Xalqaro Nordik Universiteti 1-kurs talabasi Sharopov Faxriddinning Yozish va taqdimot fanidan tayyorlagan taqdimot


Download 1.07 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1544383
1   2   3
Bog'liq
Faxriddin YVT

Do‘stlik, o‘rtoqlik rishtalarining bog‘lanishi va mstahkamlanishini ta’minlovchi birmuncha xislatlar -rostgo‘ylik, bir-birini o‘zaro hurmat qilish va sirdosh bo‘lish, o‘rtoqlarga doimo g‘amxo‘r bo‘lish kabilarni o‘z vaqtida amalga oshirib borsak, bizning o‘rtoqligimiz ortib, haqiqiy do‘stlik darajasiga ko‘tarila oladi, shuning uchun ham do‘stlik o‘rtoqlikning oliy shaklidir, deb yuritiladi. Chunki do‘stlik avvalo o‘rtoqlikdan boshlanadi


Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy me’rosi, asori-atiqalari, xalq og‘zaki ijodi namunalarida do‘stlik va o‘rtoqlik hislari ulug‘lanib, chin do‘stlik, unga sadoqat tuyg‘ularining bola shaxsi shakllanishiga ta’siri benihoya kattadir va ular xaq qalbiga yaqinligi, soddaligi bilan ham bola ruhiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarning intellektual salohiyati esa ishchanlik, mehnatsevarlik, tashkilotchilik, ijodkorlik, tashabbuskorlik kabi sifatlar bilan belgilanib, bu borada ma’naviy qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda do‘stlik va o‘rtoqlikni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoada o‘quvchilarni o‘rtoqlik va do‘stlik hissida tarbiyalash, shu jumladan, turli mavzularda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishlari ularda jamoa hissi kabi tushunchalar mohiyatini to‘g‘ri anglash, ma’naviy qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda do‘stlik va o‘rtoqlikni tarbiyalash, o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish, ularda do‘stona munosabatlarni shakllantirish omillarini aniklab olishni taqozo etadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchisi o’z tengdoshlari bilan muloqotsiz, ularning hamkorligisiz yashay olmaydi, u faoliyatning barcha turida tengdoshini hurmat qilishga, do’stlik aloqalarini o’rnatishga, xayrihoxlikka, mehr-shavqatga orgatish oson ko’chadi. Boshlang’ich ta‟lim jarayonida o’quvchilarni do’stlik, o’rtoqlik ruhida tarbiyalashda o’zbek xalq maqollaridan foydalanish esa insoniy fazilatlarni rivojlantirishda samara beruvchi omillaridan biridir. 
Bu esa o’z navbatida o’quvchi shaxsida mas‟uliyatni his etish, ongli intizomga rioya qilish, o’zaro do’stlik, o’rtoqlik, hamkorlikni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birgalikda boshlang’ich sinflar darsliklarida xalq og’zaki ijodiyotining, xususan, ertaklarning aks etishini o’rganish va ulardan do’stlik, o’rtoqlikka doirlarining o’rni va imkoniyatlarini ham aniqlash zarurdir. Jamoa va uning shaxs shakllanishidagi o‘rni, jamoaning istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish o‘quvchilarning ta’lim muassasalari ijtimoiy hayoti, shu jumladan, turli mavzularda tashkil etiladigan ma’naviyma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishlari ularda jamoa hissi kabi tushunchalar mohiyatini to‘g‘ri anglash o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish, ularda do‘stona munosabatlarni shakllantirish omillarini aniklab olishni taqozo etadi.
Jamoada o‘quvchilarni o‘rtoqlik va do‘stlik hissida tarbiyalash mazmuni, shakl va usullarini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o‘rtoqlik va do‘stlik hissida tarbiyalashning mazmuni va shakl metodlari.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o‘rtoqlik va do‘stlik hissida tarbiyalash jarayoni.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling