Xalqaro munosabatlar tarixi


Download 32.64 Kb.
bet5/15
Sana22.06.2023
Hajmi32.64 Kb.
#1647585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ikkinchi jahon urushidan so’ng xalqaro munosabatlar-azkurs.org (1)

Yevropa qit'asining asosiy muammosi Germaniya edi. Koreya urush boshlanishi bilan AQSH nemis qurolli kuchlarini yaratish uchun faol harakatlar qildi. Amerikalik strateglarning fikricha, bu qurolli kuchlar amerikaliklar Uzoq Sharqda urush olib borayotgan paytda Yevropani muhofaza qilishlari lozim edi. Angliya Germaniyani qayta qurollantirish bo'yicha amerikaliklar loyihasini to'liq ma'qulladi. Biroq yangi variantning paydo bo'lishi istiqboli Fransiyani mutlaqo qoniqtirmasdi. Yevropa hamkorligi asosan iqtisodiy sohada mavjud bo'Idi. Bunday hamkorlik suverenitetni yo'qotishni ko'zda tutmasdi. Aksincha, undan olingan foyda hukumat tomonidan xalq ehtiyojini qo'llab-quvvatlashi mumkin edi. Yevropa mamlakatlari rahbarlari o'rtasida iqtisodiy cheklanishlardan voz kechibgina mamlakatdagi iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin, degan fikr ustuvor turdi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman (1886 —1963), GFR kansleri Konrad Adenauer (1876-1967), Itallya bosh vaziri Algido de Gasperi (1881-1954) va Belgiya bosh vaziri Pol Anri Spaak (1899-1972) kabilar Yevropadagi bu yangi harakatda yetakchi siymolar bo’lishdi

1950-yin R.Shuman g'arbiy Yevropada ko'mir va po'Iatni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish taklifi bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, g'arbiy Germaniya va Benilyuks (Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg) mam-lakatlari Yevropa ko'mir va po'Iat birlashmasi (YKPB)ni tashkil qildi. Uning faoliyati faqat bir soha bilangina bog'liq bo'Isa-da, biroq butun sanoat ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega edi.

1950-yin R.Shuman g'arbiy Yevropada ko'mir va po'Iatni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish taklifi bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, g'arbiy Germaniya va Benilyuks (Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg) mam-lakatlari Yevropa ko'mir va po'Iat birlashmasi (YKPB)ni tashkil qildi. Uning faoliyati faqat bir soha bilangina bog'liq bo'Isa-da, biroq butun sanoat ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega edi.

Yevropa ishlab chiqarishi yuksala boshladi. 1955- yilga kelib ko'mir ish-lab chiqarish 23 foiz, temir va po'Iat ishlab chiqarish qariyb 150 foizga o'sdi. Hamjamiyat bu mahsulotni ish-lab chiqarishdan ham, g'arbiy Yevropa iqtisodiyoti umumiy o'sishidagi bevosita ulushidan ham rivojlanib bordi. Uning yutug'i ko'p jihatdan muvofiqlashtirish va iqtisodiy integratsiyalash konseptsiyasi tarafdoralri qarashlarini kuchaytirdi.


Download 32.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling