Xalqaro nordik universiteti normatova shaxlo muzaffar qizi


Download 22.08 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi22.08 Kb.
#1469736
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-topshiriq

Keywords: Information technology, world development, UG-software package, sensor application, development of students and teachers, teachers and students, officials, head of educational institution, gadget.

Maqolada mutaxasislik fanlarida axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘quv-ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etilishi va o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jabhalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni tadbiq qilish darajasini tezlashtirib yubordi. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’ektiv jarayoni va zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir.


XXI asr axborot texnologiyalari asrisifatida kirib keldi. Axborot texnologiyalari allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanib boʻlgan. Bolalarimizni iqtidorli, zamonaviy bilimlar egasi qilib tarbiyalash uchun kompyuter savodxonligining ahamiyati yuqori.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “XXI asr axborot texnologiyalari asri” – degani kabi butun jahon taraqqiyoti tobora axborot – texnologiyalari bilan tez sur’atda rivojalanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud. Ma’lumki, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga eng birinchi turtki juda murakkab hisoblashlarni tezda bajarishga tug’ilgan katta ehtiyojdir .
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini
belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
 Ichki omillar.
 Tashqi omlilar.

Download 22.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling