Xalqaro moliya-kredit
Download 435.5 Kb.
|
2 5400337100253955553[1]
Manba: maqolalar.uz
Har qanday o‘quv materiali ham muammoli bayon etishga mos kelavermaydi. O‘quvchilarga fan tarixini o‘rgatishda muammoli vaziyatlarni yaratish oson. Farazlar, yechimlar fandagi yangi ma’lumotlar takroriy bosqichidagi an’anaviy tasavvurlarning inqirozi, muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va hokazolar muammoli bayon etish uchun mos keluvchi mavzular hisoblanadi. Kashfiyotlar tarixi orqali izlanish mantiqini egallash – muammoli fikrlashni shakllantirishning asosiy istiqbolli yo‘llardan biridir. O‘qitishning an’anaviy usulidan muammoliga o‘tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan «muammolik darajasi»ga bog‘liq bo‘ladi: 1 . muammoning murakkablik darajasi – mazkur muammo doirasida talaba uchun ma’lum va noma’lumlar nisbatiga ko‘ra aniqlanadi; 2 .muammo yechimida o‘quvchilar ijodiy ishtirokining ham jamoaviy ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi. O‘quv materialini muammoli bayon etish – ma’ruzaviy mashg‘ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg‘ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. O‘qituvchi ma’ruza paytida o‘quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o‘zi yechadi, o‘quvchilar esa yechimlarni izlash jarayoniga faqat hayolan qo‘shiladilar. Masalan, «Soliqning ijtimoiy – iqtisodiy masalasi nimadan iborat» mavzusidagi seminarning boshida «Soliq salohiyatini oshirirsh nimaga kerak?» degan muammo qo‘yiladi, ammo o’qituvchi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday yetib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriblar haqida hikoya qiladi. Qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar talabalarga intellektual qiyinchiliklar tug‘diradi va maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. O‘qituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo‘naltiruvchi savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim, u o‘quvchilar javoblarigi tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko‘nikma, bilim-transformatsiya (qayta shakllanish) ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv o‘qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.mustaqil tadqiqot faoliyatida talabalar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni yechadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va o‘qituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta’minlaydi. Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat» «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi uni bartaraf etish yangi bilimlar usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa shubhasiz muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi ya’ni muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib etilishi ifodalanishi mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi biroq barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda mamlakatimizda soliqlarning iqtisodiy mohiyati , maqsadi va bugungi kundagi holatini tahlilini qilishga, shuningdek ayni yo’nalishimiz bo’lgan kasbiy ta’limda , o’qituvchilar seminar mashg’ulotlarini mamlakatimizda soliq salohiyatini oshirish masalalari bo’yicha o’takaizlayotgan mavzusini innavatsion texnalogiyalar va ta’lim metodlari orqali yanada sifatli va tushunarli o’tish masalalarini ochib berishga harakat qildik va quyidagi xulosalarni chiqardik:
Download 435.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling