Xalqaro munosabatlarda bmtning o`rni Reja
Download 0.83 Mb.
|
BMT Xalqaro munosabatlar
ORIENTALUNIVERSITY NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI Xalqaro munosabatlarda BMTning o`rni Bajardi: Yusupova Feruzaxon Anvarjon qizi Birlashgan millatlar tashkiloti Xalqaro munosabatlarda BMTning o`rniReja:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan. BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) — New York. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi. BMT emblemasi. BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. BMT bayrog`i Oʻzbekiston va BMT Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng koʻp oʻtmay – 1992-yilning 2- martida BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. 1948- yil 10-dekabrda Bosh Assambleyasi Inson xuquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasini eʼlon qildi va qabul qildi. “Har bir odam uchun insonning umumiy xuquqlari ilk bor oʻz ifodasini topgan ushbu xujjat bugungi kunda 360 dan ortiq tilda chop etilgan va jaxondagi eng koʻp tarjima qilinadigan xujjat xisoblanadi. Bu uning universal xususiyatga ega ekanligi va keng tarqalishidan dalolatdir. Mazkur xujjat koʻplab yangi, mustaqil davlatlar konstitutsiyalari va yangi demokratiyalar uchun namuna boʻlib xizmat qilmoqda, ongimizda ezgulik va yovuzlik xaqida fikr yuritish imkonini beradigan mezonga aylandi,” – deb tarifladi BMTning Bosh kotibi. Ushbu deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan eng birinchi xalqaro hujjatdir. 1991- yil 30- sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy xuquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikki boʻlimi mazkur deklaratsiya talablariga toʻla mos boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng xuquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqesidan qatiy nazar, qonun oldida tengligi taʼminlangan. Respublikamizda inson xuquqlariga oid yuzdan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. BMT Ustavi – barcha davlatlar rioya etilishi shart boʻlgan yagona xalqaro xujjatdir. Bugungi kunda yer yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud boʻlib, ulardan 193 tasi BMTga aʼzo boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yilning 2 martida BMTga aʼzo boʻldi. Dunyodagi eng nufuzli tashkilot boʻlmish BMTning Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi shu kuni 2 mart 1992 yildan beri yuqoriga samoga koʻtarilgan. 1993- yilning 24- avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTning muhim sanalari 1945 yil 24 oktyabr – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi: uning Nizomi Xavfsizlik Kengashining besh doimiy aʼzosi hamda uni imzolagan davlatlarning koʻpchiligi tomonidan ratifikatsiya qilindi va kuchga kirdi. 1947 yil 24 oktyabr – Bosh Assambleya oʻzining 168-sonli Rezolyutsiyasi bilan “Birlashgan Millatlar kuni”ni rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1948 yil 10 dekabr – Bosh Assambleya Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini qabul qildi. 1949 yil 24 oktyabr – Nyu-Yorkda BMT Markaziy muassasalari binosiga birinchi gʻisht qoʻyildi. 1965 yil – BMT Bolalar Fondi – UNICEF ga tinchlik uchun Nobel mukofoti berildi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling