattiq yonilg’i, neft va qimmatbaho metall va minerallar, silikatlar, tuzlar, radioaktiv elementlar, glyatsial, tog’li, konurbaniq, biokimyoviy sikllar. L. N. Gumilev 40 dan ziyod superetnoslarning tarixini tahlil qilib, 7 ta sikl (faza, bosqich): ko’tarilish, akmatik, sinish, inersion, obskuratsiya, regeneratsiya, reliktni ajratib ko’rsatgan holda, «egri» etnogenezni tuzib chiqdi. Etnogenezning har bir sikli uchun rivojlanish bosqichlari (150 yildan 300yilgacha), etnosning xulq-atvori bog’liq bo‘lgan etnik tizim passionar tanglikka xos bo‘lgan xususiyatlar belgilangandir. Sikllilik zamon va makonning barcha strukturalari uchun xosdir, shuning uchun ham sikllar metodi ommabop bo’lib bormoqda. Mintaqaning ishlab chiqarish jarayonini tahlil va bashorat qilish, uning iqtisodiyotini keyinchalik eng muhim umumiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasiga chiqish diagnostika qilishda «chiqim-chiqarish» metodi yoki Mintaqaviy sohalararo balansni ishlab chiqarish metodi qo’llaniladi. Mintaqalar rivojining qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozni ishlab chiqishda, turli xil gipotezalar rivojining ehtimolli yo’llarini ilgari surish va tahlil qilishda modellashtirish metodi, shu jumladan matematik va mantiqiy modellashtirish qo’llaniladi. Matematik modelllar shakllantiruvchi metodlar sirasiga, mantiqiy modellar esa—shakllanmaydigan metodlar sirasiga kiradi, chunki ular verbal modellar timsol, definisiya va boshqalar va grafik modellar blok va kartografik modellar, aero va kosmik suratlarga asoslanadi. Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojining uzoq muddatli prognozlarning ishlab chiqilishi bilan dasturiy-maqsadiy metod ham bog’liq hisoblanadi. Bu metod ushbu rivojlanishning maqsadlarini shakllantirish, ularning maqsadostilarga bo’linish, ularning kelishilgan holda amalga oshirilishi uchun kerakli bo‘lgan resurslarni aniqlanishiga asoslangan. Mintaqa rivojlanishining maqsadli majmuaviy dasturi ishlab chiqilmoqda. Ko’rib chiqilgan mintaqaviy tadqiqot metodlarining har biri mintaqaviy siyosatning aniq vazifalarini hal etish uchun qo’llaniladi. Shunday qilib, mintaqalarni o’rganishdagi ilmiy yondashuv va metodlarning xilma-xilligi mintaqalar haqidagi fanda plyuralizmning ortishidan darak beradi. Ilmiy tadqiqot natijalari mintaqaviy qurilish amaliyotiga yanada ko’proq ta’sir ko’rsata bormoqda, xalqaro tajriba o’rnining ahamiyati oshmoqda. Mintaqaviy rivojlanish borasidagi mavjud bo‘lgan g’arbcha fikrlar MDH davlatlarida iqtisodiy rerasmiyarni amalga oshirishda, mintaqalararo hamkorlik tizimini tartibga solishda qo’llanilishi mumkin. Nazorat savol va topshiriqlari Yevropa mintaqasining rivojlanishining tarixiy bosqichlari qaysilar? Yevropa mintaqasining iqtisodiy rivojlanishining bosqichlarini sanang? Yevropa mintaqasining siyosiy jihatdan mintaqalashuvi jarayonini ta’rifab bering Yevropa Ittifoqining to’zulishi jarayonida qaysi omillar katta rol o‘ynagan? Download 120.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling