Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti


Totalitar tartibotlar quyidagi belgilari va ko'rinishlari bilan ajralib turadi


Download 59.55 Kb.
bet5/8
Sana03.06.2024
Hajmi59.55 Kb.
#1842054
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Murotov Ozodbek

Totalitar tartibotlar quyidagi belgilari va ko'rinishlari bilan ajralib turadi:
1. Butun jamiyat hayoti mafkuraga bo'y sundiriladi. Hukmron mafkuraga absolyut haqiqat maqomi beriladi. Mazmuniga ko'ra totalitar mafkura inqilobiydir. U yangi inson va yangi jamiyat ko'rishni asoslaydi.
2. Axborot manbalarining to'laligicha hokimiyat qo'lida ekanligi. Aholining siyosiy madaniyati siyosiy axborotlardan xabardorlik bilan almashinadi. g'oyaviy muholiflar dushman sifatida baholanadi;
3. Davlat mavqeining kuchayib, fuqarolar jamiyati, har qanday shaxsiy hayotining yo'qqa chiqarilishi; Totalitarizmning asl maqsadi — fuqarolik jamiyatining har qanday ko'rinishlarini yo'q qilish. Inson yoki ijtimoiy guruhlarning mustaqilligini ta’minlovchi barcha, narsalar emiriladi, inson siyosatdan mutlaqo begonalashgani holda, siyosat sub’ekti deb baholanaveradi;
4. Rahbar partiya davlat apparati bilan birlashib ketishi natijasida jamiyatni nihoyatda markazlashgan davlat — partiya nomenklaturasi boshqaradi;
5. Ijtimoiy nazorat va zo'rlik apparati kuchayadi;
6. Markazlashgan iqtisod davlat mulkning barcha shaklari ustidan qattiq nazorat o'rnatishi;
Yuqorida sanab o'tilgan umumiy belgilar bilan birga totalitar tuzumlar muayyan farqlar, o'ziga xos belgilarga ham ega. Bu — ularning bir nechta ko'rinishlarini ajratib, o'rganish imkonini beradi. Hukmron mafkuraga ko'ra ularni kommunistik, fashistik, natsional — sotsialistik tartibotlarga bo'linadi. Totalitarizmning tarixan birinchi va klassik ko'rinishi — sovet tarzidagi kommunizm sotsializmdir. G’arbda uni "sul totalitarizm", deb ham baholanadi. Kommunistik jamiyat xususiy mulkni bekor qilish bilan shaxs erkinligini ham yo'q qiladi, davlatning mutloq hokimiyatini ta’minlaydi.
Fashizm Italiyada 1922 yilda o'rnatilgan. Italiya fashizmi asosan millat ravnaqi, Rum imperiyasi buyukligi tiklash vazifasini qo'ygan. Fashizm "ruhi"ni poklash, madaniy yoki etnik asosda kollektiv bir xillikni ta’minlash, jinoyatchilikni yo'qotish da’volari bilan chiqadi.
Natsional — sotsializm 1933 yilda Germaniyada vujudga keldi. U fashizmdan o'sib chiqqan bo'lsa—da, ko'p xususiyatlarini sovet kommunizmidan olgan. Xususan, inqilobiylikni, sotsialistik g'oyalarni, totalitar partiya va davlat tuzish shakllarini v.h. Faqat "sinf" tushunchasining o'rnini — "millat", "sinfiy manfaatlar"ni, “milliy va irqiy manfaat” oladi. Kommunistik tizimlarda kurash tig'i ichki, sinfiy dushmanga qaratilgan bo'lsa, natsional- sotsializmda tashqariga, boshqa xalqlarga qarshidir. Ushbu totalitar tuzumlarning asosiy farqi ularning turli maqsadlarida — (kommunizm, imperiyani tiklash, oriylarning dunyo hokimiyati) va suyanadigan ijtimoiy kuchlarning xar-xilligidadir (ishchilar sinfi, rimliklarning avlodlari, german millati). Shu uch totalitar davlat turlari ichida ham aynan o'xshashlari kam, ma’lum xususiyatlari bilan ular farqlanib turadi. Masalan, SSSRdagi stalinizm bilan Kampuchiyadagi Pol-Pot rejimi. Bu farqlarning manbaini albatta, madaniyatlaridagi farqlaridan izlash lozim.
Totalitar tartibotlarda siyosiy barqarorlik yuzaki, bu, ayniqsa, rahbarlar almashinuvi jarayonida kuzatiladi. Negaki, bu tartibotlarda hokimiyatlarning bir shaxsdan ikkinchisiga o'tishi tartibi, tadbirlari ishlab chiqilmagan, ishlamaydi.
Totalitar davlat o'z zimmasiga juda ko'p vazifalarni yuklaydi, shu jumladan o'ziga xos bo'lmaganlarini ham, ammo, ularni to'la ko'lamda bajara olmaydi. Natijada bunday tartibotlar yoki emiriladi, yoki asta-sekin liberallashadi.

Download 59.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling