Xalqaro nordik universiteti "Maktagacha ta`lim" yo’nalishi
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
ytqk
XALQARO NORDIK UNIVERSITETI “Maktagacha ta`lim” yo’nalishi “Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi” fanidan Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan TEZIS Bajardi: Saboxat Usmonova 2023-yil NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY Mavzu: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi Xalqaro Nordik Unversiteti Saboxat Usmonova Maktabgacha ta’lim(sirtqi) yo’nalishi 1-bosqich talabasi. Annotatsiya: Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi Kalit so’zlar: Kirish Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20- yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. Asosiy qism: Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik qildi (1907–15). 1917-yil Oktabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26). Adabiyotlar: Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910- yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914—1915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, XX tongidagi oʻzbek realistik adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida turgan murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy, M. Avezov, X. Deryayev, Chingiz Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqur mazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning ixchamligi va katta prozada ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi, hammadan ham muhimi – kishilar harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda. Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta mahorat koʻrsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: XULOSA „Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish, soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“. Elektron resurslar: https://uz.wikipedia.org Fayllar.org Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling