Xalqaro nordik universiteti


Download 145.26 Kb.
bet4/5
Sana08.06.2023
Hajmi145.26 Kb.
#1465352
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kompyuter qurilmalari va ularning vazifasi

Tizim blokining vazifasi kompyutеrning asosiy qurilmasi hisoblanadi va butun tizimning ishini nazorat qiladi.Tizimli platada kompyuter ularsiz ishlay olmaydi.
Monitor(Ekran)  deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga о‘xshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan rasmlar, kо‘rilayotgan film unda namoyon bо‘ladi. Monitor ham o’z navbatida qо‘yidagi 3 turga bо‘linadi:

  • Elektron nur trubkali

  • Suyuq kristalli

  • Plazmali

Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumotlar va bо‘yruqlar kiritiladi.
Sichqoncha Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qо‘llash mumkin. Kompyuter sichqonchasi sharli, lazerli va simsiz bо‘lishi mumkin. Odatda sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki bо‘yruq berish, о‘ng tugma yordamchi amallar bajarish uchun qо‘llaniladi. Bu rо‘yxat kontekst menyu deyiladi.
Sistema bloki himoya g‘ilofiga о‘ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb xam ataladi. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig‘ilgan bо‘lib, asosiy plata (ona plata / motherboard) deyiladi.
Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor (inglizcha CPU — Central Processing Unit — jarayonlarni boshqaruvchi markaziy qurilma) deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalarini boshqaradi va uning turiga qarab kompyuterga baho beriladi.
Biz ma’lumotlarni (kino, klip qо‘shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlab qо‘yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari mavjud.
Qattiq disklar vinchester (inglizcha HDD — Hard Disc Drive — qattiq disk) deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Vinchester ikki turga bо‘linadi (ATA, SATA).
Kompakt disklardagi ma’lumotlarni о‘qish uchun CD-ROM yoki DVD-ROM qurilmasi ishlatiladi. Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma’lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz. Shuningdektezkor xotira (inglizcha RAM — Random Access Memory) qurilmasi mavjud bо‘lib, u ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlarni о‘z ichida saqlaydi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda о‘chib ketadi.
О‘z vaqtida ishtatilgan yoki ishlatilayotgan tezkor xotiralar quyidagilardir:
30 bо‘linmalik SIMM (Single Inline Memory Module — Yagona qatorda joylashgan xotira moduli). 286 — 486 protsessorli kompyuterlarda ilgari ishlatilgan. Xozirda tarixga aylangan.
72 bо‘linmalik SIMM. Ushbu xotira ikki turga bо‘lingan: FPM (Fast Page Mode) va EDO (Extended Data Out). FPM turi 486 protsessorlik va birinchi Pentium kompyuterlarida 1995 yilga qadar ishlatilgan. Sо‘ngra EDO turi yaratilgan. Tashqi kо‘rinish jihatidan ikki turi bir xil, faqat markerlangan qog‘ozi yordamida ajratsa bо‘ladi.
DDR2 xotira moduli kabi, DDR3 ham 240-lik bо‘linmachalardan tashkil topgan, ammo elektr toki tomondan mos emas. Shuning uchun keskin farq qiladi.


Download 145.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling