Xalqaro nordik universiteti
Download 56,26 Kb. Pdf ko'rish
|
mta esse MADRAXIMOVA DILFUZA
XALQARO NORDIK UNIVERSITETI ESSE ESSE ESSE Maktabgacha ta'lim tarbiya pedagogikasining fan sifatida rivojlantirish bosqichlari Bajardi: MADRAXIMOVA DILFUZA MMT-723 Anonatsiya: Maktabgacha ta'lim tarbiya pedagogikasining fan sifatida rivojlantirish bosqichlari Reja: 1. Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari. 2. Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 3. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari. Kirish:Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyat qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun- qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Asosiy qism: Pedagogika - grekcha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqyeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta'lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta'lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az- Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid – Cho‘lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta'lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulub»i, Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir. Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g‘oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi, natijada ta'lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim- tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og‘irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, bilim berishda bolani qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi. Pedagogik fikrni rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma'lum bo‘lib, u ta'limning ko‘rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi. Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari «Onalar maktabi» degan maktabgacha tarbiya qo‘llanmasi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog‘bon daraxtning biologik o‘sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart, deydi. Komenskiy o‘qishga hammaning tortilishini, hamma umumta'lim olishi kerakligini uqtiradi. «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinganiga qadar ham biz maktabgacha tarbiya to‘g‘risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yangicha yondashmoqdamiz. Zero dasturimiz talablariga asosan maktabgacha ta'lim turi – bolani maktabga tayyorlash bilan birga, uni sog‘lom bo‘lib o‘sishini ta'minlaydi, muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida oilaviy ta'limning ko‘rinishlaridan biri «Xonadon bog‘chasi», «Bolalar bog‘chasi, boshlang‘ich maktab» majmualarini keltirish mumkin. Bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratmoqda. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta'lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi. Quyidagi sxemada maktabgacha ta'lim pedagogikasining predmeti ko‘rsatib o‘tilgan: Bola tug‘ilgan kundan boshlab, uni maktabga borgunga qadar bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta'lim pedagogikasining muvzuidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta'minlab, ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chikdi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasining nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik xodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta'lim, ma'lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi. Pedagogikaning asosiy tushunchalari Tarbiya Ta'lim Ma'lumot Pedagogik hodisa bulib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish, ularning ongiga, xulqiga ta'sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta'lim berish jarayonida tarbiya va ma'lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta'lim ikki tomonlama jarayon - o‘qitish va o‘qishni o‘z ichiga oladi. Asosiy pedagogik tushuncha bo‘lib, uning ijtimoiy hayot voqyealarini ob'ektiv aks ettirishdir. Ma'lumot kishini bilishga bo‘lgan talabini ta'minlab, undagi qobiliyatlarni ma'lum darajaga ko‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Ma'lumot ta'limning natijasi bo‘lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egalashdir. O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim ko‘nikma va malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlik kilishdir. O‘qish – bolalarning bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy xodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta'limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika ahloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi. Estetika – insonlarni voqyelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat kiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chikishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi. Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra pedagogikaning psixologik fani bilan bog‘liqligi an'anaviy tus olgan. Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o‘rin tutadi. Umumiy pedagogika guruhi – uzluksiz ta'lim jarayonining o‘ziga xosligini asoslab beruvchi – oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika degan tarmoqlarga bo‘lingan. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari Maktabgacha pedagogika o‘z tadqiqot ob'ektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi maktabgacha pedagogika fanini ham rivojlanib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni takomillashtirishga, ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi. Adabiyotlar bilan ishlash metodi. Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi. O‘rganilgan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar, qonunshunoslikka oid huquqiy hujjatlar kiradi. Shu bilan birga pedagogika faniga oid bӯlgan tarixiy pedagogik adabiyotlar, darsliklar, o‘quv -metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarining qay tomonlama yaxshi ochilgan, qaysi masalalarni xal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi. Maktabgacha pedagogikaning ko‘pgina muammolarini hal etishda ta'lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribani o‘rganish jarayonidagi muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o‘rganishda kuzatish, anketalashtirish, tarbiyachi va bolalarning ijodiy ishlari, pedagogik hujjatlarni o‘rganish metodlaridan foydalaniladi. Kuzatish metodi . Ma'lum bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko‘zlab muntazam ravishda o‘rganish, ta'lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o‘zgarishini kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktlar to‘plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi. Suhbat metodi . Suhbat aniqlanishi kerak bo‘lgan masalalrni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o‘tkaziladi. Suhbat yakka tartibda, hamda jamoa tarzida bo‘lishi mumkin. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqyea xodisalari to‘g‘risidagi qiziqishlarini, tasavvurlarini aniqlab olishga yordam beradi. Suhbat yoshlar bilan ham, katta yoshdagi kishilar bilan ham o‘tkaziladi. Anketa yo‘li bilan so‘rash metodi . Anketa yo‘li bilan so‘rash metodining boshqa metodlardan afzalligi shundaki, qisqa vakt ichida anketa orqali anchagina kishilarga savollar berib, ulardan yozma javoblar olish mumkin. Olingan javoblar ko‘rib chiqiladi va tahlil kilinadi. Hujjatlarni va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi. Pedagogik hujjatlarni o‘rganish orqali tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob'ekt to‘g‘risida har xil ma'lumotlarni bilib oladi. Bunga MTT mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, MTT tarbiyalanuvchilarining rasmlari, loydan yasagan buyumlari va shu kabilar kiradi. Masalan: bolaning ancha ilgari chizgan rasmlarini qarab chiqish, tahlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarni qay darajada murakkablashib borganini, ularda tasvirlash faoliyati qanday rivojlanib borganini aniqlashga hamda ular bilan olib boriladigan keyingi ishlarni belgilashga yordam beradi. Tayanch tushunchalar: Burch – kishilarning biror shaxs, oila, jamoa, El-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Davlat standartlari – ta'limning zarur yetarli darajasiga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilovchi mezon. Didaktika – pedagogikaning ta'lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqaradigan tarmog‘idir. Komillik – ongli insonga xos va mos bo‘lgan xislat, aqliy-ma'naviy darajadir. Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008. 2. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi. –T.: O‘zbekiston, 2010. 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: Sharq, 1997. 4. O.Hasanboeva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. –T.: O‘qituvchi, 1993. 5. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qӯyiladigan Davlat talablari. T-2018 Download 56,26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling