Valyuta birjasi savdolaridagi so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi o‘zgarishi dinamikasi
Shu bilan birga, 2018 yilning qolgan oylari so‘m almashuv kursining yil boshidagi darajasiga nisbatan keskin o‘zgarishi kutilmayapti.
Valyuta kursining joriy dinamikasi tashqi omillar ta’sirini yumshatib, iqtisodiyotimizni o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Xususan, Xalqaro pul o‘tkazmalari va eksportdan tushadigan tushumlarning kamayishi sababli yuzaga keladigan yo‘qotishlar, almashuv kursi pasayishi natijasida uning so‘mdagi ekvivalentining oshishi hisobiga ma’lum darajada qoplanadi.
Markaziy bank tomonidan kelgusida ham, almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir etmagan holda, uning keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida, ichki valyuta bozorida intervensiyalar amalga oshirib boriladi.
Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi ishtiroki oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma’lum darajada ushlab turish uchun foydalanish maqsadlarini ko‘zlamaydi. Avval ta’kidlanganidek, Markaziy bank “oltin-valyuta rezervlar neytralligi” tamoyiliga amal qilishni davom ettiradi. Bunda, Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish, ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin hajmi doirasida likvidlikni sterilizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Intervensiyalar hajmi ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta’sirida oylar orasida o‘zgarishi mumkin.
Milliy valyutaning qadrsizlanishi ichki narxlar shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘m almashuv kursining bir foizga qadrsizlanishi yillik inflyatsiya sur’atini o‘rtacha 0,2 foiz bandga tezlashishiga olib keladi.
Tashqi omillar o‘zgarishi va so‘m almashuv kursi dinamikasining inflyatsiya darajasi hamda inflyatsion kutilmalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida pul-kredit siyosati yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirish kiritish masalasi Markaziy bank Boshqaruvining joriy yil 22 sentabridagi yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |