Xalqaro Nordik Universiteti Maktabgacha pedagogika


Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati va mazmuni


Download 62.01 Kb.
bet6/6
Sana18.06.2023
Hajmi62.01 Kb.
#1577992
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o\'yin tarixi

Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati va mazmuni


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning faoliyati rang-barang bo‘lib, ular mustaqil harakatli o‘yinlarni o‘ynashni yoqtiradilar.


O‘yin – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatidir. Rossiyalik pedagogi A.S.Makarenko aytganidek, o‘yin bola uchun bilish manba’idir. O‘yin jarayonida bolalar egallay bilishlari qiyin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni osongina o‘zlashtirib oladilar, narsalarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib oladilar. Ular tevarak-atrofdagi ko‘rgan narsalarini o‘yinda ifodalash orqali turli harakatlarni bajaradilar, ya’ni yuradilar, yuguradilar, sakraydilar, o‘rmalaydilar, biron buyumni irg‘itadilar. Natijada ularning qaddi- qomati, muskullari va sezgi organlari rivojlanadi, organizmining hayot faoliyati yanada yaxshilanadi. O‘yinda bolaning irodasi, o‘z harakatlarini o‘yin qoidasiga bo‘ysundira-olish ko‘nikmasi o‘sadi, u o‘zini qo‘pol hatti-harakatlar qilishdan tiyadi, zarur bo‘lganda chaqqon harakat qilishga o‘rganadi, oqibatda unda jismoniy sifatlar tarkib topadi.
Harakatli o‘yinlar, ayniqsa, musobaqa xarakteridagi o‘yinlar bolalardagi kuch-quvvat, chaqqonlik, epchillik, tezkorlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantiradi va takomillashtiradi.
“O‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy vositasi bo‘lishi kerak”, - degan edi Ye.A.Arkin.
O‘yinlar bolalarda o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatlari bilan moslashtira olish qobiliyatini rivojlantirishga, shaxsiy manfaatini jamoa manfaatlariga bo‘ysundira olishga yordam beradi, sabr-toqatni, o‘zini tuta bilishni, zveno, komanda muvaffaqiyati uchun mas’uliyat seza bilish hissini tarbiyalaydi. Harakatli o‘yinlar qoidalarini bajarishning majburiy ekanligi bolalarni intizomli qiladi, ularda tashkilotchilikni tarbiyalaydi. Umuman, bolalar jamoa holda o‘ynar ekanlar, ular bu jarayonda jamoada o‘zini qanday tutish qoidalarini o‘rganadilar, uyushqoqlik bilan o‘yin o‘ynash ko‘nikmalarini hosil qiladilar. O‘z zimmalariga tushgan rollarni bajarishda katta mas’uliyatini his etishga odatlanadilar.
Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, turli hayvonlarni, qushlarni taqlid qilish va odamlarning haqiqiy harakatlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bolalar o‘yin yordamida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan foydali harakatlarni egallab oladilar va uni tinmay mashq qiladilar. Harakatli o‘yinlar qoidalarini bajarishning majburiy ekanligi bolalarni intizomli qiladi, ularda tashkilotchilikni tarbiyalaydi.
Bola o‘ziga zavq uyg‘otadigan yorqin, ohangdor narsalar bilan o‘ynashga intiladi. Bola sezgi organlari orqali idrok etgan tevarak-atrofdagi narsa va tabiat hodisalarining izlari uning xotirasida tasavvur tarzida saqlanib qoladi. Tarbiyachi maktabgacha ta`lim tashkilot bolalari bilan o‘yin tashkil qilganda, albatta ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish va “Dastur”1 talabiga javob beradigan o‘yinlardan foydalanishi zarur. Masalan, kichik guruxda, bolalarning oddiy harakatlarini – yurish, chopish, sakrash, irg‘itish va ilib olish malakalarini tarbiyalash qo‘yilgan.
O‘yin jarayonida 3-4 yoshli bolalar ko‘rsatilgan tomon yurish, yugurishga belgilangan joydan chiqib ketmaslikka o‘rganib boradilar va boshqa kerakli harakatlarni o‘zlashtiradilar. “Dastur” asosida 4-5 yoshli bolalar uchun belgilangan harakatli o‘yinlar mazmuni va o‘tkazish metodikasi berilgan.








Download 62.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling