Xalqaro moliya bozorida sekyuritizatsiyalash amaliyoti va tendensiyalari Reja


Sekyuritizatsiyalash amaliyoti qo'llanilishining xorij tajribasi va uni Respublikamiz moliya bozorida qo’llash imkoniyatlari


Download 0.54 Mb.
bet8/10
Sana14.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1006303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI Азиза (автовосстановление)

Sekyuritizatsiyalash amaliyoti qo'llanilishining xorij tajribasi va uni Respublikamiz moliya bozorida qo’llash imkoniyatlari

Rossiyada sekyuritizatsiya bozorining paydo bo’lishi imkoniyatlari 1990-yillarda vujudga kelgandi. 1990-yillarning o’rtalariga kelib. bu imkoniyatlar tegishli resurslar bilan ta’minlandi, biroq Rossiyadagi sekyuritizatsiya bozori hali ham shaklalnish bosqichida turibdi. Garchi ta’minlangan moliyaviy vositalar turli xil qimmatli qog’ozlar va aktivlar (asosiy vositalar va murakkabroq moliyaviy mahsulotlar) asosida chiqarilishi mumkin bo’lsa-da, shunga qaramay, asosan bank kreditlari ana shunday bazalar sifatida qo’llaniladi, bu esa sekyuritizatsiya va bank kreditlarining juda yaqin aloqasi va hatto bog’liqligiga olib keladi.
Boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi, Rossiyada ham sekyuritizatsiya bozorining sezilarli qismini sekyuritizatsiya qilingan qimmatli qog’ozlar chiqarish uchun asos sifatida uy-joy ipoteka kreditlari tashchkil etadi. Ushbu bozor segmenti qatnashchilari doirasi ham xilma-xil - uy xo’jaliklaridan tortib bank strukturalariga qadar. Uy-joy ipoteka kreditlash agentligi (AIJK) timsolida qayta moliyalashtiradigan muassasalari tashkil etildi.
Rossiya Federatsiyasining jahon sekyuritizatsiya bozoriga integratsiya qilishga Xalqaro moliyaviy korporatsiya xizmat qilgan. U mazkur masala bo’yicha ishchi guruh tashkil qilib, sekyuritizatsiya Rossiya moliya bozoriga keltiradigan bir qator ijobiy jihatlarni ko’rsatib bergan.
Rossiyada qaysi bitimni ilk sekyuritizatsiya bitim deb hisoblash lozimligi haqida turli fikrlar mavjud. Ko’pincha 2000 yil amalga oshirilgan «Rossiyskiy kredit» bankini qayta strukturalash aytib o’tiladi, bu jarayon davomida xorijiy kreditorlar oldidagi qarzdorlik ta’minlangan tilxatlarga almashtirilgan. Maxsus tashkil qilingan yuridik shaxsga aylangan SNAP Ltd. (Kayman orollari) emitent sifatida ishtirok etdi, ikkinchi tomonni esa ING Barings ifodaladi. Ushbu bitim ko’p ehtimoldan sekyuritizatsiya an’anaviy sxemasiga amal qilgan.
Ta’minlangan obligatsiyalarni birinchi bo’lib «Russkiy standart» yuanki 2002 yil chiqardi. Iste’mol kreditlari bunga asos bo’lib xizmat qildi. Biroq, bitim davomida bankning balansidan hech qanday ta’minot aktivlari chiqarilmadi, bu bitimning sekyuritizatsiyaga mansubligini tasdiqlash uchun muhim shartni bajarmaslik deb hisoblanishi mumkin, chunki aynan shu harakat asosiy aktiv bo’yicha to’lovni amalga oshirmalsik riskini minimallashtirish uchun qo’llaniladi.
Ipotekalar «pul»ini to’g’ridan-to’g’ri institutsional sotish 2003 yil qayd etilgan. «Delta Kredit» banki Moskommertsbank bankiga 10 mln dollarlik qimmatli qog’ozlar sotgan. Biroq bunday to’g’ridan-to’g’ri sotishni qayta moliyalashtirishga kiritish mumkin, sekyuritizatsiyaga emas, vaholanki, uning ob’ekti ipoteka vositalari bo’lgan bo’lsa ham.
2001 yil Rossiyada amalda dastlabki sekyuritizatsiya bitimi amalga oshirildi. «Gazprom» OAJ 125 mln dollar miqdoridagi aktivlarni sekyuritizatsiya qildi, ta’minot bo’lib esa gaz eksportidan olinadigan kelajakda kutilayotgan mablag’lar xizmat qildi. Ushbu operatsiyada Fitch va S&P ishchtirok etdi, ular bergan reyting (BBB-) qimmatli qog’ozlarni investitsion qog’ozlar qatoriga kiritdi va shu tariqa ularning jalb etuvchanligini oshirdi.
Shuningdek, 2004 yil Rossiya moliya bozorining eng yangi tarixida «Rosbank» tomonidan VISA va MasterCard oldidagi qarzlari to’lashda kelajakdagi mablag’lar tushumlari bilan ta’minlangan Yevroobligatsiyalar - 225 mln dolarlik emassiya ilk bor amalga oshirildi. Reyting agentliklari sifatida Moody's va Fitch ishtirok etdi, reytinglarning o’zi esa (Ba3 va V+) investitsion reytinglarga yaqin bo’ldi. Operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi va bu originatorni 2005 yil fyevral oyida amalga oshirilgan qo’shimcha emissiyani amalga oshirishchga rag’batlantirdi. Shunday qilib, 2005 yil Rossiya sekyuritizatsiya bozori uchun eng muvaffaqiyatli yil bo’ldi, ta’minlangan aktivlar doirasi kengaydi.8
Rossiyada sekyuritizatsiya bozorini rivojlantirishning yana bir yo’nalishi 2005 yilda "Soyuz Bank" ning qo’llab-quvvatlagan qimmatli qog’ozlari (Rossiya standart banki ishtirokida) deyarli 50 million dollarga chiqarilgan bo’lib, ko’pchilik bu sekyuritizatsiya joriy qiymatdan himoya qilish bitimi deb hisoblashadi. 2005 yilda u rublning "Xoum-kredit i finans" rubldagi iste’mol kreditlarini sekyuritizatsiya qildi.
2006 yilda Rossiya moliya bozorida sekyuritizatsiya jarayoni davom ettirildi, lizing shartnomalari ilgari foydalanilgan aktivlar ta’minotiga lizing (bitim Rossiya temir yo’llari ishtirokida o’tkazildi) va ipoteka kreditlari (AIJK, VTB24 bank va boshqalar) shartnomalari qo’shildi, operatsiyalarning o’zi esa milliy moliya bozori chegaralaridan o’tib, jahon moliya bozorig kirdi, uzoq vaqt davomida sekyuritizatsiya moliya tizimining rivojlanishiga hissa qo’shadi deb kelindi.
2007 yil Rossiya Federatsiyasida, ayniqsa, ipoteka kreditdaoi sohasida sekyuritizatsiya bozorining o’sishi qayd etildi. Xuddi shu yili Rossiya ta’minlangan qarz majburiyatlari ilk bora chiqarildi.
Ammo 2007 yilda AQShda boshlangan ipoteka inqirozi bizning mamlakatimizga juda tez keldi. Rossiya qimmatbaho qog’ozlarini birinchi bo’lib xorijiy investorlar tashlab yuborishga kirishdi, yangi joylashtirishlar umuman amalga oshmadi. AIJK va Vneshekonombank dasturlari moliya bozorining ipoteka segmentidagi pasayishni chekladi, ammo umumiy vaziyat juda beqaror edi va uzoq vaqt bunday saqlanib qolmadi - faqatgina 2012 yilda inqirozdan keyingi Avstriya bankining rus «qizi» ishtrokida birinchi sekyuritizatsiya operatsiyasi amalga oshirildi.
Rossiya sekyuritizatsiya bozorining kapitallashuvi pasayishi nafaqat inqirozli 2007-2009 yillar davrida, balki keyingi yillarda (sekinroq sur’atlar bilan) ro’y berdi, bu esa uning turg’unligidan dalolat beradi. Biroq shuni hisobga olish kerakki, ipoteka kreditlari sekyuritizatsiya ijobiy dinamikasi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan birga uning rivojlanishini rag’batlantirishi lozim. Albatta, bunday bitimlarni qat’iy, bosqichma-bosqich va ayniqsa, reytinglash bosqichida nazorat qilish lozim (AQSh dagi kabi holat ro’y bermasligi uchun). Bu xalqaro darajada ham hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga xizmat qiladi.




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling