Xalqaro moliya-kredit
Download 435.5 Kb.
|
2 5400337100253955553[1]
Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta`minlab berish. Soliqlarning fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko`rsat- kich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlaming fiskal funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlami qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko`payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.
Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga kо`maklashish. 0‘zbekiston Respublikasida soliqlaming ushbu vazifasini bajarishi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalaming asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak. Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog`liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. Iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat printsiplari o`rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo`yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo`lishi kerak. Soliqqa tortish tizimida mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. Soliqlaming budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlami amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi yangi paydo bo`lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo`li orqali hal etish mumkin. Shunday qilib, soliqlaming vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o`rta va uzoq muddatli vazifalarga bo`linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo`lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki davlat daromadlarini budjetning o`rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. Biz avvalo, soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarining bir-biridan farqini bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jihatdan soliq tizimi deganda soliqlar yiq'indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi deganda iqtisodiyot subyektlarini muayyan soliqlarga tortishning tashkiliy usullari yig`indisi tushuniladi, ya'ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yig'indisidir. Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy Majlis tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tuzilish usullari va tamoyillari yig’indisiga aytiladi. Bu tizimning o`rni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi. Hozirgi davrda O`zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarini mablag` bilan ta'minlash zarurligi bilan belgilanadi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi. Soliq subyektlari bu soliq munosabatlarining ishtirokchilaridir. Bularga asosan soliq to`lovchilar: yuridik shaxslar-korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-aholi kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, ya'ni soliq oluvchi. Soliq obyekti-bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko`pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalana, yer solig`i yoki daromad solig`i. Soliq manbayi - bu soliq to`lovchi (subyekt)ning daromadidir. Daromad, yalpi daromad, tushum. Ba'zi soliqlarda soliq obyekti va manbasi bir bo`ladi. Masalan, korxonalar daromadiga soliqda obyekt yalpi daromad, soliq manbasi daromaddir Aholining daromad solig`ida obyekti yalpi daromad, manba ham yalpi daromad. Markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq va yig`imlar turlarining yiq'indisiga soliq tizimi deb ataladi. Tizim-bu yig`ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog`liqligi ham ifoda etilgan. Soliq tizimining elementlari soliq obyektiga qarab uch guruhga bo`lish mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo`shilgan qiymat solig`i, korxlardan foydalanganligi uchun soliq, bojxonaboji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig`i va daromad soliqlari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig`i va yer soliqlari kiradi. Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga bo`lish mumkin.To`g`ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlarda huquqiy va haqiqiy soliq to`lovchi bitta shaxs boiadi. Soliq ilgaridan aniq belgilangan bo’ladi. Uning manbayi bo`lib korxona va tashkilotlarning xo`jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun hisoblanadi. Aholi soliqlarida esa soliq manbayi bo`lib to`g`ridan-to`g`ri aholining o’zi hisoblanadi. Foyda (daromad) solig`i, yer solig`i va daromad solig`i to`g`ri soliqlarning eng muhim turlaridir. Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog`liq bo`lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (bahosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so`zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste'molni kamaytiradi. Bu soliqlarni ba'zan iste'mol soliqlari deb ham ataladi. Bunday qaraganda, ularni go`yo mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi to'layotgan bo`ladi. Aslida esa ularning haqiqiy to’lovchisi tovar va xizmatlarni iste'mol qiluvchilar bo`ladi. Egri soliqlar guruhiga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i va bojxona bojlari kiradi. Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling