Xalqaro Nordik universiteti “Iqtisodiyot” yo’nalishi 1-guruh talabasi Anvarova Iroda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 3-topshiriq esse asosiy qism Inqiroz


Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati


Download 187.5 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi187.5 Kb.
#1622660
1   2
Bog'liq
Anvarova Iroda - Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan - 3-topshiriq

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati:
Sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 98,4 % Chakana savdo tovar aylanmasi oʻsish surʼati – 101,2 % Tashqi savdo aylanmasi oʻsish surʼati – 87,6 % shundan: eksportning oʻsish surʼati – 92,6 %
importning oʻsish surʼati – 84,0 %
Qurilish ishlari hajmining oʻsish surʼati – 109,1 %
Xizmatlar hajmining oʻsish surʼati – 102,2 %
Roʻyxatdan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 424395 ta
Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 398771 ta
Roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni – 490 718 ta
Faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 462 584 ta.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyot sohasida kichik xususiy tadbirkorlikga va ularga investitsiya kiritib kengaytirishga e’tibor qaratilmoqda. Bu sohada qonun hujjatlarida bir qancha imtiyozlar va erkinliklar belgilab berilgan. Xalqni shu tariqa boy qilish va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, shu bilan birgalikda kuchli iqtisodiy asoslarga ega bòlish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston tabiiy boyliklarga boy mamlakat, shu o’rinda ulardan keng tarmoqli foydalanish asoslari bo’yicha ham bir qancha ishlar qilinmoqda. Iqtisodiy mustaqillik eng muhimi shunday ekan iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish asosiy o‘rinda turadi.


Xulosa
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi.
Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling