Xalqaro nordik universiteti


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
Sana07.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1439650
TuriReferat
Bog'liq
2 5368368846921018929ttakt



NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY
XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
Maktagacha ta`lim yonalishi
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanidan
Dasturiy taminot vositalari
mavzusida tayyorlagan referati
Bajardi:ERGASHOVA GULZORA
423-MMT
Reja:
1.Dasturiy ta’minot haqida tushuncha.
2.Sistemaviy dasturiy ta’minot. OS, Drayverlar, Utilitlar.
3.Amaliy dasturiy ta’minotni himoya qiluvchi dasturlar


Dasturiy ta’minot haqida tushuncha.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining asosiy qismini kompyuterlar
tashkil etadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning
imkoniyatlari uning dasturiy ta’minotiga bog’liqdir
.
Dastursiz kompyuterlar esa
“temir” dan boshqa narsa emas. Chunki biror bir dastursiz kompyuter xech
qanday “bilim”ga ega emas. Shuning uchun biror kompyuterning qo’llanish
sohasi undagi dasturlar to’plamiga chambarchas bog’liqdir. Kompyuterlar
inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo’llanishi tufayli
foydalanuvchi
,
ya’ni kompyuterni ishlatuvchi shaxs ham undan turli imkoniyatlarni talab etadi.
Talab etilgan imkoniyatlarning borligi ma’lum darajada dasturiy ta’minotga
ham bog’liqdir.
Dastur (program, routine)–vazifani yechish uchun kompyuter buyruq
(ko’rsatma) larining tartiblashgan ketma-ketligidir.
Kompyuter texnikasi texnik vositalar (Hardware) va dasturiy vositalar
(software) ning birligi sifatida qaraladi.
Dasturiy vositalar–kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar
to’plamidir. Ingliz tilida bu qism software deb ataladi va “yumshoq qismlar”
degan ma’noni bildiradi. Bu so’z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning
mutanosibligini,
dasturlarning
takomillashishi,
rivojlanuvchanligi
va
moslashuvchanligini ifodalaydi.
Insonning
dastur
bilan
va
dasturning
inson
bilan
o’zaro
muloqoti–
foydalanuvchi interfeysi
deyiladi. Dastur ishlash muhitiga (holatiga)
qarab, dastur
nografik
(grafikli bo’lmagan yoki matnli–1-rasm) yoki
grafik
(4-
rasm) interfeysga ega deyish mumkin.


1-rasm.
Kompyuterda ishlayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi 3 turga
ajratish mumkin:
Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning
keskin rivojlanishi va kompyuterlar qo’llanish sohasining kengayibborishi ba’zi
dasturlarning bir turdan boshqa turga o’tib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo’llanilish sohasi chuqurlashib
borganligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda (Makromedia Flash,
AutoCad va b).
Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o’zaro bog’langan guruhlar
orqali ifodalash mumkin:

Operatsion sistemalar va qobiq-dasturlar (MS DOS, Windows, Unix,
Linux, Norton Commander, Total Commander, Far va b. );

dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C++);

Uskunaviy sistemalar;

Ma’lumotlar
omborini
boishqarish
tizimlari-MOBT
(FoxPro,
Acces,Paradox);

Mashina grafikasi sistemalari(ilmiy, o’quv, animatsion, ijodiy);

Integrallashgan dasturlar paketi(Word, excel, Acces);

Amaliy dasturiy ta’minot;
Dasturiy ta’minot
Uskunaviy
Amaliy
Sistemavi
y


Sistemaviy dasturiy ta’minot. OS, Drayverlar, Utilitlar.
Sistemaviy dasturiy ta’minot – asosan boshqarish va tekshirish
vazifalarini bajaruvchi dasturlar, masalan:
a) kompyuter qurilmalarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-
chiqarish);
b) foydalanilayotgan ma’lumot nusxalarini xosil qilish;
c) kompyuterning ishlash imkoniyatlarini tekshirish;
d) kompyuter haqida ma’lumotlar berish va hokazo;
Sistеmaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
 kompyutеrning va kompyutеrlar tarmog’ining ishonchli va samarali
ishlashini ta’minlash;
 kompyutеr va kompyutеrlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil
qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistеmaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan – asosiy (bazaviy)
dasturiy taminot va yordamchi(hizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan
iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyutеr bilan birgalikda еtkazib bеrilsa,
xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi
mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) – bu, kompyutеr ishini
ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
 opеratsion tizim (OT);
 tarmoq opеratsion tizimi.
Yordamchi(hizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy


ta’minot imkoniyatlarini kеngaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini
(intеrfеysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi,
kompyutеrning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi
va boshqa dasturlardir.
Opеratsion tizim (OT). Kompyutеrni yoqilishi bilan ishga tushuvchi
ushbu dastur kompyutеrni va uning rеsurslarini (tеzkor xotira, diskdagi o’rinlar
va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish
uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
Bajaradigan vazifasiga ko’ra OT ni 3 guruhga bo’lish mumkin:

bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);

ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi);

tarmoqli.
Bir vazifali
OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani
bajarishi uchun mo’ljallangan. Bunday OT larning tipik vakili MS DOS dir.
Ko’p vazifali
OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHM dan
jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Bunday sinf OT larning tipik vakillari:
OS/2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.
Tarmoq OT.
Local va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq va
foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini
ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari: Novell
NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, Solaris va boshqalar.
Tarmoqqa ulangan kompyutеrlarni yakkahol va birgalikda ishlashini
ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT- tarmoq opеratsion
tizimi dеb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni
ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi hizmatlarni ko’rsatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion sistema quyidagi
sifatlarga ega bo’ladi:
1.
Ishonchlilik.
Sistema o’zi boshqatayotgan kompyuter qurilmalari kabi
ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa,
uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmasa


shu xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini
olishi kerak.
2.
Himoyalash
.
Ixtiyoriy
foydalanuvchi
o’z
ishiga
boshqa
foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli sistema
foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’siridan
hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
3.
Samaradorlik.
Odatda operatsion sistemaning o’zi EHM ning katta
resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak
sistemaning o’zi ancha ihcham bo’lishi va EHM ning resurslarini samarali
boshqarishi lozim.
4.
Qulaylik.
Operatsion sistemada ko’p hollarda bir paytda ikki va undan
ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va
turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir
foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur
hususiyat operatsion sistemaning muhim hususiyati hisoblanadi.
5.
Bashorat
. Operatsion sistema foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik
bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan
qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan
qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak.
6.
Moslashuvchanlik
. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab
sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion sistemasamaradorligini
oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7.
Kengaytiruvchanlik
. Evolyusiya jarayonida operatsion sistemaga
yangi texnik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.
8.
Aniqlik
. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir
bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi
sistema haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi
kerak.
OS foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari bilan
qulay
muloqotni(intеrfеysni)
ta’minlaydi.
Asosiy
dasturiy
ta’minotni


qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami
to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb
atashadi.
Drayvеrlar.
Ular
OS
imkoniyatlarini
kеngaytiradi.
Jumladan,
kompyutеrning kiritish – chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha,
printеrlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam bеradi. Drayvеrlar yordamida
kompyutеrga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart
ravishda foydalanish mumkin.
2-rasm. CD ROM qurilmasi uchun drayverlar majmui.
Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha opеratsiyalarni
bajarishga yoki kompyutеrga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy


vositalarni tеstlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar)
mo’ljallangan dasturlardir.
Utilitlar foydalanuvchiga qo’shimcha xizmatlarni (maxsus dasturlarni
ishlab chiqishni ta’lab etmaydigan) asosan disklar va faylli tizimlar bo’yicha
xizmat ko’rsatish ko’rinishida taqdim etadi.
Utilitlarning ba’zi ko’rinishlari:

kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi va testdan o’tkazuvchi
dasturlar (Arkonik disc direktor, Defrag);

kompyuter qurilmalari imkoniyatlarini o’zgartiruvchi drayver-
dasturlar;

axborotni zichroq yozishni ta’minlaydigan arxivator-dasturlar
(WinRAR, Zip);

kompyuterlar
orasida
ma’lumot
almashishni
ta’minlovchi
kommunikatsiya dasturlari;

kompyuterning ishiga zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi
antivirus dasturlar (Nod 32, Eset, Kasperskiy, Avast, Dr Web);

CD larga yozishni ta’minlovchi dasturlar (Nero, Clone CD) va
hokazo.
Utilitlar ko’pincha quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi:

disklarga xizmat ko’rsatish (axborotlarni tartibga solish, uni
saqlash, to’xtatish va tiklash imkoniyati);

fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish;

arxivlarni yaratish va yangilash;

kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar
o’rtasida TXK ni taqsimlash to’g’risida axborot taqdim etish;

turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni ochish;

kompyuterni viruslardan himoya qilish.
Yuqoridagi utilitlarning ba’zi turlariga misollar keltiramiz.


1) Arxivator utilit-dasturlar. Ba’zi fayllar kompyuter xotirasidan juda
katta joyni band qilib turadi. Bunday xollarda bizda shu faylni ixchamlash
extiyoji tug’iladi va bunda bizga arxivatorlar yordamga keladi. Arxivatorlar
katta xajmdagi catalog va fayllarni ularning tarkibini o’zgartirmagan xolda
ixchamlaydi. Hozirgi kuda arxivatorlarning eng ko’p tarqalgan turlari–WinRAR,
WinZip va 7-Ziplar xisoblanadi.
3-rasm. WinRAR arxivatori.
2) Kompyuter xotirasini tekshirish va Defragmentatsiya qiluvchi utilit-
dasturlar. Bunday dasturlar xotirani tekshiradi, xotiradagi joydan unumli
foydalanishni ta’minlaydi va xotiradagi tarqoq ma’lumotlarni tartiblaydi.
Bunday dasturlarga Alcohol 120%, EF Duplicate Files Manager, XPTweaker va
DefragDisc larni misol keltirish mumkin. Bular ichida eng soda va ishlatishga
qulayi
bu
WindowsXP
operatsion
sistemasi
tarkibiga
kiritlgan
Defragmentatsiya diska dasturidir. Bu dasturni yuklash uchun kompyutеrda
Пуск
программыстандартныеслужебныеДефрагментация
диска buyruqlar ketma-ketligi bajarilishi kerak. Bu oynaning asosiy elementi
turli ranglardan iborat 2 ta yo’lakchalardir. Kerakli disk nomi tanlanib,
Дефрагментация
tugmasi
bosiladi.
1-yo’lakchada
diskning
defragmentatsiyadan oldingi holati, 2-yo’lakchada esa defragmentatsiya
bajarilgandan keying holat aks etadi.


4-rasm. Дефрагментация диска oynasi.
3) CD va DVD disklarga yozish va ularni nusxalovchi utilit-dasturlar.
Bunday dasturlarga Clone CD, Nero Burning Rom, CD DVD Diagnostic,
Daemon Tools larni misol qilib keltiramiz. Bunday dasturlarning eng keng
tarqalgani Nero hisoblanadi. chunki Neroda faylla rni tipiga qarab yozish, RW
disklarni qisman va to’la tozalash, disklarni to’gridan to’gri nusxalash,
disklarning holatini tekshirish, diskning ustki ko’rinishini bezash kabi asosiy
ishlar bilan birgalikda yangi animatsiyalar-kliplar yaratish, tovushli fayllarni
taxrirlash va qayta ishlash kabi ko’plab qo’shimcha imkoniyatlar mavjud.


5-rasm. CD va DVD disklarga yozish. Nero bosh oynasi.
6-rasm. Nero Express-diskka yoziluvchi fayl va kataloglarni jamlash
oynasi


4) Virusga qarshi himoya utilit-dasturlari hozirgi kunda kompyuterlar
uchun eng zarur dasturiy vositalardan biriga aylanib bormoqda. Bunga sabab
dunyo
bo’ylab
kundan-kunga
kompyuter
viruslarining
ko’payib
borayotganligidir. Kompyuter virusi ham buzg’unchilik maqsadida yaratilgan
kichik dasturdir. Bu dastur boshqa dasturlarga birikib oladi va foydalanuvchi
ishiga yordam berish o’rniga uning ishlariga zarar yetkazadi: ma’lumotlarni
o’chiradi yoki buzadi, operativ xotirani to’ldirib, kompyuterning ishlashini
sekinlashtiradi va hokazo. Viruslarga qarshi kurashish maqsadida yirik
dasturchi firmalar tomonidan turli Antivirus dasturlari ishlab chiqilmoqda.
Masalan: Dr Web, Nod 32, Kasperskiy va boshqalar.
Antivirus dasturlari ichida Nod 32 foydalanish uchun qulayroqdir. Nod
32 antivirusining boshqa antivirus dasturlaridan ustunlik tomoni shundaki, u
operativ xotiradan kamroq joy egallab, kompyuterni ortiqcha zo’riqtirmaydi va
shuning uchun kompyuterning ishlash tezligida o’zgarish deyarli sezilmaydi
va viruslarni topib, ularni yo’qotish ham ko’p vaqt talab qilmaydi.
7-rasm. Nod 32 2.7 antivirusi bosh oynasi.
5) Kompyuterlar orasidagi kommunikatsiyani ta’minlovchi utilit-dasturlar.
Bunday dasturlarning tipik vakili sifatida Windows XP operatsion tizimi


tarkibidagi Сетевое окружение dasturidir. Unda local tarmoqqa ulangan
kompyuterlar bilan axborot almashish, bir kompyuterdagi fayldan uni ko’chirib
olmasdan turib foydalanish va tarmoq uchun yagona bo’lgan qurilmalar
(printer, skanyer, faks va b.) dan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Shu bilan birgalikda bu dastur orqali tarmoqda yangi ishchi guruh
yaratish yoki o’chirish, kompyuterning IP adresini o’rnatish va boshqa
protokollarning xossalarini sozlash mumkin.
8-rasm. Сетевое окружение oynasi.
Qobiq dasturlari –bu dasturlar operatsion tizim dasturlariga nisbatan
kompyuter bilan qulayroq va ko’rgazmali muloqot o’rnatish imkoniyatini
beradi.
MS DOS operatsion sistemasi bir vaqtlar inson bilan kompyuter
o’rtasida vositachi rolini o’ynab, kompyutеr resurslaridan foydalanishni
osonlashtirgandi. Lekin o’zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko’p buyruqlar
bilan toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi.


Shunday qilib foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasida yangi vositachi ishlab
chiqish extiyoji tug’ildi va natijada operatsion sistemaning
qobiq dasturlari
yuzaga keldi.
Qobiq dastur operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va
shu operatsion sistema bilan ishlashga ko’maklashadigan dasturdir. Eng
birinchi qobiq dasturlaridan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq
dasturmashhur amaerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklar yaratdi. Hozirgi kunda
keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far Manager qobiq
dasturlari Norton Commander dasturining asosiy ishlash tamoyillarini saqlab
qolgan.
Qobiq dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi:

Diskdan kataloglar ro’yhatini to’liq ekranga chiqarish;

Faylllarni qayata nomlash;

Fayllarni o’chirish;

Katalog (papka)larning pog’onalik strukturasini ko’rish;

Bir kataloglardan boshqa kataloglarga o’tish;

Kataloglar hosil qilish;

Katalogni qayta nomlash va o’chirish;

Matnli fayllarni taxrir qilish va boshqalar.
Kompyuterlar texnik tomondan mukamallashishi va ularning grafik
imkoniyatlarining rivojlanib borishi dasturchilarda grafik interfeysli qobiq
dasturlar ishlab chiqarish fikrini uyg’otdi. Bu ishga birinchi bo’lib Microsoft
kompaniyasi kirishdi. Bu kompaniya tomonidan 1985-yilda yaratilgan Windows
1.0 grafik qobiq dasturi aytarli afzalliklarga ega emasdi. Unda fayllar ekranda
chiroyliroq tasvirlangan edi holos. Ammo bu grafik qobiq dastur keyingi
avlodlarining ishlab chiqilishiga turtki bo’ldi. 1987- yilda ishlab chiqilgan
Windows 2.0 grafik qobiq dasturida Windows 1.0 grafik qobiq dasturidagi
kamchiliklar bartaraf etildi. 1990-yilda ishlab chiqilgan Windows 3.0 dasturi


birinchi ommaviy grafik qobiq dasturga aylandi. 1993-yilda bir necha
kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lab ishlatish imkoniyatini (local tarmoq)
beruvchi Windows 3.11 dasturlar tizimi yaratildi.
WINDOWS foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar berishi sababli uni
grafik qobiq emas, grafik muhit deyish qabul qilingan.
Quyida Windowsni boshqa qobiq dasturlardan farqlab turadigan ba’zi
xususiyatlari keltirilgan:
Ko’pvazifalilik.
Bir vaqtda bir nechta dasturni ishga tushirish imkoniyati
mavjud.
Yagona dasturiy interfeys.
Windows uchun yaratilgan dasturlar bir-biri
bilan shunday aloqadaki, bir dasturda xosil qilingan ma’lumotlarni boshqa
dasturga olib o’tish va qayta ishlash mumkin.
Foydalanuvchining yagona interfeysi.
Windows uchun yaratilgan barcha
dasturlarda foydalanuvchi bilan muloqot deyarli birxil. Shu sababli bunday
dasturlarning bittasi bilan ishlashni o’zlashtirib olgan foydalanuvchi boshqasini
ham oson o’zlashtirib oladi.
Grafik interfeys.
Dastur va ma’lumotlar fayllari ekranda o’ziga xos rasmli
nishonlar ko’rinishida (piktogramma) tasvirlamadi. Fayllar bilan ishlash
“sichqoncha” yordamida amalga oshiriladi.
Yagona apparatli- dasturiy interfeys.
Windows turli-tuman qurilmalar va
dasturlarning mutanosib ishlashini o’z zimmasiga oladi.
Hozirgi kunda dunyo bo’yicha eng ommalashib borayotgan qobiq


dasturlardan biri– bu Total Commander hisoblanadi. U o’zida ko’plab
drayverlar va utilitlarni jamlagani uchun foydalanuvchiga kompyuter
resurslaridan unumli foydalanish imkoniyatini beradi.
9-rasm. Total Commander ishchi oynasi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S.K.Ro’zimov. Kompyuter savodxonligi. Tosh. “Fan” 2006-yil
2. M.Aripov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. Tosh. “Noshir”. 2009-yil
3. M.Aripov va boshqalar. Informatika. Informatsion texnologiyalar. Tosh.
2001-yil.
4. A. Abduqodirov, B. Boltayev va boshqalar. Informatika va hisoblash
texnikasi asoslari. UO’T maktablarining 8-sinfi uchun darslik. Tosh.
“O’qituvchi” 2006-yil
5. A.A.Gladkiy, A.A.Chirtik. Excel. Tryuki i effekti. Sankt-Petrerburg. “Piter”
2006
6. Viktor Pasko. Vash noutbuk. Sankt-Petrerburg. “Piter” 2006
7.
http://natahaus.ru/
8.
http://almath.ru/
9.
http://www.guidebookgallery.org/
10.
http://www.computerhope.com/
11.
http://en.wikipedia.org/
12.
http://www.microsoft.com/
13.
http://300.piter.com/


14. U. Yo’ldoshev, R.Boqiyev,
F.Zokirova Axborot texnologiyalari
. Toshkent

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling